Sovunni qayta ishlash va uni tovar holatiga keltirish. Reja


-rasm. Vakuum-quritish kamerasi



Yüklə 249,73 Kb.
səhifə4/11
tarix01.04.2022
ölçüsü249,73 Kb.
#54582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sovunni qayta ishlash va uni tovar holatiga keltirish.

2-rasm. Vakuum-quritish kamerasi
Vakuumli shnek-press (3-rasm) sovun qirindisiga mexanik ishlov berish, plastifikatsiyalash, presslash va brus qilib qoliplashga mo‘ljallangan. Shnekli mashinani asosiy qismi, bu cho‘yandan yasalgan, qarama-qarshi tomonga aylanadigan ikkita shnek (5) dir. Shneklarning o‘ramlarini qadami 200 dan 140 mmgacha o‘zgaruvchan, diametri 250mm va uzunligi 1270mm ga teng.

Shneklar, stanina (1)ni ustiga o‘rnatilgan presslash kamerasi (6) ga joylashtirilgan. Shnek-pressga sovun qirindisi vakuum-quritish kamerasining bunkeri bilan birlashtirilgan, yuklash teshigi (7) orqali tushadi. Shneklar aylanganda sovun qirindisi shnekning konussimon bosh qismi (2) tomoniga siljiydi. Shnek o‘ramlarining qadami o‘zgaruvchan bo‘lganligi, materialni harakatiga reshyotka (3) ni ko‘rsatayotgan qarshiligi tufayli, sovun qirindisi sekin-asta zichlashadi. Zichlashgan massa teshiklarini diametri 20mm bo‘lgan reshyotka orqali o‘tkazilganda ishqalanadi, so‘ngra konussimon bosh qismi (2) ga o‘tadi, bu yerda qo‘shimcha presslanadi, zichlashadi va shnek-pressdan to‘rt qirrali brus ko‘rinishida chiqadi. Mashinani bosh qismining chiqishiga to‘rt burchakli shayba o‘rnatilgan, u sovun brusiga kerakli shaklni beradi. Sovun massasi harakatlanayotganda ortiqcha qizib ketmasligi uchun, presslash kamerasini ko‘ylagi (4) bor, unga harorati 12-150C bo‘lgan sovuq suv beriladi. Sovun brusiga silliq, yaltiroq va yoriqlarsiz tekis tus berish uchun shnekning konussimon bosh qismida issiq suv uchun ko‘ylagi bor. Issiq suvni harorati 30 dan 900C gacha o‘zgarib turadi va avtomatik termorostlagich yordamida rostlanadi. Shnek-pressni unumdorligi 1 t/soat.






Yüklə 249,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin