Ta’lim turlari va ularning amalga oshirilish mexanizmlari xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna



Yüklə 380,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.05.2023
ölçüsü380,44 Kb.
#118479
1   2   3   4
Xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna

2-rasm.
 
Professional ta’lim
 2

Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf 
bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 
umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik 
integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi. 
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-
shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib 
chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi 
2
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son, 10-
modda) asosida mualliflar tomonidan tayyorlandi.
Professional 
ta’lim 
egallanadiga
n kasb va 
mutaxassisli
k bo‘yicha 
quyidagi 
darajalarni 
o‘z ichiga 
oladi:
boshlang‘ich professional ta’lim;
o‘rta professional ta’lim;
o‘rta maxsus professional ta’lim.


ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda 
boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi. 
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta 
maxsus, boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat 
buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning 
murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan 
kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning 
o‘zi tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi. 
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional 
ta’limni olish huquqiga ega. 
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi. 
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida 
(universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. 
Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta 
va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz 
yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan 
shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega. 
Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. 
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan 
bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil 
bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir. 
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha 
o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir. 
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan bakalavriat 
ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi 
organi tomonidan belgilanadi. 
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni 
olish huquqiga ega. 
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish 
mumkin. 
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va 
himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy 
izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura 
va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-
pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi. 
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy 
darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda 


tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi 
bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. 
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga 
da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil 
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy 
ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi. 
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki 
fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar 
uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali 
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi 
ta’lim shakli hisoblanadi. 
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy 
unvonlar berish tartibi, shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim 
tashkilotlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim olish xususiyatlari qonun 
hujjatlarida belgilanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonun hujjatlarida 
belgilanadi. 
Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq 
bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha 
kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi. 
Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning 
chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, 
darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va 
muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi. 
Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini 
tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek 
tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi 
maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy 
qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy 
ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan. 
Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar 
ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar 
maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at 
maktablari, 
studiyalar, 
axborot-kutubxona 
hamda 
sog‘lomlashtirish 
muassasalari kiradi. 
Maktabdan tashqari ta’lim berish tartibi ta’lim sohasidagi vakolatli davlat 
boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi. 



Yüklə 380,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin