Sun'iy intellekt o'zi nima?


Tobora qudratli kuchga aylanib borayotgan «dronlar»



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə7/23
tarix11.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#111357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
ohunjon 21-22a

Tobora qudratli kuchga aylanib borayotgan «dronlar»
Oxirgi yillarda xalqaro munosabatlar tizimida yuz bergan ba’zi bir holatlar ham harbiy xavfsizlik va mudofaa tizimlarining bevosita va bilvosita AI texnologiyalariga bog‘lanib borayotganligini ko‘rsatadi. Xususan, 2021 yilda AQSh qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi bilan siyosiy muvozanatning o‘zgarishi faqatgina Afg‘onistonda sodir bo‘lmadi. Bu kabi jarayon Iroqda ham ro‘y berdi. Bu xalqaro tendensiya siyosiy va iqtisodiy markazlarning ko‘chishi bilan ham izohlanadi. Yanada e’tiborlisi, bu o‘zgarishlar faqatgina geografik nuqtayi nazardan emas, balki texnologik jihatdan ham sodir bo‘ldi. Dronlarning kashf etilishi va ularning bir qancha operatsiyalarda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi AQSh uchun endilikda ko‘plab hududlarda yirik xarajatlarga sabab bo‘luvchi bazalarni saqlab turishdan manfaat yo‘qligini ko‘rsatdi. Agar Afg‘oniston yoki Iroqda harbiy amaliyot zarur bo‘ladigan bo‘lsa, Vashington bu ishni Qatardan uchirilgan boshqaruvsiz texnikalar yordamida uddalashi mumkinligiga amin bo‘ldi. Z. Bjyezinskiy «Buyuk shaxmat doskasi»da ta’kidlaganidek, Moskva yoki Pekin bilan raqobatlashuv uchun ham zamonaviy dunyoda Afg‘oniston yoki Iroqda qo‘shin saqlab turish Qo‘shma Shtatlar uchun o‘z ahamiyati yo‘qotdi. Bunga sabab sifatida, bu raqobat maydoni quruqlik, dengiz yoki havo bo‘shliqlaridan kiber bo‘shliq yoki kosmik kengliklarga ko‘chgani bilan izohlanadi. Quruqlikda ko‘p sonli kontingentlarni ushlab turish o‘z dolzarbligini yo‘qotishi bilan AQSh va boshqa G‘arb davlatlari qo‘shinlarini bosqichma-bosqich evakuatsiya qila boshladi. Urush hududlarida quruqlikdagi askarlarning soni kamaytirilishi armiyalar ko‘proq eng zamonaviy raqamli texnologiyalarga, shu jumladan, sun’iy intellektga suyanishini taqozo etadi.
AI urushda inson ishtirokini kamaytirish potensialiga ega. Birinchidan, sun’iy intellekt urush va urush bilan bog‘liq operatsiyalarda qatnashish uchun zarur bo‘lgan inson va mashina resurslarining taqsimlanishini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ikkinchidan, sun’iy intellekt operatsiyalar tezligiga ta’sir qiladi, bu paradoksal ravishda qaror qabul qilish vaqtini kamaytiradi. Aytish mumkinki, so‘nggi o‘n yil ichida hech qanday yangi harbiy texnologiyalar mutaxassislar tomonidan dronlardan ko‘ra ko‘proq e’tiborga olinmagan, chunki dronlar axborot asrining zamonaviy urushlarida eng ko‘zga ko‘ringan texnologik vosita sifatida ommalashib bormoqda.
So‘nggi harbiy harakatlarda kuzatilgan tendensiya ham strategik ustuvorliklarni tubdan o‘zgartirishga undadi. 2020 yilning kuzida Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida yuz bergan qisqa muddatli urushda armanlarning tanklarini ozarlar Turkiya tomonidan yetkazib berilgan arzon, uchuvchisiz dronlari yordamida yo‘q qildi. Bu apparatlar boshqaruvchi hayotiga xavf tug‘dirmagan holda nishonga zarba beradi. Ba’zi ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, aynan Qorabog‘ urushida dronlarning ta’siri «taktik o‘yinni o‘zgartirish» darajasida ahamiyat kasb etgan.
Dronlar inson omili va moliyaviy xarajatlarni keskin kamaytirgani uchun davlatlar bundan keyingi davrda urushlarga kirishi ko‘proq kuzatilishi mumkin. Bu esa, agar dron inqilobi amalga oshiriladigan bo‘lsa , davlatlar o‘zlarining mudofaa siyosatlarini sezilarli darajada qayta ko‘rib chiqishlari kerakligini anglatadi. Jangovar uchuvchisiz dronlar bir vaqtlar harbiy qudratli kuchlarning asosiy «fishka»si bo‘lib kelgan bo‘lsa, bugungi kunda kichik davlatlar tomonidan ham ularga ega bo‘lishga harakat ortib bormoqda. Insoniyatning harbiy tarixi davomida yagona qurol tizimi butun urush davrining timsoliga aylangan davrlar bo‘lgan. O‘rta asrlarda ingliz kamonchilari tomonidan qo‘llanilgan uzun kamon boshqa dushman kuchlarining sarosimaga tushib qolishiga olib kelgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning harbiy muvaffaqqiyatida ham texnologik innovatsiyalarning o‘rni sezilarli darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Amerika fuqarolar urushi davrida AQSh prezidenti Avraam Linkoln o‘z harbiylari bilan aloqa qilish, strategiyani muvofiqlashtirish va qo‘shinlarni harakatlantirish uchun zamonaviy telegraf tizimidan foydalangan.
Bugungi kunda ham AI texnologiyalarining mudofaa sohasida qo‘llanila boshlashi inqilob sifatida ko‘rilmoqda. Bu inqilobning avvalgi harbiy inqiloblardan farqli jihati sifatida AI texnologiyalarining avval ijtimoiy sohalarda, keyin esa harbiy sohalarda ham foydalana boshlashi bilan bog‘liq. Oldingi harbiy texnologik salohiyatga ega bo‘lgan qurollar, masalan yadro qurollari avval harbiy sohada qo‘llanilgan va keyinchalik kundalik hayotdagi tarmoqlarga integratsiya qilingani bilan xarakterlanadi. Bu esa ushbu davr mobaynida mudofaa sohasida tadqiqotlar uchun mablag‘larning tejalishiga imkoniyat ham yaratib berdi. Gitler Germaniyasining Ikkinchi jahon urushigacha yaratgan maxfiy qurollari singari, sun’iy intellektga asoslangan dronlar yoki robotlar ham dunyo muvozanatini o‘zgartirish potensialiga ega hisoblanadi. Shu sababli, ushbu texnologiya sohasidagi tadqiqotlar shaffof bo‘lishi va ishlab chiqilgan qurollar yadro quroli rejimidagi kabi xalqaro huquq normalari bilan cheklanishi kerak. Chunki tobora ilg‘orlashib borayotgan texnologiyalar insoniyat kelajagiga tahdidlarni ko‘paytirishi mumkin.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin