60
iqtisodiyotga aralashmasdan erkin raqobatni saqlamog‘i lozim va
jamiyat xo‘jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor
mexanizmlariga berilishi kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga
olgan holda yigirmanchi asrning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy
siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning
muvozanatli (balanslashtirilgan) byudjetini ta’minlashga qaratildi.
Shu maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni
tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini
qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan
moliyalashtirish orqali davlat funksiyalarining amalga oshirilishini
ta’minladi. Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita)
soliqlar yordamida shakllantirildi.
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy
konsepsiyasi ustunlik qila boshlab, unga ko‘ra iqtisodiyot
taraqqiyotida davlatning rolini takror ishlab chiqarish jarayonining
siklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali
kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni
amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida yangi ish joylarini
yaratishga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu
narsa bir vaqtning o‘zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy
vazifalarning yechilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi
ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o‘sdi;
qo‘shimcha talab shakllantirildi; MD miqdori ko‘paydi; ijtimoiy
ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi va
h.k.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari
hajmining oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir
vaqtning o‘zida davlat daromadlari miqdorining oshirilishini
ta’minlashga qaratilgan moliyaviy choralar ko‘rildi. Daromad solig‘i
davlat daromadlarini oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni
hisoblashda soliqqa tortishning progressiv stavkalari qo‘llanildi.
Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini
oshirishga olib keldi.
Moliyaviy yo‘nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar
o‘rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli tarzda
baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz
byudjetni shakllantirish va undan foydalanishning zarurligidan
kelib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining
53
•
Alisher Navoiy moliya fani va amaliyotini rivojlantirishda
qanday xizmatlar qilgan?
•
O‘zbek mutafakkirlaridan yana kimlar moliya faniga daxldor
asarlar yozishgan?
•
O‘zbek mutafakkirlarining moliya sohasidagi ta’limotlarini
o‘rganishga qanday sabablar to‘sqinlik qilyapti?
•
2016-2018-yillarda mamlakatimizda ajdodlarimiz merosini
o‘rganish sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarorlari va bu borada amalga oshirilgan chora-
tadbirlar haqida gapirib bering.
Dostları ilə paylaş: