Issiqqa chidamlilik. Bu xususiyat o'simliklarning havo harorati haddan tashqari yuqori bo'lganda ularning ortiqcha qizishga chidamliligidir. Odatda ko'pchilik o'simliklarning tana haroratlari 40°C va undan yuqori bo'lganda ulardagi fiziologik funktsiyalar buziladi hamda u nobud bo'ladi. Bunda birinchi navbatda plazmolemmaning tuzilma tarkibi buziladi va hujayraning osmotik xossalari o'zgaradi. Ammo o'simliklar olamida yuqori haroratga (60-65°C), chidamli o'simliklar turlari ham mavjud. Masalan, semizdoshlar oilasining vakillari, xususan kaktus, aloe kabi o'simliklar shular jumlasidandir. Bizning sharoitimizda Respublikamizning texnik ekinlaridan g'o'za, sholi, kanakunjut o'simliklari ham issiqqa chidamli hisoblanadi.
K o'pchilik kserofitlar va mezofitlar yuqori traspiratsiya jadalligi tufayli, o'zlari barglarining haroratini past darajada saqlab turadi. Ayrim o'simliklar hujayralari sitoplazmasi yuqori yopishqoqlikka ega bo'lib, oqsillar sintezi jadalligi pasaymaydi. Ushbu o'simliklar hujayralari o'zlarida bog'langan suvni ko'p tutishi bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: |