Daromadlar -
bu bankning
odatdagi
faoliyati natijasi sifatida iqtisodiy
resurslaming yoxud aktivlaming oqib kelishi
yoki o‘sish yo‘li orqali yoxud
majburiyatlaming qisqarishi yo‘li orqali o ‘sishidir.
Xarajatlar - bu foydani ko‘paytirish maqsadida bank faoliyatidan kelib
chiqadigan passivlam ing kamayishi yoki majburiyatlami o 'z zimmasiga olish orqali
ro‘y beradigan iqtisodiy resurslaming kamayishidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda tan olishni moddaning bank moliyaviy hisobotlariga
kiritilishi jarayoni deb ta'riflaydi. Tan olish ko'rsatilgan summani hisobotning
yakuniy ko'rsatkichlarida aks ettirishdan iboratdir.
Daromad moddalarini qondirish lozim bo'lgan tan olish mezonlari quyidagicha:
a) modda o'lchash uchun tegishli asosga ega va summani oqilona baholashni
amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi;
b) kelgusida iqtisodiy manfaatlaming olinishi mumkinligi yoki olinishidan
iboratdir.
Shunday
qilib,
daromadlar
odatda
shartnomaning
bajarilishi
amalga
oshirilganda va tushumni o'lchash hamda olish imkoni mavjudligi to'g'risida qat'iy
ishonch hosil bo'lganda tan olinadi. Daromad va xarajatlar o'zaro sabab-natijaviy
munosabatlar bilan bog'liq bo'lganda xarajat daromadga mos keladi va bitta davr
daromadining yakuniy hisob-kitobiga kiritiladi.
Boshqa hollarda
xarajatlar
daromadlar bilan
bog'liq bo'lmasligi mumkin, biroq, operatsiyalar amalga
oshiriladigan davrga tegishli bo'lishi mumkin.
Tan olishning 4 mezoni - aniqlash, baholash, o 'z vaqtlilik va ishonchlilik -
moliyaviy
hisobotlarda tan olish uchun hamma modalarga nisbatan qo'Ianiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda banklar daromadini vaqtiga muvofiq tan olishda
quyidagi
usullardan foydalanish qo'llaniladi: daromadlami tan olishning kassa usuli,
shartnoma yoki aktivdan foydalanish davri davomida tan olish usuli.
Tijorat banklari tomonidan ko'rsatiladigan xizmat turlari ichida shundaylari
mavjudki, ulardan olingan daromad xizmatlar bajarilganida tan olinadi. Shuning
uchun ham daromadni tan olishning ushbu usuli kasa usuli deb ataladi.
Shartnoma yoki aktivdan foydalanish davri davomida daromadni tan olish usuli
bank o 'z aktivlaridan boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanish uchun
shartnoma asosida
berilganda
qo'llaniladi. Banklaming daromadlari ulaming
xarajatlarini qoplaydigan asosiy manba hisoblanadi. Bank daromadlari asosan ikki
manbadan tashkil topadi: foizli va foizsiz daromadlardan, shuningdek, bank
xarajatlari ham uch manbadan; foizli va foizsiz hamda operatsiyaon xarajatlardan,
ulaming tarkibi yuqoridagi paragrafda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: