Masalan: Sudyaning fuqarolik prosessini o'tkazishlik uchun kelmay
qolishligi natijasida, jabrlanuvchi qancha zararga tushishligi mumkinligini hisobga
olib, to'liq asosda jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar bo'yicha sudya javobgar bo'ladi.
Bu huquqlar pretorlar da'volari hamda populyar da'volar asosida himoya
qilingan.
VIII bo'lim yuzasidan nazorat savollari
1.
Rim huquqida shartnomalar va bitimlar tushunchasi hamda ularning farqi
nimalardan iborat?
2.
Konsensual, verbal, real, litteral shartnomalari bir-biridan qanday huquqiy
belgilari asosida farq qiladi?
3.
Stipulyasiya nima, uning mazmuni va tuzish tartibini aniqlang.
4.
Qarz va ssuda (muttuum va commadatum), saqlash (omonat - depozitum)
shartnomalarining bir-biridan farqlarini aniqlang.
5.
Mulk ijarasi shartnomasi (locatio-conductio) va uning turlari nimalardan
iborat?
6.
Topshiriq shartnomasini (mandatum) tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: