istisno qilinadi; 3) depsinish fazasidan keyin oyoq tayanchdan olingandan so‟ng sonlarni tez
birlashtirish, bu qadam tashlaydigan oyoqning inertsiya kuchini oshiradi. Bu kuch tormozlovchi
kuchlarning ta‟sirini qoplaydi.
Sportcha yurishda UOM harakatlanishi to‟g‟ri chiziq bo‟ylab sodir bo‟lmaydi, balki
ancha murakkabroq egri chiziqli yo‟nalishni bajaradi. UOMning yuqoriga-pastga harakatlanishi
o‟ngga-chapga harakatlanishlar bilan to‟ldiriladi. Oyoq tayanchga qo‟yilgan paytdan boshlab
UOM yuqoriga va tayanch oyoq tomonga vertikal holatigacha bir oz harakatlanadi, vertikal
holatidan so‟ng UOM harakat yo‟nalishi chizig‟iga yaqinlashgan holda pastga, oyoq tayanchga
qo‟yilguniga qadar harakatlanadi. Keyin hammasi boshqa oyoqda takrorlanadi.
Vertikal tebranishlar kattaligi qancha kam bo‟lsa, sportcha yurish teхnikasi shuncha
samarali bo‟ladi. Vertikal tebranishning minimal kattaligini tajriba yo‟li orqali aniqlash mumkin.
Bu kattalik bir tayanchli va qo‟sh tayanchli (uzun qadamda) holatda UOM balandligi o‟rtasidagi
farqqa teng. Shunday qilib, biz sportcha yurishda siljib harakatlanish tezligiga ta‟sir qiluvchi
omillarni aniqladik.ijobiy omillarga quyidagilar kiradi:
- tayanch sifati;
- depsinish kuchlari kattaligi;
- depsinish burchagi;
- depsinish vaqti;
- qadam tashlaydigan oyoqni o‟tkazish vaqti.
Salbiy omillaga quyidagilar kiradi:
- oyoqni qo‟yish burchagi;
- oyoqni qo‟yishda tayanch reaktsiyasining tormozlovchi kuchlari.
Dostları ilə paylaş: