Sanoatda suvning qattaqligini yoʻqotish uchun ion almashinuv usuli qoʻllaniladi. Kationitlar-suvda erimaydigan, tarkibida tashqi muhit kationlarga almashina oluvchi, harakatchan kationlar tutadigan qattiq modalardir. Anionitlar – suvda erimaydigan, tarkibida tashqi muhit anionlariga almashina oluvchi, harakatchan anionlar tutgan qattiq moddalar. Kationitli kolonkadan oʻtkazilgan suvning tarkibidagi kalsiy va magniy ionlari natriy ionlariga almashib, kolonkada qoladi va natriy ionlari suvga oʻtadi.
Na2R + Ca +2 → 2Na+ + CaR Kationitlarda R-murakkab tuzilishga ega organik radikal. Kationitlar suvni kalsiy va magniy ionlaridan tozalashga yordam bersa, anionlarni chiqarish uchun anionitlar qoʻllaniladi.