majburiyatlarda qatnashish, o'zi uchun huquq va burchlarni keltirib chiqarish,
vasiyatnoma tuzishlikda guvoh sifatida qatnashishlik kabi huquqlarga ega bo'lgan.
Libertinlarning huquqlari biroz chegaralangan, ya'ni ularning Rim
legionlarida xizmat qilishligining mumkin emasligi, senatorlar tarkibiga saylanish
yoki kiritilishi ta'qiqlanganligi, xususiy va oila huquqi sohasida, ayniqsa senatorlar
bilan nikoh tuzishlik huquqlari chegaralanishi kabilar.
O'z ixtiyori asosida ozodlikka qo'yib yuborilgan shaxslar, o'zining oldingi
xo'jayiniga (patroniga) ishlab berishlik, yordam ko'rsatishlik, aliment olishga
bo'lgan huquq va meros huquqiy munosabatlarida ya'ni fuqarolik hayoti bilan to'liq
asosda bog'liq edi (xuddi o'g'il otasiga qanday «majbur» yoki «burchli» bo'lsa, shu
kabi yoki shunga o'xshash, yaqinlik asosida ko'rilgan).
Qadimgi Rim fuqarolik xususiy huquqida Rim fuqaroligini yo'qotish eng
og'ir bo'lgan munosabatlardan iborat bo'lib, hatto og'ir jazoli jinoyatlarni ham
keltirib chiqargan.
Fuqarolikni yo'qotish asoslari quyidagilardan iborat bo'lgan:
a) ozodlikni yo'qotish, ya'ni asirga tushish, dushman tomonidan
egallanishlik;
b) qulchilikka, tashqi davlatlarga sotib yuborilish;
v) og'ir jinoyatlarni sodir qilganligi uchun muddatsiz katorgaga (ishga)
surgunga yuborish;
g) fuqaroning o'zi tomonidan ixtiyoriy asosda yer olishlik uchun lotinlar
holatiga o'tishi (imperator farmoyishiga asosan Rim davlatining mustamlakalarida
yashovchi lotinlar uchun yer ajratib berilgan).
Dostları ilə paylaş: