137
ichki to‘lovlar miqdorini belgilab, oliy ta’lim muassasasi o‘zi tanlagan strategik
rivojlanishiga muvofiq eng yuqori daromadga ega bo‘ladi.
Bu hol ta’lim darajasini oshiradi deb faraz qilinadi, chunki talabalar
universitetlarga ancha yuqori talablar qo‘yadi, oliy ta’lim muassasalari esa o‘z
navbatida ta’lim jarayoniga katta e’tibor qaratadi.
Vaholanki talabalar oliy ta’lim tizimida va keyinchalik o‘z ish haqlari oshishini
kutishlari mumkin, butun bunyoda ular ta’lim xarajatlarini moliyalash adolatli va
oќilona deb hisoblaydi. O‘rtacha olganda mehnatning ancha yuqori samaradorligini
va umuman aholi daromadi ancha yuqori bo‘lishini ta’minlovchi mehnat resurslari
ta’lim xarajatlari bir qismini xukumat moliyalashi foydasiga ishonchli dalildir.
Amaldagi baxslar xukumat va talabalar (ular ota-onalari)ning adolatli nisbati
xususida boradi.
Ko‘pincha G‘arb mamlakatlarida bu nisbatdagi ulush hozirgi vaqtda talabalar
hisobidan moliyalashni oshirish, xukumat hisobidan kamaytirish tomon o‘zgarmoqda.
Shunday qilib, talabalarni yangi tartibda byudjetdan moliyalash holati yuzaga
kelmoqda, bu o‘z navbatida ta’lim xarajatlarini tobora kata qismini byudjetdan
qoplashga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: