T abdraxmanov



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə8/43
tarix29.03.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#91263
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов

Laboratoriya ishilari – nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustaxkamlash, mustaqil tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida talabalar tomonidan mustaqil bajariladigan ish hisoblanadi.
Ta’lim tizimida laboratoriya ishlarini shartli ravishda quyidagi 2 guruxga bo‘lish mumkin:

  1. O‘quv laboratoriya ishlari.

  2. Ilmiy laboratoriya ishlari.

1.O‘quv laboratoriya ishlari asosan umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb xunar va oliy ta’limning bakalavr bosqichida o‘tkaziladi. Bunda asosiy nuqtai nazar laboratoriya ishlarining o‘tkazish tamoyillari, ketma ketligi, maxsus jixatlarini o‘rganishga qaratiladi. Ya’ni, bu laboratoriya ishlari o‘quv, o‘rganish xarakteriga ega bo‘ladi.
2.Ilmiy laboratoriya ishlari esa asosan oliy ta’limning magistratura, doktorantura (RhD, DSc) bosqichlarida o‘tkazilib, ishning bajarilishi ilmiy natijalar olishga qaratiladi.
Yuqorida keltirilgan laboratoriya ishlarining o‘tkazish maqsadiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. O‘quv laboratoriya ishlarida umumiy usullar qo‘llaniladi, zarur reaktivlar asosida muayyan ish bajariladi va natijalar olinadi. Ilmiy laboratoriya ishlarida esa imkon qadar qo‘llaniladigan usullar yangi bo‘lishi, jaxon talablariga javob berishi, dunyoning nufuzi universitetlarida qo‘llanilayotgan bo‘lishiga e’tibor berish lozim. Shuningdek, har bir o‘lchov laboratoriya uskunalari Davlat standartlashtirish tashkilotlari tomonidan qiyoslovdan o‘rnatilgan tartibda o‘tkazilishi kerak, reaktivlar yangi bo‘lishi, tajribalar takroriyligi 4-8 marta bo‘lishi, olingan natijalar statistik taxlil qilinishi talab etiladi.
Shu o‘rinda ta’lim tizimida Davlat ilmiy texnik dasturlari asosida loyihalar, xo‘jalik shartnomalari va xalqaro loyihalari ham bajariladi. Mazkur loyihalar doirasida belgilangan laboratoriya ishlarini bajarish, ishlab chiqarishgan muayyan maxsulotlar (preparat, bioo‘g‘it, o‘g‘it, o‘simlik navlar, biologik faol moddalar va boshqalar) berishda aynan ilmiy laboratoriya imkoniyatidan foydalanish lozim. Bu ishlarni bajarishga o‘quv laboratoriyalarining imkoniyati yetmaydi, aks holda olingan buyurtmalar yuqori darajada bajarilmay qolishi mumkin.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish va bajarishga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • laboratoriya mavzulari o‘quv rejasidagi soat hajmiga, faning ishchi dasturiga mos soatlarda taqsimlanishi lozim;

  • muayyan fanning ma’ruza mavzulari, amaliy, seminar mashg‘ulotlariga mantiqiy bog‘liq xolda bajarilishi lozim;

  • laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy qo‘llanmalar yetarlicha bo‘lishi, imkon qadar zamonaviy usullar asosida bajarilishi lozim;

  • texnika xavfsizligi qoidasiga amal qilish, zarur reaktivlar, laboratoriya sharoiti (mo‘rili shkafning ishlashi, o‘rtacha haroratning ta’minlanishi va hakozo) kabilar talabga javob berishi lozim;

  • davlat me’yorlariga ko‘ra laboratoriyada bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan 12-15 talaba ishlashi lozim;

  • laboratoriya natijalarini hisoblash, mantiqiy ma’nosini bilish, taxlil qilishni tashkil etish lozim;

  • ayrim vaqtda ma’lum sabablar tufayli (o‘quv binosi ta’mirlanayotgan vaqtda, ayrim sharoitlar bo‘lmaganda, ayrim uskunalar texnik nosoz bo‘lganda) istisno tariqasida vaqtincha aynan ishchi dasturdagi laboratoriya ishini virtual bajarilish imkoniyati yaratib qo‘yilishi lozim.

Laboratoriya ishlari o‘rnatilgan tartib bo‘yicha har besh yilda faning namunaviy dasturi asosida yangilanib, takomillashtirilib boriladi, biroq, hukumat topshiriqlari, orttirilgan xalqaro tajribalar asosida mavzudan chetga chiqmagan xolda usullar yangilanib, takomillashtirilishi maqsadga muvofiq.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin