uchun zarur bo‘lgan materiallar taxt qilib qo‘yiladi. Stolda ortiqcha
narsalar bo‘Imasligi kerak. Talabadan ma’ruza davomida aytilgan
fikrlar va materiallarning hammasini sabr-toqat bilan tinglash
va eslab qolishga harakat qilish talab qilinadi. Yuqorida aytilgan
tayyorgarlik ishlari tinglovchilarga katta ruhiy-fiziologik kayfiyat
baxsh etadi.
Ma’ruza talabalarni tarbiyalashning muhim usullaridan biri
hisoblanadi. Darsxonada o‘qituvchi o‘zining jonli nutqi va ko‘rgazmali
qurollari, zamonaviy texnik vositalar bilan tinglovchilarga ilmiy
tafakkur qilishning asl mohiyatini ochib beradi, talabalarning
dunyoqarashini kengaytiradi, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini
va o‘quv madaniyatini oshiradi. Gap iandagi ilg‘or tajribalar, so'nggi
yangiliklarni tinglovchiga yetkaza oladigan, o'zining ilmiyligi va
pishiqligi bilan uzoq vaqtgacha esda saqlab qoladigan ma’ruzalar
haqida borayapti. Ma’ruza o‘qituvchilar bilan talabalarning aloqasini
mustahkamlaydi. Bu jarayon seminar, amaliy va laboratoriya
mashg'iilotlarida davom ettiriladi, ishlab chiqarish amaliyotlari, kurs
va BMI larini bajarishda yuqoridagi aloqalar yanada mustahkamlanadi
va mustahkamlashib boradi. Talabalarga ma’ruza o‘qish va amaliy
mashg‘ulotlarni o'tkazishda oliy maktab hayotidagi tajriba ham
nazariy ham amaliy jihatdan umumlashtirib boriladi.
Dostları ilə paylaş: