4-§. Yuristlar faoliyati
Milodning IIII asrlarida ( miloddan oldingi 17 yildan melodiy 235 yillarini
o'z ichiga oladi) sinfiy (prinsipiat) davrda Rim huquqi rivojlanishining juda muhim
va o'ziga xos manbai - yuristlarning faoliyati bo'lib qoldi. Rim yuristlari, qadimgi
Rimning butun huquqiy tizimini izchil va yaxlit rivojlanishining ta'minlanishiga
katta hissa qo'shganlar. Rim yurisprudensiyasi plebeylar pontifiki Tiberiy
Korunkaniyadan boshlangan. U birinchi bo'lib, huquqiy masalalar bo'yicha
konsultasiyalar bera boshlagan. Uning bergan huquqiy maslahatlari, sof dunyoviy
xarakter kasb etib, birinchi marta ommaviy va ochiq xarakterga ega bo'lgan.
Sinfiy davrning eng mashhur yuristlaridan biri aristokratlar oilasidan
chiqqan Labeondir. U huquqlar bo'yicha novator va Prokulyanlar huquq
maktabining asoschisidir.
Sabinyan huquq maktabining asoschilari Kapiton va Sabin fuqarolik
huquqining birinchi sharhlovchilari sifatida tanilgan.
Sabinyan huquq maktabining o'qituvchisi mashhur Gay Institusiyasining
muallifi Gay, II-III asr yuristlari Emiliy Papinian, Pavel va Ulpianlar huquq
ijodkorlari bo'lib yetishib chiqqanlar.
Huquq maktablarining o'qituvchilari Sabin, Yulian, Prokul va Selsalar
mashhur, yuridik fanlarni rivojlantiruvchi, aholini huquqiy madaniyat bilan
tanishtiruvchi
olimlardan,
ziyolilardan
hisoblanilgan.Ayniqsa,
Labeon
respublikachilar tarafdori bo'lib, u o'z maktabiga hamda huquq sohasiga ko'p
yangiliklarni kiritdi, u o'zining so'nmas iqtidoriga va fanlarga, ilmga bo'lgan
ishonchi bilan Kapitondan ajralib turadi.
Sivil huquqlarining yuqori darajada rivojlanishi imperator Avgust davri
bilan chambarchas bog'liqdir. Imperator Avgust tomonidan kiritilgan ko'p
o'zgartirishlar qonun tusiga ega bo'la boshlab, ayniqsa shaxslar huquqlariga, oila va
meros huquqiga va shartnomalar javobgarligi bo'yicha qat'iy bo'lgan normalarni
kiritib, bu huquqni milliy huquq darajasiga ko'targan. Shu davrda ayniqsa,
fuqarolik huquqiga beqiyos bo'lgan o'zgartirishlar, to'ldirishlar kiritilgan.
Imperator Avgust yuristlar bilan munosabatlarini yaxshilab, ularni davlat
ishlariga, pretoriyalar prefektlariga ko'proq jalb qilgan va ba'zi yuristlarni shahar
boshlig'i mansablariga o'tkazgan.
Mashhur yuristlardan biri Sabin didaktik asar - "Ius civili" (fuqarolik
huquqi) nomli 3 kitobdan iborat bo'lgan asarni yaratdi. Bu asar quyidagi
qismlardan iborat bo'lgan:
1.
Meros huquqi haqida;
2.
Shaxslar huquqi:
3. Majburiyat huquqi va ashyoviy huquqlar to'g'risida.
Har biri, mavzusiga taalluqli bo'lgan ko'pgina savollar va javoblar bilan
to'ldirilgan.
II asrning mashhur yuristlaridan biri Florentin yaratgan institusiya 12 ta
kitobdan iborat edi.
Ayniqsa, diqqatga sazovor bo'lgan yuristlardan Selsaning Digestlari va
ularning sharhlari 39 ta kitobdan iborat bo'lgan, shuningdek, eng kuchli va
mashhur yuristlardan yana biri Yulianning Digestlari esa 90 ta kitobdan iborat
bo'lgan.
Bu asarlardan, Rim sinfiy davrining mashhur yuristlari Gay, Pavel, Ulpian,
Papinianlar hamda Yustinian kodifikasiyasini amalga oshirgan barcha yuristlar
foydalanganlar.
Yurist Marsella tomonidan 31, Ssevola tomonidan 40 ta kitob hajmida
Digestlar yaratilgan.
Jahon yurisprudensiyasida o'z o'rnini qoldirgan eng mashhur bo'lgan yurist,
«ulug'» yurist Papinian ikkita asar yaratgan: birinchisi 37 ta kitobdan, ikkinchisi
«Resronsa» deb atalib, 19 ta kitobdan iborat bo'lgan, bu asarlardan Yustinian
kodifikasiyasida to'liq foydalanilgan.
Ulpian o'quvchisi bo'lgan Modestin ham «Resronsa» degan asar yaratib , u
ham 19 ta kitobdan iborat bo'lgan.
Respublika davrining yuristlari, sud amaliyotida o'zlarining katta ta'sir
doirasiga ega bo'lgan va ular sud jarayoni masalalari bo'yicha mutaxassis
bo'lganlar. Huquqiy javoblarni aniq ifodalab, yuridik hujjatlarni sharhlaganlar va
shartnomalar loyihalarini tuzganlar, qator hollarda sud jarayonining o'zida
tomonlardan biriga yordam ko'rsatib ishtirok etganlar. Respublika davrining
yuristlari, odatda aristokratlar doirasidan senator zodagonlardan shuningdek,
suvoriylardan ham chiqqan. Ularning ichida eng mashhurlari Eliya Peta Kata,
Mark Maniliy, Alfen Var, Kvint Musiy Ssevola, Publiy Musiy Ssevola, Serviy
Sulpisiy, Ruf va boshqalar bo'lgan.
Qadimgi Rim quldorchilik davlatida, yurisprudensiya o'zining taraqqiyot
darajasining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Bu davrda xususiy mulkka bo'lgan
huquq qat'iy himoya qilinib, Rim huquqi nihoyatda ravnaq topdi.
Bu davrlarning yuristlari, huquqiy nazariyaning va amaliyotning
rivojlanishiga katta hissa qo'shgan. Shundan kelib chiqib, II asrni «oltin asr» deb
ataganlar. Chunki, II asrda mashhur va yetuk yuristlar o'z faoliyatlari bilan jahon
tarixida muhim yuridik xazinalar va yodgorliklarni yaratganlar, bu xazinalar
bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
Bu vaqtda yuristlar sivil huquqi va pretor huquqining sharhlarini yoritishga,
shuningdek sivil va pretor huquqini sintez qilishga urinib, turli huquqiy masalalar
bo'yicha asarlar, digestlar yozishdi va bu faoliyatlari bilan katta shuhrat
qozonishdi.
Digestlarni yozishda yuqorida ko'rsatilgan mashhur yuristlarning yoki
boshqa mualliflarning ancha qadimiy asarlaridan («Savollar», «Javoblar» va
boshqalar) parchalardan (ko'chirmalardan) foydalanilgan, shu bilan birga, huquqiy
materiallar qat'iyan aniq tartibda joylashtirilgan (digesta «tizimga solingan» degan
mazmunni anglatishi bejiz emas). Rim yuristlarining asarlari ichida Rim huquqini
o'quv maqsadlarida tizimli bayon qiluvchi institusiyalar muhim o'rin egallagan.
Ayniqsa, 143 yilgi Gay Institusiyalari juda mashhur bo'lgan. Ularda keng huquqiy
materiallarning to'liq, lo'nda va mantiqan izchil joylashtirilgan bayoni berilgan.
Gay Institusiyalari asosan fuqarolik huquqiy munosabatlarni hal qilishga
bag'ishlangan. Gay Institusiyasi boshqa Rim yuristlarining institusiyalaridan ancha
to'la va aniq bayon qilinganligi bilan farq qiladi. Ularda fuqarolik huquqining
izchil va mantiqiy bo'linishi berilib, uni shunday deb ta'riflagan: «biz
foydalaniladigan barcha huquq yo shaxslarga, yoki ashyolarga, yohud da'volarga
taalluqli». Garchi ko'p olimlar Gay tomonidan foydalanilgan tizimni orginal deb
hisoblamasada ham, u huquqni tushunishda olg'a tashlangan muhim qadam
bo'lgan. Bu yerda ilk bor moddiy huquq jarayondan, individual (alohida) huquqlar
ularni himoya qilish vositalaridan ajratilgan.
Yurist Gay mashhur huquq o'qituvchilaridan va iqtidorli yozuvchilardan,
o'zining Institusiyasi bilan jahonga tanilgan. Rim, Konstantinopol, Beyrut
universitetlarida uning mashhur Institusiyasi asosida darslar o'tilgan, o'zining
ziyrak qobiliyati bilan ajralib turgan yuristlardan biri bo'lib hisoblangan.
Yurisprudensiyaning eng yuqori rivojlanish cho'qqisiga yetishishda yurist
Gayning mislsiz xizmati borligini, uning yorqin ovozlari har tomondan jaranglab
eshitilishi, asarlarini xalq sevib o'qishini Rimliklar tan olganlar. Gay haqida uning
tug'ilganligi, familiyasi, qaysi provinsiyada faoliyat ko'rsatganligi noma'lum.
Rimda imperatorlik boshqaruvining o'rnatilishi bilan yuristlarning amaliy
faoliyati huquqiy maslahatlar berishi faollashgan. «Javoblar» deb nomlangan bu
konsultasiyalar (maslahatlar) sudyalarga katta ta'sir o'tkazgan. Sudyalar ko'pincha
obro'li yuristlarning fikrlariga rioya qilar edilar. Imperator Avgust rasmiy
ahamiyatga ega bo'lgan (ius respondenti) javoblar berishni faqat ma'lum darajadagi
yuristlarga ruxsat etib, ularning faoliyatini bir muncha yagona shaklga keltirishga
harakat qilgan. Shundan asarlari va fikrlari ilgarigidek huquq manbai sifatida
ko'riladigan sinfiy yuristlarning soni qisqargan. 426 yilgi «O sitirovanii yuristov»
degan qonunga binoan faqat beshta yurist : Papinian, Pavel, Ulpian, Gay va
Modestinning asarlari ko'proq yoki yuqoriroq yuridik kuchga ega ekanligi tan
olingan. Ba'zi huquqiy masalalarni hal qilishda ovozlar teng bo'lib qolsa, unda
mashhur yurist Papinianning fikri ko'proq e'tiborga olingan. Imperator Avgust
davrida senatga ko'proq chinovnik yuristlar a'zo qilingan bo'lib, ular senat a'zolari
sifatida yuqori maoshlar bilan ta'minlanib, ularning faoliyati davlat xizmatlari bilan
tenglashtirilgan.
Eng mas'uliyatli bo'lgan mansablarga yuristlar qo'yilar ekan, ular imperator
nomidanligiga o'xshash sud prosesslarida qarorlar qabul qilganlar, bu qarorlar
yozma ravishda berilib, yuristlarning o'z tamg'alari bilan tasdiqlanib, imperator
devonxonasida saqlanuvchi jurnallarga yozib qo'yilgan.
Mashhur yurist Ulpian tomonidan bir nechta qonunlarga, odat normalariga
va shu jamiyatdagi mavjud bo'lgan qoidalarga sharhlar yaratilgan. Uning
yordamchisi Yuliy Pavel esa Rim davlatining oldingi o'tgan yuristlarining
asarlariga o'zining tanqidiy qarashlarini yaratdi.
Mashhur yurist Ulpian voyaga yetmagan imperator Aleksandr Sever davrida
peretoriya perefekti mansabiga erishib, chinovnik, zodagonlar guruhiga o'tkazildi.
Sudyalar masala yuzasidan yuristlarning umumiy fikrini aniqlashlari lozim
bo'lgan. Agar yuristlarning o'rtasida turlicha fikr mavjud bo'lsa, ko'pchilikning
fikriga qaralgan, agar ovozlar teng bo'lsa Papinianning fikri hal qiluvchi deb tan
olingan. Agar bunday holda Papinian fikr bildirmasa, sudya mustaqil harakat
qilishi mumkin bo'lgan.
Dostları ilə paylaş: |