Sinov – nazorat savollari 1. O‘zR “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?
2. Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
6-AMALIY MASHG‘ULOT.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO XAMKORLIK MUNOSABATLARINI O‘RNATISHDA BUTUNJAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO BO‘LISHNING DOLZARBLIGI
S avdo va tariflar bo‘yicha bosh kelishuv (GATT) xalqaro savdoning boj tarif jihatlarini tartibga soluvchi eng muhim tuzilmadir. Prezidentimiz aytganlaridek Butunjahon savdo tashkiloti jahon savdosining hozirgi tizimini boshqarishda markaziy o‘rinni egallab turibdi. Savdo va tariflar bo‘yicha bosh kelishuv (GATT) 1948 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat yuritib davlatlararo tovar aylanmasi hajmining kengaytirish maqsadida xalqaro savdoning barqaror foydalarini qaror toptirish eng asosiy qoidasi diskriminatsiya qilmaslik tamoyilidir.
Savdo va tariflar bo‘yicha bosh kelishuv (GATT) Butunjahon savdo tashkiloti (BST) o‘z faoliyatini ko‘p tomonlama davra uchrashuvlarini tashkil etish orqali o‘tkazadi. Har bir davra uchrashuvi xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilib, ma’lum bir global masalani echishga qaratilgan bo‘ladi. Butunjahon savdo tashkiloti tashkil etilgandan beri o‘tgan davr ichida shunday davra uchrashuvlaridan 8 tasi o‘tkazildi. Misol uchun birinchi davra uchrashuvi 1947 yil Jeneva shahrida tashkil etilib, bu uchrashuvda boj tariflarini pasaytirish masalasi hal qilindi. Ikkinchi uchrashuv ana shu masalani hal qilishni davom ettirishga qaratilgan bo‘lib, Fransiyaning Annesiya shahrida 1949 yil bo‘lib o‘tdi. Boj tariflarini pasaytirish masalasi shu tashkilotga a’zo bo‘lgan mamlakatlarni tashqi savdosi uchun dolzarb masalalardan biri bo‘lgani uchun hali bu masalani echish GATTning keyingi raundlarida ham davom ettirilgan. Xususan 1950 yili Angliyaning Tokki shahridagi raundida, 1956 yili Jeneva shahridagi raundda 1960-1961 yillardagi Jenevadagi Dillond raundlarida shu masala hal qilindi.
Butunjahon savdo tashkilotining 1964-1967 yillarda Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan Kennedi raundida dempingga qarshi boj kodeksi ishlab chiqildi. 1973-1979 yillarda Tokioda boshlangan va Jenevada davom ettirilgan Tokio raundida esa notarif to‘siqlar masalasida GATT vakolatlarini kuchaytirish va kengaytirish masalasi ko‘rilgan. Va nihoyat 1986 yilda Urugvay mamlakatini Puntadel Este shahrida boshlanib, Jeneva shahrida davom ettirilgan Urugvay raundida boj to‘siqlarini kamaytirish, GATT mexanizmini yaxshilash, Butunjahon savdo tashkilotini tuzish haqida kelishuv xizmatlar savdosi bo‘yicha bosh kelishuv ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda dunyodagi 153 mamlakat Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lib, ular Urugvay raundi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq ish ko‘radilar. Hozirda yana 30 mamlakat Butunjahon Savdo Tashkilotiga kuzatuvchi maqomini qo‘lga kiritganlar va ular ham a’zolikka da’vogardirlar.
Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi uchun bu tashkilotning quyidagi 15 ta kelishuvida aks ettirilgan majburiyatlarni bajarishi lozim. Bu kelishular quyidagilar:
Tarif va savdo bo‘yicha bosh kelishuv
Xizmat savdosi bo‘yicha bosh kelishuv
Savdo bilan bog‘liq inteliktual mulk xususiyatlari aspektlari bo‘yicha kelishuv
Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kelishuv.
Sanitar va fitosanitar choralarini qo‘llash bo‘yicha kelishuv.
Tekistil va kiyim - kechak tovarlari bo‘yicha kelishuv.
Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha kelishuv.
Savdo bilan bog‘liq investitsion shartlar bo‘yicha kelishuv.
Tovarlarni bojxona qiymatini hisoblab chiqarish bo‘yicha kelishuv.
Dempingga qarshi boj masalalari bo‘yicha kelishuv.
YUklarni oldi nazorati bo‘yicha kelishuv.
Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash bo‘yicha kelishuv.
Importni tovarlarini litsenziyalash qoidalari bo‘yicha kelishuv.
Subsidiyalar va kompensatsion choralar bo‘yicha kelishuv.
Himoya choralari to‘g‘risidagi kelishuv.
Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish ancha uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, uch bosqichdan iborat. Uning birinchi bosqichida da’vogar mamlakatlar hukumatlari tomonidan BST ga kuzatish makomini qo‘lga kiritish uchun ariza topshirsalar, ikkinchi bosqichda tashkilotga teng huquqli a’zo bo‘lib kirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etadilar. A’zo bo‘lish jarayoning ushbu bosqichi hukumatlar tomonidan BST ga maxsus Memorandumning taqdim etilishini nazarda tutadi.
Memorandumda mamlakatlarning BST bitimi talablari doirasidagi savdo iqtisodiy siyosatiga tegishli asosiy jihatlar o‘z aksini topadi. Aynan shu orqali mamlakatlarning a’zolikka da’vogarlik shartlari atroflicha o‘rganilib chiqiladi. Uchinchi bosqichda esa mamlakatlarning BST ga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tashkil etiladi. Ishchi guruh majlislarida da’vogar mamlakatlar ma’lum bir tovarlar va xizmatlar turlari bo‘yicha berilishi mumkin bo‘lgan imtiyozlar va majburiyatlar xususida BST ga a’zo mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama muzokaralar olib boradilar. Muzokaralar jarayonida o‘rnatilgan tartiblarning amalda ijro etilishi mamlakatlar uchun majburiy hisoblanadi va ularning istagan vaqtda o‘zgartirilishi man etiladi. A’zolikka da’vogar mamlakatlarning savdo rejimlarini o‘rganish va uni bozorga kirib borish to‘g‘risidagi muzokaralar o‘z yakuniga etgandan so‘ng, ishchi guruh tomonidan a’zolikka qabul qilish to‘g‘risidagi asosiy shart- sharoitlar ishlab chiqiladi. Majlis natijalariga ko‘ra, maxsus bayonnoma tayyorlanadi va u Bosh yig‘in yoki vazirlar Konfrensiyasida BST a’zolarining 2/3 qismi tomonidan qo‘llab – quvvatlangan taqdirdagina imzolangan va tasdiqlangan deb hisoblanadi. Mamlakatlar BSTga a’zo bo‘lganlaridan so‘ng, Urugvay raundi doirasida imzolangan bitimlarning barchasini qabul qilishlari va uni amalga oshirishlari shart hisoblanadi.
BST tizimining ustunliklari, unda yirik savdogar davlatlarning a’zo bo‘lganliklari emas, balki uning erkin tovar almanishuvi jarayonida mamlakatlar uchun turli xil iqtisodiy manfaatdorlikni ta’minlashi bilan izohlanadi. Bu tizim a’zo mamlakatlar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolga, shuningdek fuqarolar farovonligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rasatadi. BST savdo tashkiloti tizimi mamlakatlar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolda, shuningdek alohida fuqarolar va umuman jahon hamjamiyati doirasida o‘z ustunliklarini namoyon etadi.
BST ga azolikning ustunliklari yana shu bilan izohlanadiki, bunda iste’molchilar uchun tovar va xizmatlarga bo‘lgan tanlov imkoniyatlari kengayadi. CHunki, tayyor xorijiy mahsulotlardan tashqari, import qilinadigan xom ashyolar, butlovchi qismlar va jihozlar baholarining arzonlashishi hisobiga ishlab chiqariladigan mahalliy tovar va xizmatlar turlari ham ko‘payib boradi. Import raqobati ta’sirida mahalliy ishlab chiqarish maksimal darajada rivojlanadi va ichki baholarning pasayishiga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Tovarlar almashinuvi jarayonining faollashuvi esa innovatsiyaning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.