Steam –maktabgacha ta’limda eng istiqbolli texnologiya


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI STEAM GA JALB ETISH USULLARI



Yüklə 78,89 Kb.
səhifə5/14
tarix05.12.2023
ölçüsü78,89 Kb.
#172923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
STEAM –MAKTABGACHA TA’LIMDA ENG ISTIQBOLLI TEXNOLOGIYA

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI STEAM GA JALB ETISH USULLARI
Steam ta’lim texnoligiyasi har doim bilim va badiiy izlanishning holatiga asoslangan loyiha uslubiga asoslangan bo‘lib, u o‘z amaliy tajribasi asosida bilim olishda va keyinchalik oligan bilimlarni bolalar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida qo‘llashda: o‘yin, dizayn, bilim va tadqiqot faoliyati texnik ijod elementlari bilan. Bizga ma‘lumki maktabgacha ta‘limda faoliyatning yetakchi turi о‘yin deb hisoblanadi lekin STEAM texnologiyasi tadqiqotchilarining fikriga kо‘ra bolalarning yetakchi faoliyat turi bu tajriba deb hisoblanadi. О‘yinchoqlar yordamida bolalar о‘qish, о‘lchash, tekislash, hisoblash, bо‘yash, muloqot qilishniо‘rganadilar va jamoa malakalarini egallaydilar. Bu ularga zarur matematik, filologik va muhandislik san‘at kо‘nikmalarini olishga yordam beradi.
Bolalar о‘zlari uchun yangi va noaniq g’oyalar tanlash va ular asosida ilk tajribalarni о‘tkazadi va shu orqali qiziqarli о‘yin shaklida yaratish salohiyati rivojlanadi.
STEAM ta’lim tehnologiyasi bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi:
• muammolarni keng qamrovli tushunish
ijodiy fikrlash
• muhandislik yondashuv
• tanqidiy fikrlash
• ilmiy metodlarni tushunish va qо‘llash
• dizayn asoslarini tushunish
Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Kо‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya, Izrail, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta‘lim muassalarida bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda. Bugungi dunyo kechagi kabi emas, ertangi kun ham bugungi kabi bо‘lmaydi! Inson faoliyati barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Zamonaviy bolalarning 65 %i bugungi kunda mavjud bо‘lmagan kasblarni egallaydi. Kelajakdagi mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks ta‘lim va bilimlarga muhtoj bо‘ladi. 668 www.kokanduni.uz STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni о‘yin orqali yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda STEAM-ta‘lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qо‘llashda beshta sohani yagona о‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta‘limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda о‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bо‘lib, bunda ular fikrlarni tо‘plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy ta‘lim dasturiga quyidagilar Legotexnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazamо‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, о‘z-о‘zini namoyon qilish asoslarini о‘rganishadi, о‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta‘minlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM ijodkorligi va muhandislik ko’nikmalarini rivojlantirish. Maktabgacha yosh intensiv psixologik yetuklik bosqichi bo’lgan ijodkorlikni rivojlantirish uchun eng qulay davr. Aynan shu davrda ko’p sohalarda progressiv o’zgarishlar ro’y beradi, aqliy jarayonlar (diqqat, xotira, tafakkur, nutq, tasavvur) takomillashadi, shaxsiy fazilatlar rivojlanadi, ular asosida qobiliyat, moyillik shakllanadi. Ota-onalar o’z farzandlarini ijodkor shaxs bo’lib voyaga etishini xohlaydi. Shu sababli yoshlikdanoq ularning ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga e’tibor qaratadi. Binobarin, “barcha bolalar istisnosiz potentsial ijodkorlardir. Badiiy ijodkorlik va tasviriy san’atni o’rganish bo’yicha mashg’ulotlar har bir bolada yashiringan ijodiy qobiliyatlarni “uyg’otish”ga, ijodiy layoqatni ro’yobga chiqarishga yordam berishga harakat qiladi1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning deyarli barchasi turli harakatlar-rasm chizish, qo’shiq aytish, raqsga tushish, jismoniy faollikni ifodalovchi harakatlarni tashkil qilish orqali o’z ijodiy qobiliyatlarini u yoki bu darajada namoyon qiladi. Bu yoshdagi bolalarning ijodkorligi ulardagi erkinlik, faollik, o’z xohish-istaklari, xatti-harakatlarini cheklamaslik bilan bog’liq. Qolaversa, atrof-borliqni bilishga bo’lgan intilish ulardagi qiziquvchanlikni rivojlantiradi. Kattalarga taqliq qilish odatlari esa san’atning turli janrlari bo’yicha kattalar yoki tengdoshlarining harakatlarini o’zlashtirish uchun imkon beradi.
Qiziquvchanlik va taqlid asta-sekin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda san’atning turli sohalari bo’yicha qobiliyatni rivojlantirishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning san’atning turli sohalariga bo’lgan qiziquvchanliklari hali barqaror sifat emas. Izchil ravishda bu qobiliyatni rivojlantirib bormaslik esa uning pasayishiga olib keladi. Pedagogik yondashuv bolalarning ijodiy qobiliyatlarini tizimli ravishda, izchil, uzluksiz rivojlantirib borishni taqozo qiladi. Qobiliyatli bolalar bilan ishlashning an’anaviy ta’lim jarayonidan farqli tomoni-bu pedagogik faoliyatning maxsus o’quv va tarbiyaviy ishlar dasturlari asosida tashkil etilishi sanaladi. Maxsus dasturlar mazmunan iqtidorli bolalarni o’qitishning o’ziga xosligini ifoda etadi. Bu kabi o’quv va tarbiyaviy ishlar dasturlarini yaratishda ma’lum tamoyillar asosida ish yuritiladi. Ayni vaqtda pedagogika amaliyotida M.Karne tomonidan asoslangan tamoyillar asosida faoliyat yuritilmoqda. Ular quyidagilardan iborat: 669 www.kokanduni.uz Maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ kompentensiyasini rivojlantirish mazmuni ilmiy-metodik jihatdan bergilab berilgani, xuxuxan, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida kichik, o‘rta, katta va maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida rivojlanishi ko‘zda tutilgan kommunikativ kompentensiyaning faoliyatlilik, izchillik, uzluksizlik tamoyillari asosida izchil yoritilishini tashkil etadi.

Yüklə 78,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin