Tuproq eritmasining pH darajasi va tuzlar miqdorining ta'siri. Ushbu hollarning o'simliklar ildizlariga suvni so'rilishi va uning harakatga kelishiga ta'siri juda kattadir. Chunki, ildiz shirasining kontsetrasiyasi tuproq eritmasi kontsentratsiyasidan yuqori bo'lgandagina suv ildizlarga so'rilishi mumkin. Agarda tuproq eritmasining kontsentrasiyasi o'simlik ildizlari hujayralari shirasidan katta bo'lsa yuqoridagi holatning teskarisi bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham sho'r tuproqlarda faqat galofit o'simliklargina o'sa oladi.
Shuningdek, tuproq eritmasining pH juda past, kislotali bo'lsa, masalan, pH 2-3 bo'lsa ildizlar suvni shima olmaydi. Ildizlarning suv so'rishi neytral darajada birmuncha oshib ishqoriy muhitda esa suv o'zlashtirilishi kuchayadi.
Ildiz hujayrasi shirasining konsentratsiyasi tuproq eritmasi konsentratsiyasidan yuqori bo‘lsagina suv ildizga so‘rila boshlaydi. Aks holda ildiz tuproqdan suv olish u yoqda tursin, o‘zida mavjud suvni ham yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun ham sho‘r tuproqlarda faqat osmotik bosimi yuqori o‘simliklar (sho‘ralar va boshqalar) yashay oladi. Chunki ularning hujayralarida tuz to‘planish hisobiga osmotik bosim juda yuqori bo‘ladi.Tuproq eritmasiniig pH juda past (2-3, ya’ni nordon reaksiyaga ega) bo‘lgan eritmalaridan ko‘pchilik o‘simliklarning ildizlari suvni o‘zlashtirolmaydi. Reaksiya neytral darajaga yaqinlashgai sari suvning o‘zlashtirilishi ham faollasha boradi.
O'simliklarga suvning so'rilishi bir qancha ichki va tashqi omillarga bog'liqdir. Biz bulardan ayrimlarini sanab o'tishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |