135
Geografiya o‘qituvchisi TTV dan to‘g‘ri va yuqorida ta’kidlangan talab
me’yorlarida foydalansa geografiya kurslarini o‘qitishda quyidagi didaktik
vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga imkoniyati bo‘ladi.
TTV geografiya o‘qituvchisi mehnatini yengillatadi, ta’lim ta’sirini
kuchaytiradi, borgan sari kengayib va chuqurlashib borayotgan geografik
bilimlarni o‘quvchilarga qisqa vaqtda yetkazgan holda hozirgi zamon talabi
darajasida dars berishga imkon yaratadi.
TTV darsni ko‘rgazmali va qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘rgazmalilik
boshqa fanlar uchun faqat illustrativ material bo‘lsa, geografiya uchun esa, bilim
olishning zarur manbalaridan biridir.
TTV, ayniqsa, ovozli – dinamik ekran vositalari o‘quvchilarda geografik
tasavvur va tushunchalarni qisqa vaqt ichida shakllanishiga imkon beradi. Bu
vositalar geografik obyektlar va hodisalarni obrazli tomonlarini ochib berib,
ularning muhim alomatlari va xossalarini o‘quvchilarga tushunarli tarzda
ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Ta’limning ishonchli va tushunarlilik tamoyilini
ta’minlaydi.
TTV dan foydalanish o‘quvchilarning bilim doirasi kengaytiradi. Tabiat
hodisalarining o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni, rivojlanish qonuniyatlarini chuqurroq
ochib beradi. Tabiatda juda tez yoki aksincha juda sekin yuz beradigan hodisalarni
qisqa vaqt ichida ko‘z bilan ko‘rish imkoniyatini beradi. Yerning ichki qismlarini
ham qo‘rish imkonini yaratadi.
TTV mazmuni hayot bilan bog‘laydi. Undagi voqea hodisalarni ilmiy
asoslangan nazariya bilan mujassamlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
TTV qisqa vaqt ichida o‘quvchilar bilimini tekshirib baholashi va darsning
sifatini nazorat qilishi mumkin.
Shunday qilib, TTV darsning samaradorligini oshiradi va ma’lum ma’noda
ta’lim suratini tezlashtirib, o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun sarflangan vaqtni
tejaydi va darsda ta’limning qo‘shimcha vositalari bilan bir qatorda o‘quvchilar
bilan induvidual ishlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: