T sh. Gayibov, H. F. Shamsutdinov, B. M. Pulatov elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish



Yüklə 410,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix16.05.2023
ölçüsü410,76 Kb.
#114587
1   2   3   4
xrpt ssigt82vke06vn7yj8y0x06azfm7e0oxrz4avux8zx4jaz8kvvkivfjjlxgpvvddj8d7r25fmxo

 
 
Energetika sistemasini qurish va uning ish sharoitlari bevosita 
tabiiy faktorlar (masalan, suv havzalarining mavjudligi, energetika 
resurslarining geografik joylashuvi va iste’molchilarning joylashuvi) 
bilan bog‘liqdir. Biosferaning holati, uni energetika qurilmalarining ishi 
bilan bog‘liq ifloslanganlik darajasi energetika sistemasining texnik 
Sotsial 
faktorlar 
Biosfera 
Energo-
tizim 
Yoqilg‘i bilan 
ta’minlash 
tizimi 
Energiya 
iste’moli 
tizimi 


9
xarakteristikalari va ish holatlariga nisbatan ma’lum cheklovlarni 
vujudga keltiradi. 
Energetika sistemasini boshqarish faqat uning biosferaga ta’sirini 
emas, balki yoqilg‘i bilan ta’minlash sistemasining sotsial funksiyalari, 
sanoat, transport va boshqa faktorlarning ham ta’sirini e’tiborga olib 
amalga oshiriladi. 
Energetika atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi 
manbalardan biri hisoblanadi. Shu sababli, uning ta’sirini kamaytirish 
texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish bugungi kunda ushbu soha 
olim va mutaxassislari oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir. 
 
1.2. Energiya resurslaridan foydalanish 
 
 Energiya – tabiat hodisalari, madaniyat va insoniyat hayotining 
umumiy asosidir. Shu bilan bir qatorda energiya materiya harakati turli 
ko‘rinishlarining miqdoriy ko‘rsatkichidir. Turi bo‘yicha energiya 
kimyoviy, mexanik, elektrik, yadro va h.k. larga bo‘linadi. Inson 
tomonidan foydalanish mumkin bo‘lgan energiya energiya resurslari 
deb ataluvchi moddiy obyektlarda mavjuddir. 
Barcha 
turdagi 
energiya resurslaridan amaliy ehtiyojlarda juda 
ko‘p miqdorda foydalanuvchilari asosiy energiya resurslari deb 
yuritiladi. Ularga ko‘mir, neft, gaz kabi organik yoqilg‘ilar, shuningdek, 
daryolar, dengizlar va okeanlar, quyosh, shamol, yer tubining issiqlik 
(geotermal) energiyalari kiradi. 
Energiya 
resurslari 
qayta tiklanuvchi va qayta tiklanmaydigan 
turlarga bo‘linadi. Yangilanuvchi energiya resurslariga uzluksiz ravishda 
tabiat tomonidan tiklanib turuvchi energiya resurslari (suv, shamol va 
h.k.) kiradi. Yangilanmas energiya resurslariga oldindan tabiatda 
jamlangan, ammo hozirgi geologik sharoitlarda paydo bo‘lmaydigan 
energiya resurslari (masalan, ko‘mir) kiradi. 
Tabiatda bevosita olinuvchi energiya (yoqilg‘i, suv, shamol, yerning 
issiqlik energiyasi, yadro energiyasi va h.k.) birlamchi energiya, uni 
inson tomonidan maxsus qurilmalarda o‘zgartirish natijasida paydo 
bo‘lgan energiya ikkilamchi energiya deyiladi. 
O‘z nomlanishida elektr stansiyalari foydalanuvchi birlamchi 
energiya turini ifodalaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyasi (IES) 
issiqlik energiyasi (birlamchi energiya)ni elektr energiyasi (ikkilamchi 
energiya)ga aylantiradi, shuningdek, gidroelektr stansiyasi (GES) suv 


10
energiyasini elektr energiyasiga, atom elektr stansiyasi (AES) atom 
energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi.
Lozim bo‘lgan turdagi energiyani olish va u bilan iste’molchilarni 
ta’minlash energetik ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladi. Bu 
jarayonni besh bosqichga ajratish mumkin. 
1. Energiya resurslarini olish va konsentratsiyalash: yoqilg‘ini 
qazib olish va tayyorlash, gidrotexnik inshootlar yordamida naporni 
vujudga keltirish va h.k. 
2. 
Energiya 
resurslarini 
o‘zgartiruvchi qurilmalarga uzatish: bu 
quruqlikda va suvda tashish orqali yoki suv, gaz va h.k.larni trubalarda 
haydash orqali amalga oshiriladi. 
3. 
Birlamchi energiyani ikkilamchi mavjud sharoitlarda 
taqsimlash va iste’mol qilish uchun qulay bo‘lgan energiya turiga 
(odatda elektr va issiqlik energiyalariga) o‘zgartirish. 
4. 
O‘zgartirilgan 
energiyani uzatish va taqsimlash. 
5. 
Energiyani uzatilgan va o‘zgartirilgan ko‘rinishlarda iste’mol 
qilish. 
Agar qo‘llaniluvchi birlamchi energiya resurslari energiyasini 
100% deb qabul qilsak, unda foydali ish bajaruvchi energiya faqat 35-
40% ni tashkil etadi, qolgan qismi isrof bo‘ladi. Isrofning asosiy qismi 
issiqlik energiyasiga to‘g‘ri keladi. 
Energiya isrofi hozirgi davrda mavjud bo‘lgan energetik 
mashinalarning texnik xarakteristikalari bilan belgilanadi. 
Turli energiya resurslari Yer sharining mintaqalari va davlatlarida 
nojinsli joylashgan. Ularning ko‘p mavjud bo‘lgan joylari ko‘p iste’mol 
qilish joylari bilan mos kelmaydi. Jahonda mavjud neft zaxiralarining 
yarmidan ko‘pi Yaqin va O‘rta Sharq mintaqalarida joylashgan bo‘lib, u 
yerdagi iste’mol jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 4-5 baravar 
pastdir. 
O‘zbekiston Respublikasi hududining 60% qismi neft va gaz 
zaxiralari va ulardan foydalanish bo‘yicha istiqbolli hisoblanadi. Uzoq 
yillardan buyon olib borilgan qidiruvlar hamda geologiya-geofizika 
izlanishlari asosida Respublika hududi beshta neft-gazlilik mintaqalarga 
(Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo va 
Farg‘ona) bo‘lingan bo‘lib, ularda neft va kondensatning umumiy 
resursi 5780 mln. tonnani tashkil etadi. 
O‘zbekiston 
Mustaqil 
Davlatlar 
Hamdo‘stligi orasida uglevo-
dorodli yoqilg‘i mahsulotlarini qazib olish suratini pasaytirmagan, balki 


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 
https://kitobxon.com/oz/asar/855
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 
https://kitobxon.com/uz/asar/855
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/855

Yüklə 410,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin