Suyuqliklarning zichligini o‘lchash


SUYUQLIKLARNING QOVUSHOQLIGINI OLCHASH



Yüklə 15,1 Kb.
səhifə2/2
tarix26.12.2023
ölçüsü15,1 Kb.
#197850
1   2
Suyuqliklarning zichligini o‘lchash

SUYUQLIKLARNING QOVUSHOQLIGINI OLCHASH
Suyuq muhitlarning qovushoqligini o‘lchash sanoatda TJABT ni joriy qilishda eng murakkab muammolardan biridir. Jarayonlarning ko‘pchiligi dispers tizimlar, suspenziyalar, kolloid eritmalar va plastik massalarni qayta ishlash bilan bog‘liq. Ayrim mahsulotlar sezgir elementga yopishib qolib, ishlab chiqarish jarayonida sezgir elementga ta’sir etib, ulardan foydalanishni qiyinlashtirishi mumkin. Sanoatda viskozimetrlarning qo‘llanilishi qovushoqlikni o‘lchash uslublarining konstruktiv-texnik kamchiliklari yoki viskozimetrlarning o‘zicha ishlatish sharoitlarini yaratish qiyinligi sababli juda ham cheklangandir. Sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, sun’iy tolalar, sintetik smolalar, kauchuk eritmalari, bo‘yoqlar, surkov moylari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qovushoqlik mahsulot tarkibi va sifatini aniqlovchi kattalik hisoblanadi. SHuning uchun ko‘pgina hollarda qovushoklikni avtomatik tarzda uzluksiz o‘lchab turish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati qovushoqlik deyiladi. Berilgan oqimda suyuqlik ikki qatlamining siljishida tangensial kuch vujudga keladi. SHu kuch Nyuton qonuniga ko‘ra quyidagicha aniqlanadi:
tenglamadan dinamik qovushoqlikni aniqlaymiz:
SI tizimida dinamik qovushoqlik birligi qilib, suyuqlik oqimining shunday qovushoqligi qabul qilinganki, bu oqimda 1 N/m2 siljish bosimi ta’sirida chiziqli tezligining gradienti siljish tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan 1 m masofada 1 m/s bo‘ladi. Dinamik qovushoqlikning bu birligi N s/m2 yoki Pa s o‘lchoviga ega. Amalda ko‘pincha dinamik qovushoqlikning suyuqlik zichligi r ga bo‘lgan nisbatida ifodalanuvchi kinematik qovushoqlikdan foydalaniladi, ya’ni

Kinematik qovushoqlik SI da m 2 /s o‘lchoviga ega. Qovushoqlik amalda puaz (P) va santipuaz (sP) birliklarida o‘lchanadi. Bu birliklar SI dagi qovushqoqlikning birligi bilan quyidagicha bog‘langan:
1 P=0.1 Pa∙s; 1 sP=1 mPa∙s.
Nyuton qonuniga bo‘ysinuvchi suyuqliklar (ya’ni qovushoqligi jadal mexanik ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmagan siljish (surilish) tezligiga chiziqli bog‘lanishga ega suyuqliklar) nyuton suyuqliklari deyiladi. Agar bu bog‘lanish chiziqli bo‘lmasa, u holda bunday suyuqliklar nonyuton suyuqliklar deyiladi. Suyuqliklar, eritmalar, plastik va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi nonyuton suyuqliklar guruhiga kiradi. Oziq-ovqat sanoatida ko‘pincha qovushoqlik shartli birliklarda (VU graduslarida) o‘lchanadi, bu birliklar ma’lum hajmdagi tahlil (tahlil) qilinayotgan suyuqlikning oqib ketish vaqtining shu hajmidagi distillangan suvning oqib ketish vaqtiga nisbatidan iborat:
Qovushoqlikni o‘lchash paytida haroratning ta’sirini e’tiborga olib, tegishli tuzatishlar kiritish lozim. Suyuqlik qovushoqligini o‘lchaydigan bir qator asboblar mavjud. Bu asboblar ishlash prinsipi jihatidan kapillyar, zoldirli, rotasion, tebranishli va ultratovushli asboblarga (viskozimetrlarga) bo‘linadi.
Yüklə 15,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin