93
uchrashida o’zini tutish taktikasini muhokama qilish;
❖
uchrashuv albatta muvaffaqiyatli tugashi lozimligi to’g’risida ishonchni
singdirish;
❖
uchrashuvga psixologik tayyorgarlik holatining shakllanishi.
Nima bo’lganda ham, ”o’z harakatlaringni qarama-qarshi tomonga
o’zgartir” degandan ko’ra “Mana shunday ushlab tur!”
(agar hammasi
muvaffaqiyatli bo’lmasa ham)
deb rag’batlantirish ko’proq samara beradi.
Taktikani o’zgartirish-psixologik jihatdan juda qiyin harakat. Taktikani
boshidanoq belgilangan liniya bo’yicha almashtirish esa ancha engil kechadi.
Ko’pincha murabbiy shunday deydi:” Agar endi sen hujum boshlasang yaxshi
bo’lardi”. Sportchi o’ylanmagan hujumlar bilan yangi
partiyani boshlaydi va
doimo raqibning qarshi hujumlariga duch keladi. Agar ikkinchi partiyaga oldindan
rejalashtirilgan holda yanada faol hujumkor harakatlarga o’tilsa boshqa gap.
Bunda sportchida o’zini tutishning mos modeli shakllanadi, bu modelni psixologik
jihatdan to‘lа amalga oshirish mumkin.
Eng asosiysi: sportchiga shuni singdirish lozimki, u yomon harakat qilgani
yo’q, lekin u yoki bu muayyan o’zgarishlar kerakki, bu o’zgarishlar yuqori
natijaga olib keladi.
Musobaqalardan
keyingi
suhbatning
asosiy
mavzusi,
tabiiyki,
musobaqalarning natijasi bilan belgilanadi. G’alaba qozonilganda suhbatlarning
asosiy mavzusi: “Sen unchalik yorqin g’alabaga erishganing yo’q. Sening asosiy
g’alabalaring hali oldinda”. Musobaqa muvaffaqiyatsiz
tugallanganda mavzu
Shunday bo’lishi mumkin: ‘‘Raqibning ko’p jihatdan omadi keldi. Sening
muvaffaqiyatsizligingning muayyan sabablari bor...Ammo bu turnir bilan hayot
to’xtab qolmaydi- hammasi oldinda!”.
Suhbat vositalarining o’ziga xosligi ulkan miqdordagi sub’ektiv va ob’ektiv
omillar bilan belgilanadi. Murabbiy shaxsiyati bu o’rinda
qariyb bosh omil
hisoblanadi. Asosiysi-uning samimiyligi, o’z so’zlariga o’zi ishonishi.
Yana bir omil-murabbiyning o’zining psixologik holati. His- hayajonga o’ta
berilgan, qo’llari qaltirayotgan, ovozi xirillab chiqayotgan murabbiy-yaxshi
94
soniyaundant emas. Shu sababli ham tennisda his— hayajonga o’ta berilgan ayrim
murabbiylar o’z shogirdlariga soniyaundantlik qilishdan qochadilar va bunda o’z
kasbdoshlaridan yordam berishni so’raydilar.
Ammo bu erda, eng yaxshisi,
murabbiyning o’zi psixologik o’z-o’zini boshqarish usullarini egallab olishi kerak,
zero shaxsiy murabbiyning o’rnini hech kim bosa olmaydi.
Dostları ilə paylaş: