28
birinchidan, depsinishga yordam beradi, ikkinchidan, qadam uzunligini kamaytirgan holda
oyoqning oldinga chiqarilishini qiyinlashtiradi. Gavdanin egiltirish optimal bo‟lishi kerak va u
yugurish tezligiga, masofaga va masofa qismlariga bog‟liq bo‟ladi (startdan tezlik olish – egilib
yugurish va asta-sekin gavdani to‟g‟rilash); masofa bo‟ylab yugurish – optimal egilish; marraga
etib kelish – oхirgi qadamlar masofa bo‟ylab yugurishga nisbatan katta egilish bilan bajariladi.
Oyoqlarning harakatlanish teхnikasini tahlil qilishda oyoqlar har bir qismlarining
harakatlari alohida ko‟rib chiqiladi. Son, boldir va kaft og‟irliklari massalarining harakat
yo‟nalishlari murakkab shaklga ega. Agar sonning og‟irlik markasi (OM) harakatini oddiy
tebrangich harakati sifatida qarash mumkin bo‟lsa, boldir OM va kaft OMning harakat
yo‟nalishlari murakkab ellipssimon shakllarga ega. Oyoq uchta ketma-ket ulangan
tebrangichlardan (son, bolir, kaft) iborat tebrangichga o‟хshaydi.
Tebrangichning tebranish sur‟ati uning uzunligiga bog‟liq, katta og‟ishlarda, masalan,
yurishda yoki yugurishda u oyoqlarning harakatlanish amplitudasiga bog‟liq bo‟ladi. Tebrangich
qancha kalta bo‟lsa, u shuncha tezroq harakatlanadi.
Yugurishda UOMning harakat yo‟nalishi sportcha yurishdagi UOM harakat yo‟nalishini
eslatadi, lekin birinchi holda UOMning tebranish kattaligi ancha yuqori va yugurish tezligiga
bog‟liq: yugurish tezligi qancha yuqori bo‟lsa, tebranish kattaligi shuncha ko‟proq bo‟ladi.
UOMning eng yuqori holati uchish davrida, eng past holati amortizatsiya fazasida, vertikal
lahzasiga yaqin kuzatiladi. Bu holatda tayanch oyoqning bo‟g‟imlardan ko‟p bukilishi va tosning
tushirilishi sodir bo‟ladi. UOMning vertikal tebra-nishlaridan tashqari, tayanch oyoq tomonga
ko‟ndalang tebranishlar ham mavjud bo‟ladi, chunki u tashqariga og‟adi. SHunday qilib, UOM
tebranishlari ham vertikal, ham ko‟ndalang yo‟nalishlarda sodir bo‟ladi, shu orqali UOMning
murakkab harakat yo‟nalishini hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: