Ta’lim samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar Reja


Mamlakatimizda ta’lim samaradorligi sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar



Yüklə 133 Kb.
səhifə2/3
tarix07.02.2023
ölçüsü133 Kb.
#83263
1   2   3
Ta’lim samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar

2. Mamlakatimizda ta’lim samaradorligi sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar.

Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim – tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelmoqda.


1996 – 1997 o’quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o’qish yangi alifboda olib boorish yo’lga quyildi. Yangi imlo, alifboda o’qitish uchun zarur dastur, qo’llanma va darsliklar yaratildi.
Shu davr mobaynida 300 yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. Oliy o’quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil etildi. 800 ga yaqin o’quvchi chet ellarda ta’lim oldi, ko’pgina o’qituvchilar xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini o’rganish maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi.1 Maktablarga va o’qituvchi murabbiylarga, ularni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, yordam berish masalalariga e’tibor ancha kuchaytirildi.
Toshkent, Samarqand, Urganch, To’rtko’l va Andijonda bank kollejlari hamda Toshkent ayollar kolleji tashkil qilinishi ham shular jumlasidandir.2
Oliy maktab haqida fikr yuritadigan bo’lsak, test usulini joriy etilishi, viloyat markazlarida pedagogika institutlarining universitetlarga aylantirilishi va joylardagi o’quv yurtlariga yuqori ta’sis nizomi berilishi tashkil etilgan milliy tashkilot va halqaro jamoalar hisobidan chet ellarga tajriba almashish va talabalarni o’qishga yuborishni yo’lga quyilishi, iqtisod va beznes sohasidagi mutaxassis va o’qituvchilarni qayta tayyorlashbo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlar olib borilishi o’tish davrida 2 mingdan ortiq talaba va mutaxassisning chet ellarda o’qib kelish, 200 ortiq chet el mutaxassisining Respublikamiz o’quv muassasalariga jalb etilishi mamlakatimizda ta’lim sohasida qilingan dastlabki yutuqlardandir. Bundan tashqari, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Bank – moliya akademiyalarini tashkil qilinishi, hozirgi kunda katta samara berayotganligi ham bunga misol bo’laoladi.
“Mahalla”, “Kamolot”, “Sog’lom avlod uchun”, “Nuroniy”, “Ulug’bek”, “Umid” jamg’armalarining ta’lim – tarbiya sohasidagi ezgu ishlari barkamol avlodni voyaga etkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bir qator o’quv yurtlarning maqomi, dasturlari va ta’lim uslublari butunlay o’zgartirildi. Eng zamonaviy , shu paytgacha universitet va institutlar, jumladan, mudofaa vazirligi qoshida harbiy akademiya, ichki ishlar vazirligi qoshida ichki ishlar akademiyasi, Bank – moliya akademiyasi, jahon – iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent akademiya instituti, Toshkent aviatsiya instituti kabi o’nlab yangi o’quv muassasalari tashkil etildi.
Ilg’or mamlakatlarning tajribalari asosida va chet davlatlar bilan hamkorlikda ko’plab litsey va gimnaziyalar ochildi. Majoziy qilib aytganda litseydan tortib akademiyagacha bo’lgan zamonaviy yangi ta’lim tizimi vujudga keldi.
Viloyatlarda yangidan yangi o’quv yurtlari ochildi. Prezident I. A. Karimovning 1992 yil 28 fevral farmoni bilan 8 viloyat pedagika institutlariga universitet maqomi berildi. Bu respublika hukumatining izchil madaniy ma’rifiy siyosatining yana bir dalili bo’ldi. Bundan tashqari, ilmiy va ma’rifiy ishlar xalq hayotiga chuqurroq kirib borishiga sabab bo’ldi, bu esa o’z navbatida mamlakat aholisining ongi va dunyoqarashining kengashtirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. O’rni kelganda aytish joizki, O’zbekiston tarixiy – jo’g’rofiy jihatdan xilma xil sharoit va iqlimga ega bo’lgan mamlakat. Buning ustiga, turli hudud xalqlari umumiy tarixga ega bo’lgani bilan ruhiyati, yashash tarsi, voqelikka munosabati, uni idrok etish jihatidan turli ko’rinishlarga ega bo’lganligi bilan farqlanadi. Misollarga murojaat qilamiz, Qadimiy Xorazm mashhur mamlakatlari, astronomlari, tarixchilari va davlat arboblari bilan, Farg’ona vodiysi esa dunyo tanigan shoiru adiblari bilan mashhur uzoq davom etgan mustamlakachilik, haddan tashqari markazlashtirish natijalari markazdan uzoqda yashaydigan aholining ilmiy – ma’naviy saviyasi ancha orqada qoldi. Bu mamlakat ishlab chiqarishga, iqtisod va umuman taraqqiyotiga kuchli salbiy ta’sir ko’rsatdi. Shunga ko’ra bu holatlarni tezda bartaraf qilish uchun joylarda universal ta’lim tizimini joriy etishni hayotning o’zi taqazo qildi.
Viloyat universitetlarining tashkil etilishi hayot bilan ilmning, nazariya bilan amaliyotning yaqinlashuviga katta yordam berdi. Shu yuqoridagilar bilan birgalikda viloyatlarning kelajak taraqqiyoti ana shu hududlardagi oliy ta’lim markazlari bilan bevosita bog’liq.
Viloyatlardagi universitetlar vositasida dunyoning eng ilg’or, mashhur o’quv yurtlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Jumladan AQSHning Kembrij shahridagi Garvard, Stenford, Priston, Buyuk Britaniyaning Oksford, Lid, Fransiyaning Strasburg, Lion, Dijon, Grenbol universitetlari bilan hamkorlikda, tajriba almashish sharafiga muyassar bo’ldilar.
Horijiy mamlakatlar bilan ilmiy texnikaviy ta’lim sohasida hamkorlik mamlakatimizda yuksak malakali bilimdon mutaxassislar tayyorlash imkoniyatini berdi. Albatta birgina oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari sonini oshirish ularda yangi mutaxassisliklar ochish bilan malakali mutaxassislar tayyorlab bo’lmaydi. Shunga ko’ra oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlariga qabul qilishning yangi usulini qo’llash muhim bo’lib qoldi. AQSH, Turkiya, Hindiston, Olmoniya va boshqa mamlakatlar oliy bilimgohlari tajribalari o’rganildi va shunga asosan talabalarni qabul qilishning test usuli joriy etildi. Bundan tashqari, oliy o’quv yurtlarida ikki tabaqali o’qish tizimi uchun oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida Nizom va Dasturlar ishlab chiqish uchun 1993 yil 4 ta komissiya tuzildi. Keyingi yillarda Respublika ayrim oliy o’quv yurtlarida o’qitishning yangi usullari joriy qilinib tajribada sinab ko’rilmoqda. Masalan, Toshkent aloqa va elektronika institutida 3 semestrlik o’qish shakli joriy etilgan. Har bir semester 2 – 3 imtihon va 3 – 4 sinov bilan yakunlanadi. Tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, u bir necha afzalliklarga ega. Xususan, dars soatlari qiyinchiliklarsiz semestrlarga bo’linadi, bu tajriba tufayli institut bir qancha muvafaqqiyatlarni qo’lga kiritdi.
Ta’lim jarayonida yoshlarga hozirgi zamon eng ilg’or bilimlarini berish, ularni davr talablariga mos mutaxassis qilib tayyorlashda izchil ishlar olib borilmoqda. Jumladan, iqtidorli talabalarni xorijda o’qitishlari yo’lga qo’yildi, o’quvchilarni xukumatlararo bitimlar bo’yicha xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlarida bilim olishga imkoniyatlar yaratildi. Buni quyidagi dalillar isbotlaydi. “Har yili respublikamizda umum ta’lim maktablarining test sinovlaridan o’tgan 50 dan ziyod o’quvchisi AKSELS yo’li bilan AQSH ga yuboriladigan bo’ldi”1. Shu kunlarda mamlakatimizdan 700 nafar talaba xorijiy mamlakat o’quv yurtlarida iqtisodiy ixtisoslar bo’yicha o’qishmoqda. Bir necha ming talaba 3 oydan bir yilgacha xorijiy o’quv yurtlarida ta’lim olmoqda2.
Mustaqillik yillarida o’rta hunar ta’limini yanada takomillashtirish yo’lida katta ishlar qilindi. Qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko’maklashish, qishloq yoshlarini faol tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish uchun 1995 yildan boshlab qishloq yerlarida joylashgan hunar – texnika bilim yurtlari va o’rta maxsus o’quv yurtlari va o’rta maxsus o’quv yurtlari faoliyatini tubdan qayta isloh qilish amalga oshirildi.
Har bir viloyat va tumanlarda tadbirkorlik o’quv yurtlari, kasb litseylari, biznes maktablar, kichik va o’rta biznes fermerlik xo’jaliklari, aholiga xizmat ko’rsatish sohalari uchun kollejlar ochildi.
Shu kunlarda 160ta ana shunday hunar litseylari, biznes maktablari va 41ta kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 112,3 ming yigit qizlar o’qimoqda. Umuman mamlakatda xalq xo’jaligi talablari uchun 466 hunar – texnika bilim yurti kadr tayyorlab bermoqda.
Ta’limning mamlakat hayotida muhim o’rin egallashini hisobga olgan holda, uni yanada takomillashtirish uchun bir qancha farmonlar e’lon qilindi.
Mavjud ta’lim tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida: “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblansin1 .
Respublikada ta’lim tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish yo’lida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan xujjatlar mohiyatini jamoatchilik tomonidan chuqur anglab olinishiga har tomonlama sharoit yaratish – davlat boshqaruvi huquqini muhofaza qilish idoralari, ta’lim tarbiya muassasalarining eng dolzarb vazifalari etib belgilansin.
Ta’lim muassasalari, birinchi navbatda oliy ta’lim muassasalari professor – pedagogik xodimlari safidan etuk o’qituvchikadrlar tayyorlash, ularning rivojlangan horijiy mamlakatlar ta’limidagi ijobiy tajribalarini o’rganishi, o’qituvchini yangi pedagogik texnologiyalar bilan tanishishi va chet ellarda tajriba orttirishni ta’minlash maqsadida “Ustoz” Respublika jamg’armasi tashkil etildi.2
Mamlakatimizda ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga jahon andozalari darajasida bilim olgan zakovatli, har tomonlama barkamol milliy kadrlar ulkan hissa qo’yishini nazarda tutib, Vatanga fidokorona xizmat qiladigan, sadoqatli, uning buyuk va qudratli bo’lishi uchun qayg’uradigan, o’z iqtidori bilan ona yurtiniulug’lashga qabul, iste’dodli yigit qizlardan xalq xo’jaligining ustuvor tarmoqlari uchun yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishlarini qo’llab – quvvatlash “Umid” jamg’armasi tuzildi.3
Komil insonni tarbiyalashda irsiyat birinchi o’rinda turadi, komil insonni tarbiyalshda ikkinchi omil bu – muhit. Shu o’rinda barkamol shaxs shakllanishi uchun diyorimizda mustaqillikdan keyin zarur ma’naviy, ijtimoiy muhit yaratildi. Masalan “Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingandan keyin o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi tizimida ham tub islohotlar boshlandi. Buni biz quyida Samarqand viloyati misolida qanday bajarilganligini quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin. ….birgina Samarqand viloyatida 62 ta yangi turdagi ta’lim muassasasi, ya’ni 7 ta kasb – hunar kolleji va 4 ta akademik litsey banklari yangidan qurildi, 51 ta ta’limmuassasalari esa rekonstruksiya yo’li bilan qayta tashkil qilindi, viloyatdagi 25 ta’lim muassasalari uchun Janubiy Koreyadan umumiy qiymati 2 million 407 ming 853 AQSH dolariga teng o’quv jihozlari keltirildi. Germaniyaning granti hisobidan mazkur davlat texnikaviy hamkorlik tashkiloti (GTZ) ishtirokida 2 ta ta’lim muassasalarini jihozlash ishlari nihoyasiga etkazildi. Shuningdek 3 ta kasb – hunar kollejlari Osiyo Taraqqiyot banki krediti hisobidan, 5 ta qishloq ho’jaligi kasb – hunar kollejlari Yaponiya davlati krediti hisobidan to’liq jihozlandi.1
Yosh avlodni kamolga etkazishning uchinchi omili bu ta’lim tarbiyadir. Demak, buyuklarning avlodi hisoblangan yoshlarimizning ana shunday sog’lom muhitda, zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali, ongli mutazassis kadrlar qilib tayyorlashga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda 1998 yildan buyon 50 nafar pedagog muhandislar AQSH, Yaponiya, Kanada, Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Daniya kabi jahonning taraqqiy etgan davlatlarida o’z mutaxassisliklari buyicha malaka oshirib qaytganlar.2
1998 – 2004 yillar davomida ta’lim tizimidagi samarali xizmat qilayotgan pedagoglardan 15 nafari davlat mukofotlari, 42 nafari “O’rta maxsus kasb – hunar ta’limi fidoiysi”, 211 nafari viloyat o’rta maxsus kasb – hunar ta’limi boshqarmasining “fidoyi murabbiy” ko’krak nishonini olishga sazovor bo’ldilar. 2004 yilda akademik litseylarni bitirgan 351 nafar o’quvchilardan 286 nafari, ularning 185 nafari byudjet, 101 nafari shartnoma asosida oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirdilar. Shu o’rinda Yo’lboshchimizning quyidagi mulohazasiga e’tiborni qaratish joiz: “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. Men A. Avloniyning bu fikrini ko’p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari XX asr boshida millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ko’ra muhim va dolzarbdir.1 Ha, komil inson tarbiyasi juda murakkab jarayon hisoblanadi.
Qashqadaryo misolida ko’radigan bo’lsak, ayni paytda viloyatda 1094 ta maktab faoliyat ko’rsatmoqda. Shundan 9 tasi boshlang’ich 289 tasi tayanch, 755 tasi o’rta 3 tasi gimnaziya, 34 tasi ixtisoslashgan 4 tasi maxsus ta’lim muassasidir. Jami o’quvchilar soni 620026 nafari tashkil etadi. Ularga 51420 nafar o’qituvchi saboq beradi. Muallimlarning 30105 nafari oliy, 1361 nafari to’liqsiz oliy, 1918 nafari o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar.
2004 – 2005 yillarda 808 nafar oliy ma’lumotli pedagoglar ta’lim muassasalariga jalb qilindi. Aynan shu yili maktablarimizning 1 – sinflariga 57488 nafar, 10 – sinfga esa 30986 nafar o’quvchi qabul qilindi. 37 ta ixtisoslashgan umumta’lim maktablarida 8097 nafar, 3 ta gimnaziyada 2581 nafar o’quvchi chuqurlashtirilgan dastur asosida ta’lim olmoqda. 2
2004 yil YUNESKO, Yunisef, Osiyo taraqqiyot banki, Rossiya bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.
Xullas, viloyatimiz O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 iyuldagi 2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish “Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan viloyatimizda 115 yangi maktab qurish, 197 ta maktab binolarini kapital rekonstruksiya qilish, 352 ta maktabni mukammal ta’minlash va 268 maktabni joriy ta’mirlash ishlariniboshlab yubordilar.o’tgan yilning o’zida 6 ta yangi qirildi, 2 ta bilim maskani kapital rekonstruksiya qilindi, 50 ta maktab kapital ta’mirlandi. Xullas, ushbu yuqoridagi keltirilgan dalillar shundan darak beradiki, ta’lim sohasida qilinayotgan islohotlarimizning bajarilayotganligidan dalolat bermoqda va ta’lim sohasida ulkan muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritmoqdamiz.
Hususan ta’lim yo’nalishida bugungi kunda katta amaliy ishlar ro’yobga chiqarilmoqda. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi va Rossiya federatsiyasi hukumatlari o’rtasidagi madaniy – ilmiy hamkorlik 1993 yil 19 martda imzolangan “madaniyat fan va texnika, ta’lim, sog’liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik to’g’risida” va 1995 yil 17 iyulda imzolangan “Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik to’g’risida” bitimlar asosida amalga oshirilayapti. Keyingi 4 yil davomida Rossiya federatsiyasi oliy ta’lim muassasalarida o’qish uchun har yili 40 – 60 grant ajratilmoqda.1

Yüklə 133 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin