Sptning asosiy bosqichlari va etaplari Reja: Sotsial psixologik treningni tashkil qilish


Trening qonunlarining maqsad va vazifalari



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə4/11
tarix17.03.2023
ölçüsü120,5 Kb.
#88411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sptning asosiy bosqichlari va etaplari Reja Sotsial psixologik

Trening qonunlarining maqsad va vazifalari.


  1. Trening guruhini umumiy qonunlar asosida jipslashtirish.

  2. Guruhiy trening o’tkazishning asosiy tashkiliy tartibini belgilab berish.

  3. Qabul qilingan qonunlar asosida guruhni boshqarish imkoniyati.

  4. Trening qonunlarining trening maqsadi va vazifalariga yo’nalganligi guruhning qo’yilgan maqsadga erishishiga yordam beradi.

Trening jarayonida albatta o’tkazilishi kerak bo’lgan birinchi bosqich - guruhiy me’yorlarni, ya’ni trening qonun qoidalarini ishlab chiqish bosqichidir. Bunda ishtirokchilar bilan bu me’yorlarga albatta rioya qilish kerakligi to’g’risida kelishish va har bir a’zoning roziligini olish kerak. Bu qoidalarga rioya etish treningning maqsadiga erishish va qulay psixologik iqlimning yaratilishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

    • Ishtirokchilar bir-birlariga do’stona munosabatda bo’lishi, bir-birlarining hissiyotlarini hurmat qilishlari kerak (M: ketishi kerak bo’lib qolsa albatta boshlovchini ogohlantirishi va aksincha).

Bundan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlab o’tilishi shart.

    • Birovning fikrini umuman noto’g’ri deb hisoblagan yoki unga qo’shilmagan taqdirda ham uni to’xtatib qo’yish yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi yo’q.

    • Ishtirokchilar bir-birini masxaralashi yoki g’ururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas.

    • Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli bo’lsa, javob bermaslik huquqiga ega.

    • Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati yaratishi shart. Lekin bu haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, ya’ni boshlovchining shaxsiyatiga tegish kabilarga yo’l qo’yilmasligi ta’minlanishi kerak.

Me’yorlarni mashg’ulot o’tkazishdan avvalroq katta qog’ozga yozib, xonaga osib qo’yish yoki guruh a’zolari bilan birgalikda «Fikriy hujum» usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq.
Bu birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi. Bunda shu narsa muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki noroziligini izohlashini so’rash lozim. Tamoyillarni tasdiqlashni ovozga qo’yish kerakmas. Agar kimdir guruhning fikriga norozi bo’ladigan bo’lsa, uni ko’ndirishga harakat qilish yoki guruh boshqa qarorga kelishi lozim bo’ladi. Chunki uning fikrini inobatga olmaslik - guruhdagi psixologik iqlimga salbiy ta’sir etishi aniq. Ya’ni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo bo’ladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davomida minus holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari unda ruhiy tushkunlik, o’z-o’zini baholashning pasayishi va h.k.lar ham paydo bo’lish ehtimolini tug’diradi.
Chet ellarda guruhiy trening ishlari yaxshi yo’lga qo’yilgan, shulardan ayrimlariga to’xtalib o’tamiz. Guruhiy trening odamning boshqalar haqidagi tasavvurini o’zgartirib, yangi harakat shakllarini, ya’ni jamiyatning kichik modelini guruhda o’rganish metodidir.

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin