T. U. Usmonov, B. C. Mirzayev, I. S. Hasanov mutaxassislikka


 ‘QUV JARAYONINI ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH



Yüklə 9,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/188
tarix25.09.2023
ölçüsü9,7 Mb.
#148220
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188
Mutaxassislikka kirish

1.4. 0 ‘QUV JARAYONINI ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH
Hozirgi vaqtda oliy taTim sismtemasida muhim tarixiy vazifani 
amalda to la hal etish - mamlakatimiz xalq xo‘jaligiga yuqori 
malakali va bilimdon mutaxassislar yetkazib berish hal etilmoqda. 
Bu sohada mutaxassislar tayyorlashni rejalashtirishda yaxshi 
tajribalar ortirilgan. Hozir xalq xo‘jaligining hamma sohalarini fan, 
madaniyat va san’at, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari bilan ta’minlash 
rejali ravishda amalga oshirilmoqda. Oliy ta iim xalq xo‘jaligining 
o‘sib borayotgan talabini va kelajagini hisobga olib ish ko‘rmoqda. 
Buning uchun oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari 
tarkibi ta’limning to‘rt shartiga: o‘z fanini a’lo darajada bilish, o‘z 
18


kasbini jon dildan sevish va talabalarda ham shu fanga muhabbat 
uyg‘otish, sinab ko‘rish va amaliy ishlarni hozirgi davr talablari 
asosida uyushtirish, kompyuter va zamonaviy texnik vositalardan 
foydalangan holda chuqur bilimga ega bo‘lishga rioya qilib 
kelmoqdalar.
Endigi asosiy vazifa tayyorlanayotgan mutaxassislarning sifatini 
yanada yaxshilashga, ularning ijodiy fikrlovchi va tashabbuskor 
mutaxassislar qilib tayyorlashga erishishdan iboratdir. Bu, o‘z 
navbatida, talabalarga ta’lim berishni tubdan yaxshilash va 
ularga zamon talablari darajasida tarbiya berishni talab qiladi. 
Talabalar oliy o‘quv yurti dargohiga o‘zlari tanlagan sohalari, 
mutaxassisliklari bo‘yicha fanlarning sirlarini sabr-toqat va matonat 
bilan o‘zlashtiradigan darajada boTishlari lozim.
Bunda auditoriyalarda o'qitiladigan ma’ruza va amaliy mashg‘u- 
lotlarga faollik ko‘rsatish hamda mustaqil ishlashni to‘g‘ri uyushtira 
olish hal qiluvchi ahamiyatga ega b o ia oladi. Talaba uchun har bir 
daqiqa g‘animatdir.
Oliy o‘quv yurtlarining o‘quv tarbiya ishlaridagi asosiy 
kamchilik sifatida ulgurmovchilik ko‘zga tashlanadi. Chunki ayrim 
talabalar o‘z qobilyatlariga mos keluvchi kasbni to‘g‘ri tanlay 
olmasdan tasodifiy ravishda oliy maktablarga joylashib qolib, 
so‘ngra o‘qishni tashlab ketishga majbur boiadilar, yoki uni bir 
amallab bitiradilar. So‘ngra ular belgilangan joyga ishga bormasdan 
yengil ish axtaradilar. Buning oldini olish uchun, albatta, talabani 
o‘z kasbiga qiziqtira olish kerak.
Demak, oliy maktabda fanlarni toTa o‘zlashtirish zamon talabi 
boTib qolmoqda. Buning uchun hamma ishlarni ilmiy asosda tashkil 
etish zarur. Hamma ish, jumladan, o'quv jarayoni ham murakkab bir 
jarayon bo'lib, uni amalga toTa oshirish uchun fan va texnikadagi 
so‘nggi yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishib borish, 
ishlab chiqarish, madaniyat, san’at va ularning kelajak taraqqiyoti 
bilan bevosita qiziqish, o‘quv-uslubiy va texnika vositalaridan 
foydalanishni takomillashtirib borish, o‘qitish jarayonini to‘g‘ri 
rejalashtirish, ilmiy ishlarni rivojlantirib borish, ilmiy-pedagogik
19


mutaxassislarni muntazam malakasini oshirish, mutaxassislardan 
0
‘rinli fovdalanib borish, talabalarning ish sharoiti, dam olish va har 
xil jamoat ishlariga ishtirokini mukammalashtirib borish kabilarni 
o‘z ichiga oladi.
Bu amaldagi mavjud an’anaviy o‘qish usullari va shakllaridan 
voz kechish kerak, degan ma’noni bermaydi. Aksincha, oliy o‘quv 
vurtlaridagi va ayrim tajribali olimlarning ishlariga tayangan 
holda, o'quv jarayonida ilmiy hayot va jamoa ishlarini boshqarish 
sohalaridagi tadbirlarni takomillashtirib va mukammallashtirib 
borishni ko‘zda tutadi. 
0
‘quv jarayonini boshqarishning samara- 
dorligi uning qanchalik to‘g‘ri va oqilona rejalashtirilganligi bilan 
olchanadi. Buni to‘g‘ri hal etishda o‘qish jarayonining grafik 
jadvallari birmuncha yengillik tug‘dirishi mumkin.
O'quv jarayonini muvaffaqiyatli va serunum tashkil etishda 
o‘qituvchi va talabalarning mehnat faoliyatlarini chuqur o‘rganish 
muhim rol o‘ynaydi.
O'quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda uning psixologik- 
fiziologik tomonini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 
lektsiya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishda talabalarning 
eshitish, ko‘rish, fikrlash xususiyatlarining qay darajada ekanligi, 
bunga muvofiq ravishda sarf bo‘ladigan mehnat alohida hisobga 
olinishi kerak. Shuning uchun o'quv rejasini tuzishda va ulardagi 
fanlarni dars jadvallariga joylashtirishda har tomonlama o‘ylab 
ish yuritish maqsadga muvofiqdir. 
0
‘qitish jarayonining fiziologik 
asosi sifatida reflekslar va signallar sistemalari haqidagi, oliy nerv 
faoliyati haqidagi taiim otdan foydalaniladi. Oliy nerv faoliyati 
haqidagi ta’limotga ko‘ra, kishida ruhiy o‘zgarish va taasurot tashqi 
muhit natijasida yuz beradi va ichki faoliyat bilan o‘zaro bogiiq 
boladi. Fiziologik va ruhiy jihatdan o'qitish nazariyasining asosi 
maktabda o‘qitish jarayoni uchun ham asos qilib olinadi hamda 
refleks va signallarga oid yangi tekshirishlar asosida toldirib 
boriladi.
Reflekslar shartli va shartsiz deb ikki turga bolinadi. Shartli 
refleks odam va hayvonlarga xosdir. Ularda doimiy ravishda ta’sir va
20


javob reaktsiyasi mavjud bo‘ladi. Shartli refleks tashqi muhit ta’siri 
bilan yuz bergan o‘zgarishlarga moslashish asosida paydo boiadi.
Shartsiz refleks bilan shartli refleks o‘zaro bogiiq boiib, shartli 
reflekslar shartsiz reflekslar asosida paydo boiadi.
Signal sistemalari ikki qismdan iboratdir: birinchi signal 
sistemasi kishining ko‘rish, eshitish, sezish, idrok etish va boshqa 
shartli qabul qilish a’zolarida aks etadi. Kishining ruhiy faoliyatida 
ikkinchi signal sistema muhim rol o‘ynaydi. Chunki u nutq va yozuv 
bilan bogiiqdir. Ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi 
bilan chambarchas bogiiq va undan kelib chiqadi. Birinchi signal 
sistemasi borliqning lcishi organlariga ta’siri orqali hosil boiadi. 
Masalan, ko‘rish va eshitish natijasida miyamizda hosil boluvchi 
obrazlar birinchi signal sistemasidir. So'ngra ma’noli qismlar yuzaga 
keladi. Bu esa ikkinchi signal sistemasi hisoblanadi. Jumladan «stol» 
deganda, to'rt tovushdan iborat so‘zni, to‘rt oyoqli o‘quv qurolini, 
ro‘zg‘or yoki laboratoriya stolini tushunamiz. Biz stolga qaraymiz 
va u haqda tafakkur yuritamiz. Shu y o i orqali bizning ongimizda 
ikkinchi signal sistemasi kishilarning bir-birini tushunish va aloqa 
boglashlariga imkon beruvchi faktordir. Shuningdek, «oliy tahlil» 
va «oliy birlashtirish» singari taffakur formalarini yuzaga keltiradi. 
Natijada fan bilan shug‘ullanish va savol chiqarishga imkoniyat 
vujudga keladi.
0
‘quv jarayonida so‘z, nutq va tilning ma’nosi va ahamiyati 
g‘oyat kattadir. Talabalar so‘zlar, simvollar va formulalar yordamida 
murakkab ilmiy tushunchalarni o‘rganadilar. Shunday ekan, o‘quv 
jarayonini ilmiy asosda tashkil etish hozirgi davrida eng muhim va 
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Yüklə 9,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin