|
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
|
səhifə | 22/268 | tarix | 22.12.2022 | ölçüsü | 0,8 Mb. | | #77184 |
| T. Malikov O. Olimjonov moliya
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Moliyaviy boshqaruv deb nimaga aytiladi?
Qanday vazifalarni (muammolarni) bajarish (yechish) moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan?
Moliyaviy boshqaruvning ob’yekti sifatida nimalar maydonga chiqadi?
Moliyaviy boshqaruvning sub’yektlarini aytib bering.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi nimalardan iborat?
Moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik printsip-lari nimalardan iborat?
Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakllari tarkibini aytib bering.
Moliyaviy boshqaruv tizimi o’z ichiga nimalarni oladi?
Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi qanday boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin?
Moliyaviy boshqaruv organi sifatida mamlakat Prezidenti qanday huquqlarga ega?
Moliyaviy boshqaruvga oid Oliy Majlis palatalari qanday vakolatlarga ega?
Vazirlar Mahkamasining moliyaviy boshqaruvga tegishli qanday vakolatlari mavjud?
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliyaviy boshqaruvga oid qanday vazifalarni bajaradi?
Moliyaviy boshqaruvga daxldor Moliya vazirligining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Hozirgi paytda Moliya vazirligining Markaziy apparatida qanday departamentlar bo’lishi mumkin?
Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bo’lgan G’aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga nimalar kiradi?
Moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari qanday vazifalarni bajaradi?
Davlat bojxona qo’mitasi va uning tegishli organlariga moliyaviy boshqaruvga nisbatan qanday vazifalar yuklatilgan?
Moliyaviy oqim deb nimaga aytiladi?
Moliyaviy oqimlarning hajmi nimalarga bog’liq?
Moliyaviy oqimlarning qanday shakllari mavjud?
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari nimalardan iborat?
Moliyaviy oqimning samaradorligini qanday aniqlash mumkin?
Ijobiy va salbiy moliyaviy oqimlarni tushuntirib bering.
Sof moliyaviy oqim deganda nima tushuniladi?
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan qanday ko’rsatkichlar mavjud?
Korxonalar uchun to’lovga qobillik koeffitsienti qan-day aniqlanadi?
Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) deyilganda nima tushuniladi?
Qachon korxona to’lovga qobil yoki qobil emas hisoblanadi?
Moliyaviy oqimlar byudjeti (balansi) nimaga asoslanadi?
Dostları ilə paylaş: |
|
|