640
Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i
111
Klass
tartib
raqami
Klassning nomi
Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha
talablar
I klass
Hayot va
annuitetlar
Quyidagi hollarda sug‘urta summalari to‘lash
bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlarini nazarda
tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi
hayotni sug‘urta qilish turlari jami:
- sug‘urta qilinuvchining sug‘urta muddati tamom
bo‘lgungacha
yoki
sug‘urta
shartnomasida
belgilangan yoshgacha yashashi;
- sug‘urta qilinuvchining vafot etishi;
shuningdek sug‘urta shartnomasi amal qilishi
davridagi joriy to‘lovlar (annuitetlar), III klass bundan
mustasno
II klass
Nikoh va tug‘ilish Nikohga kirishda yoki bola tug‘ilganda sug‘urta
summasi to‘lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq
muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish
turlari jami
III klass
Hayotni uzoq
muddatli sug‘urta
qilish
Umrbod renta to‘lanishi bilan birgalikda hayotni
sug‘urta qilish turlari jami
IV klass
Sog‘liqni sug‘urta
qilish
Ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta davri kamida besh yildan
kam
bo‘lmagan
muddatga
yoki
sug‘urta
qilinuvchining pensiya yoshiga etguniga qadar
belgilanishi sharti bilan baxtsiz hodisa yoki muayyan
turdagi baxtsiz hodisa yoki kasallik yoki kasallanish
tufayli qattiq shikastlanish natijasida mehnatga
layoqatlilikni
yo‘qotganda
sug‘urta
summalari
to‘lanishini ta’minlovchi hayotni sug‘urta qilish turlari
jami. Bunda shartnomada ko‘rsatilgan sug‘urta davri
sug‘urtalovchi tomonidan bir tomonlama tartibda
bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas.
Hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha tarif stavkasi va sug‘urta
summasini hisoblashda, sug‘urta hodisalari sodir bo‘lish ehtimolini
aniqlashda hayotiylik jadvali muhim o‘rin tutadi. Ushbu jadval ilk
marta angliyalik olim Galley tomonidan 1693-yilda yaratilgan va
e’lon qilingan. Hayotiylik jadvali turli demografik ko‘rsatkichlar
joylashgan ustunlardan iborat bo‘lib, aholi statistikasi ma’lumotlari
asosida tuziladi.
Hayotiylik jadvali ma’lumotlari asosida insonlarning qancha
yoshgacha yashash ehtimolini aniqlash mumkin. Statistik
qonuniyatlar o‘lim hodisasi ro‘y berish ehtimolini inson yoshiga
bog‘liqligini tasdiqlaydi. Bola dunyoga kelgandan keyin uning
dastlabki yillarida o‘lim hodisasi yuz berishi ko‘payishi, so‘ngra
111
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 413-son qarori asosida tasdiqlangan.
625
kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil etishi va sug‘urta
shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosida
sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) zarur
yordam ko‘rsatishi;
sug‘urta hodisalarini ko‘rib chiqish va tartibga solish chora-
tadbirlarini ko‘rishi shart.
Assistans zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi
mumkin.
Hozirgi kunda respublikamizda “Bovar Service”, “Global
Assist”, “Insurance Assist Group”, “O‘zbekinvest Assistans”
assistans
xizmatlarini
ko‘rsatuvchi
tashkilotlar
faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: