TA’LIM KLASTERI VA UNING BOSHLANG’ICH TALIMDAGI PEDAGOGIK AHAMYATI.
Ma'lumki, mamlakatimizda iqtisodiyot va ta'limni isloh qilish , oliy kasbiy ta'lim tizimining innovatsion tarkibiy qismini samarali rivojlantirish va ta'lim xizmatlarining jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Shu munosabat bilan mintaqani rivojlantirish doirasida klasterli yondashuvni amalga oshirishning ayrim jihatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasida klaster va undan Davlat sohalarida foydalanish asosiy maqsad qilib olindi. Bu esa talim sohasida ham keng Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Qo’llanilib, yangicha imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Shu sababdan avvalo, klaster tushunchasini ifodalasak. “Klaster‟ so’zi inglizcha “klaster”, “klyster” so’zlariga qaytadi, tarjimada - shamlardan, tuplardan, umumiy hovli va atrofdagi hovli binolarini anglatadi. Birinchi marta ushbu atama Maykl Evgeniy Porter tomonidan ilmiy foydalanishga kiritildi. O’zining klassik ta‟rifida: “klaster - bu o’zaro bog’liq bo’lgan kompaniyalar, ixtisoslashgan yetkazib beruvchilar, xizmat ko’rsatuvchi provayderlar, tegishli sohalardagi firmalar, shuningdek, ularning ma’lum sohalardagi faoliyati bilan bog’liq bo’lgan raqobatdosh, ammo shu bilan birga qo’shma ish olib boradigan tashkilotlarning geografik jihatdan konsentrlangan guruhlari”,-deydi.
Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan, klaster bu bir-biriga bog„langan va birbiriga bog„liq bo„lgan elementlarni ma‟lum bir maqsad uchun birgalikda ishlaydigan yagona tashkiliy tuzilishga birlashtirilgan turli sohalardagi faoliyat yurituvchi subyektlar majmuidir. M.Porter o„z tajribasida shuni ko„rsatadiki, “Kompaniyaning raqobatbardoshligi asosan uning iqtisodiy muhitining raqobatbardoshligi bilan belgilanadi, bu esa o„z navbatida asosiy shartlarga (umumiy resurs) va klaster ichidagi raqobatiga bog„liq”, - deb ta‟kidlaydi. Shuni tushunish mumkin, M.Porter konsepsiyani mahalliy hududda joylashgan va bozorga kirishda umumiy vazifalar bilan birlashtirilgan firma va kompaniyalar uchun taqdim etdi. Ammo uning tadqiqotlari Internet hali keng tarqalmagan bir paytda nashr etilgan. Bugungi kunda hududiy yaqinlik klaster tarkibiy qismlari o„rtasidagi aloqalarni saqlab qolish uchun tobora ahamiyatsiz bo„lib bormoqda. Hozirda hatto yangi konsepsiya-aholini klaster zonasidan ancha uzoqlikda joylashgan masofaviy klaster joriy etilmoqda. Bunday holda, klaster ichidagi aktyorlarning tarmoqdagi o„zaro ta‟siri haqida gapirish mumkin.