Stabilitron xarakteristikasi va parametrlarini tadqiq etish



Yüklə 35,84 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü35,84 Kb.
#46243
  1   2
tajriba ishi 10


LABORATORIYA ISHI №.10

STABILITRON XARAKTERISTIKASI VA PARAMETRLARINI TADQIQ ETISH.
Ishning maqsadi: Elektr teshilish rejimida diod tokini unga qo’yilgan teskari yo’nalishdagi kuchlanish bilan bog’liqligini tajriba usuli bilan aniqlash va bu bog’lanishni approksimatsiyalovchi chiziqli funktsiya parametrlari qiymatlarini hisoblash.
1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik:
1.1. Yarimo’tkazgich stabilitronning VAXsi 3.1 a-rasmda, uning elektr sxemalarda shartli belgilanishi esa 3.1 b-rasmda ko’rsatilgan.

a) b)
3.1-rasm


Stabilitron VAXsi teskari shahobchasining Ust.min-Ust.max kuchlanish qiymatlari oralig’i elektr teshilishga (odatda ko’chkisimon) tegishli. Teshilish rejimida teskari kuchlanishning juda oz miqdorda o’zgarishi teskari tokni kuchli o’zgarishiga olib keladi.

Stabilitronning bu hususiyatidan sxemotexnikada kuchlanishni barqarorlashda keng qo’llaniladi.

1.2. Kuchlanishni barqarorlash rejimida stabilitron VAXsi chiziqli funktsiya bilan approksimatsiyalanadi:

(3.1)
bu erda RD - parametri kuchlanishni barqarorlash rejimidagi diodning differentsial qarshiligini, UB - parametri esa, kuchlanishning bo’sag’aviy qiymatini ko’rsatadi.
1.3. Keng ko’llaniladigan stabilitronlarning ba'zi elektr parametrlarining ro’yxati:

δUst - barqarorlash kuchlanishi;

Ust - barqarorlash kuchlanishning vaqt bo’yicha nostabilligi;

Uto’g’ - stabilitrondagi o’zgarmas to’g’ri kuchlanish;

Ist,min - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng kichik o’zgarmas tok;

Ist,max - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng katta o’zgarmas tok;

Ito’g’,maks - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng katta to’g’ri o’zgarmas tok;

Rmaks - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng katta sochuvchi quvvat;

rst - belgilangan o’zgarmas tok rejimida (I*s) aniqlangan differentsial qarshilik;

st - barqarorlash kuchlanishining temperaturaviy koeffitsienti.
(3.2)
Stabilitronning quyidagi guruhlari mavjud: umumiy maqsad uchun qo’llaniladigan maxsus termokompensatsiyalangan pretsizionli (aniq kuchlanish qiymati talab qilinadigan sxemalar uchun); impulsli, ikki anodli, stabistorlar.
2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
2.1. Laboratoriya ishini bajarishdan avval sxema (3.2-rasm), o’lchash usullari, qo’llaniladigan o’lchov asboblari bilan tanishib chiqish kerak.

3.2- rasm

2.2. Stabilitron VAXini ni o’lchang (3.1 a-rasm).


Tajriba bajarish uchun tavsiyalar:
Stabilitronni VAXsini o’lchaydigan elektr sxemasini yig’ib, unda o’lchash ishlarini talab etilgan aniqlikda bajaring.

Tajriba natijalarini ishlash va approksimatsiyalovchi funktsiya parametrlarining qiymatlarini aniqlang.


3. O’lchash natijalarini qayta ishlash:
3.1. Tadqiq etish uchun berilgan stabilitron pasportidan uning turi va asosiy parametrlarini (minimal va maksimal barqarorlash toklari (Ist,min va Ist,max); o’rtacha barqarorlash kuchlanishi (UST); differentsial qarshilik (Rd,st) qiymatlari va h.k.) kuzatish daftaringizga yozib oling.
3.2. Stabilitron parametrlarining ruxsat etilgan eng yuqori qiymatlaridan foydalanib, o’lchash sxemasini ta'minlovchi kuchlanish manbai chiqish qiymatini o’zgarishi kerak bo’lgan oralig’ini va o’lchov asboblari (ampermetr va voltmetrlar)ning chegaraviy qiymatlarini aniqlang.
3.3. Sxemada stabilitron tokining yuqori Qiymatini cheklash uchun unga RB rezistor ketma-ket ulanadi. (3.2-rasm). Rezistorning qiymati quyidagi shartga mos kelishi kerak;

bu erda E1 - rostlanuvchi kuchlanish manbaining maksimal qiymati.
3.4. O’lchash natijalarini yozish uchun 3.1-jadval tayyorlang. Jadvalning birinchi qatoriga tadqiq qilinayotgan stabilitron toklarining qiymatlarini, ikkinchi qatoiga esa kuchlanish qiymatlarini kiriting.

3.1 – jadval





Yüklə 35,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin