So‘nggi ashtarxoniylardan bo‘lgan Abdulfayzxon hukmronligi davrida markaziy hokimiyat



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix14.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#130047
  1   2   3
buxoro amirligi



Siyosiy tarix. 
So‘nggi ashtarxoniylardan bo‘lgan Abdulfayzxon hukmronligi davrida markaziy hokimiyat 
zaiflashganligidan foydalangan o‘zbek urug‘lari turli viloyatlarda hokimiyatga qarshi isyon va g‘alayonlar 
ko‘tarishib, o‘zlarini mustaqil deb e’lon qila boshladilar. Ular orasida ashtarxoniylar saroyida katta nufuzga 
ega bo‘lgan, mang‘it urug‘i boshliqlardan biri Muhammad Hakimbiy otaliq (vafoti 1743y) hamda uning 
o‘g‘li Muhammad Rahimbiyning harakatlari ayniqsa keskin edi. 
Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan tartibsizliklardan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 1745 yilda Muhammad 
Rahimbiy rahbarligida Buxoroga katta qo‘shin jo‘natdi. Muhammad Rahimbiy Buxoroda viziyatni 
yumshatish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. Miyonqol va Sh
ahrisabzdagi qo‘zg‘olonlar bostirildi. 
Muhammad Rahimbiy davlat apparati tizimi ishlari va hukumat amaldorlarini almashtirish ishlariga jiddiy 
kirishdi. 
U deyarli barcha yirik davlat mansablariga o‘zining yaqin qarindoshlari va maslakdoshlarini qo‘yib, 
ula
rning yordamiga tayanib poytaxtda o‘z mavqyeni mustahkamlab oldi. 1746 yilda Nodirshoh o‘ldirilgach, 
oradan ko‘p o‘tmay Abdulfayzxon ham o‘ldirildi. Taxtga o‘tirgan Abdulmo‘min ham 1748 yilda o‘ldirildi. 
Uning o‘rniga nihoyatda yosh bo‘lgan Ubaydulla Sulton nomigagina taxtga o‘tqazildi. 1753 yilga kelib yirik 
amaldorlar, ruhoniylar va urug‘ oqsoqollarining roziligi bilan Muhammad Rahimxon (1753-1758yy) taxtga 
o‘tirdi va mang‘itlar sulolasi hukmronligini boshlab berdi. 
Muhammad Rahimxon markazlashgan davlat tizimi tuzish siyosatini olib bordi. U yirik mulkdorlarni 
davlatni boshqaruv ishlariga aralashtirmay, mustaqil siyosat yurgizdi. Bu hukmdor Miyonqol, Nurota, 
Urgut, Kobadiyon, Boysun kabi markaziy hokimiyatni tan olmagan viloyatlarga yurishlar qilib, ularni 
bo‘ysundirishga erishdi. Uning davrida Zarafshonning yuqori oqimi, Jizzax, Zomin yana Buxoroga qo‘shib 
olindi. Muhammad Rahimxon qisqa muddat ichida juda katta hududni birlashtirgan mang‘itlarning 
markaziy davlat tizimini barpo etdi. 1758 yilga kelib Tos
hkent, Qo‘qon, Marv, Balx, Qunduzdan elchilar 
kelib uning hokimiyatini tan olganliklarini bildiradilar. 
Buxoro amirligi 


Muhammad Rahimxon vafotidan so‘ng uning balog‘atga yetmagan kabirasi Fozilto‘ra taxtga o‘tqazilib, 
hokimiyat aslida Muhammad Rahimxonning tog‘asi Doniyolbiy otaliq (1750-1785 yy) qo‘liga o‘tdi. 
Doniyolbiyn
ing hukmronligi davri markaziy hokimiyatning zaiflashuvi bilan izohlanadi. U taxtga o‘tirgan 
dastabki paytdayoq markazlashagan davlat siyosatiga qarshi g‘alayonlar va qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. 
Miyonqol vohasi, Shahrisabz va Kitob, Sherobod va Boysun, Hisor viloyatlarida katta-katta xalq 
g‘alayonlari va chiqishlar boshlanib ketdi. Dastavval, Hisorga badarg‘a qilingan yuz, kenagas, burkut, 
bahrin, saroy kabi o‘zbek urug‘larining amirlari bosh ko‘tardilar. Ular mang‘itlar sulolasini taxtdan 
ag‘darishni rejalashtirgan edilar. Doniyolbiyning amirlarni tinchlashtirish uchun qilgan harakatlari zoye 
ketdi. Shundan so‘ng Doniyolbiy qo‘zg‘olonlarga qarshi qo‘shin jo‘natdi va Buxoro shahri aholisining 
yordami bilan qo‘zg‘olon bostirildi. Isyonchi amirlarning ko‘pchiligi qatl etildi. 
Oradan ko‘p o‘tmasdan yuz urug‘larining boshlig‘i Fozilbiy bosh ko‘tardi. Doniyolbiy qiyinchilik bilan bo‘lsa-
da bu qo‘zg‘olonni ham bostirdi. Ayniqsa, 1771 yilda Shahrisabz va Xuzorda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon davlat 
asoslarini jiddiy larzaga 
sodi. Bu qo‘zg‘olonni ham katta kuch sarflab bostirishga erishgan Doniyolbiy 
qo‘zg‘olonchilar rahabarlarini qatl ettirdi. Mamlakatda g‘alayonlarning deyarli to‘xtovsiz ko‘tarilib 
turishi
markaziy hokimiyatning obro‘sini, qudratini tushirib yubordi. Mamlkatning iqtisodiy ahvol ham 
nochor holatga tushib qoldi. Natijada 1784 yilda poytaxt Buxoroda ham qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qo‘zg‘olon 
bostirilgan bo‘lsa-da, Doniyolbiy 1785 yilda taxtni o‘g‘li Shohmurodga topshirishga majbur bo‘ldi. 
Ark 
Shohmurod taxtga o‘tirganidan so‘ng “amir” unvoni bilan hokimiyatni boshqaradi(1785-1800 yy.). U o‘z 
hukmronligi davrida shaharlar taraqqiyoti v
a obodonchiligiga, irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi rivojiga alohida 
e’tibor berdi. Tarixda “Amiri ma’sum” (“Gunohsiz amir” ) nomi bilan qolgan Shohmurod o‘z davrida 
markaziy hokimiyatni nisbatan mustahkamlashga erishdi. Uning hukumronligi davrida mamlakatni 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan to‘rtta muhim islohot- moliya, sud, ma’muriy va harbiy islohotlar o‘tkazildi. 
Avvalo,1758 yildan boshlab, amirlikda to‘la holatda (aralashmalarsiz) kumushdan iborat bo‘lgan kumush 
tangalar,oldingilaridan o‘zining qiymati, sifati va tashqi ko‘rinishi bilan farq qiladigan sof tilla tangalar zarb 
etila boshlandi. U davlat zarbxonalarida aholining o‘z shaxsiy jamg‘armalaridan olib kelgan kumish va 
oltindan bir xil o‘lchamdagi kumush va tilla tangalarni zarb qilishga keng ruxsat berdi. 
Amir Shohmurod adliya sohasida o‘tkazgan islohoti bilan mamlkatda sud ishlarini olib borishni birmuncha 
erkinlashtirdi. Manbalarga ko‘ra, amirlikdagi sud hay’ati ishlarini Shohmurodning bevosita o‘zi 
boshqargan. Sud ishlarini olib borish uchun ma
xsus sudlov qonunlari majmuasi ishlab chiqilgan bo‘lib, 
barcha viloyat, tuman, beklik qozilari aynan mana shu qonunlar majmuasi asosida ish olib borganlar. 
Umuman olganda, amir Shohmurod tomonidan o‘tkazilgan islohotlar mamlakatdagi markaziy hokmiyatni 
mus
tahkamlab, iqtisodiy yuksalishni ta’minlagan edi. Shuningdek, soliqlarning taribga solinishi, sud 
ishlaridagi nohaqliklarga chek qo‘yilishi, mahalliy amaldorlar ustidan nazorat o‘rnatilishi – savdo-sotiq va 
hunarmandchilikning, qishloq xo‘jaligining yuksalishiga sharoit yaratib bergan edi. 
Shohmurod o‘zi idora etib turgan markazlashgan davlat tizimini yanada mustahkamlash sohasida ham 
ma’lum ishlarni amalga oshirdi. Uning davrida ham amirlikda bir nechta urug‘lar va ayrim viloyatlarning 
noroziliklari sodi
r bo‘lib turgan edi. Xususan, 1786 yilda Karmana sarhadi aholisi Buxoro amiriga 
bo‘ysunishdan bosh tortdi. Shohmurod Karmana aholisini bo‘ysundirish uchun bir necha marta yurish 
qilishga majbur bo‘ldi. Karmanadan so‘ng itoat etmay qo‘ygan Shahrisabz va Xo‘jandga qilingan yurishlar 
muvaffaqiyat bilan yakunlandi. 
Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar va muvaffaqiyatli harbiy harakatlar natijasida ancha 
mustahkamlanib olgan Shohmurod qo‘shni Afg‘onistonga ham harbiy yurishlar uyushtiradi. Xususan, 
Shohmurod 
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi ilgarigi Buxoro yerlarini qaytarib olish uchun Afg‘on amiri 


Temurshohga qarshi urushlar olib boradi. Bu urushlardan so‘ng Shohmurod va Timurshoh o‘rtasida sulh 
tuzilib, Amudaryo har ikkala davlat o‘rtasidagi chegara deb belgilandi. Amir Shohmurod 1800 yilda vafot 
etganidan so‘ng uning o‘g‘li amir Haydar (1800-1876 yy.) valiahd sifatida taxtga o‘tirdi. Otasi davrida 
Qarshining hokimi bo‘lgan amir Haydar oq kigizga o‘tqaizilib xon etib ko‘tariladi. Ammo, Haydar xon 
unvonini em
as, balki “amir al-mo‘minin” unvonini oldi. Manbalarga ko‘ra, xutba amir Haydar nomiga 
o‘qilgan bo‘lsa-da, tangalar amir Haydar, amir Shohmurod va Doniyolbiy nomlaridan zarb etilgan. 
Buxoro ordeni 
Otasining siyosatini davom ettirishga harakat qilgan amir Haydar o‘z hukmronligining dastlabki yillarida 
Buxoro hududining butunligini saqlash, Zarafshonning yuqori oqimi hududlari, Shahrisabz, Miyonqol 
yerlarini qo‘lda saqlab qolish uchun kurashlar olib bordi. O‘ratepani vaqtincha o‘ziga bo‘sundirishga 
erishdi. 
Amir Haydar davrida Xiva xonlari amirlik hududlariga tez-tez talonchilik urushlari qilib turdilar. 1806 
yilda amir Haydar butun Buxoro ahlini qurollanishga va Xiva xoni Eltuzarga qarshi kurashishga chaqirdi 
hamda ularni mag‘lubiyatga uchratib, amirlik hududlaridan haydab chiqarishga erishdi. Bu urushlardan 
so‘ng Buxoro bilan Qo‘qon o‘rtasida urushlar boshlanib ketdi. Qo‘qon xoni Olimxon 1807, 1810 yillarda 
O‘ratepaga hujumlar qilib, katta o‘ljalarni Qo‘qonga olib ketdi. Bunday hujumlar Qo‘qon xoni tomonidan 
Jizzax va Zominga ham uyushtirilib turildi. 
Doimiy ravishda olib borilgan urush harakatlari katta xarajatlarni talab etganligi bois, amir Haydar 
qo‘shimcha soliqlar yig‘ish haqida farmon berdi. Bu esa mehnatkash aholi ahvolini yanada og‘irlashishga 
va amir Haydar hamda u olib borayotgan siyosatga qarshi chiqishlarga olib keldi. Mana shunday 
qo‘zg‘olonlar 1821-1825 yillarda Miyonqol, Samarqand va Urgutda bo‘lib o‘tdi. Amir Hayodar bu 
qo‘zg‘olonlarni katta qiyinchiliklar bilan, qo‘zg‘olonchilarga katta va’dalar berish evaziga bostirishga 
erishdi. Shahrisabz va Marv vohasi uchun ham Amir Haydar urushlar olib borishga majbur bo‘ldi. 
O‘z davrida Amir Haydar qo‘shni Afg‘on davlati hukmdori Shujo’ al-mulk Durroniy bilan do‘stlik aloqalarini 
o‘rnatgan bo‘lsa-da, Qo‘qon va Xiva davlatlari bilan Buxoro davlati o‘rtasidagi munosabatlar keskin edi. 
Manbalarga ko‘ra, shunday sharoitda amir Haydar hatto Turkiya sultoni Mahmud II ga yordam so‘rab 
muroj
aat etgan va uning itoatiga o‘tishga tayyor ekanligini ham ma’lum qilgan. 


Buxoro amirligi ordenlari 
Amir Haydar 1826 yilda vafot etganidan so‘ng uning ikkita katta o‘g‘illari amir Husayn(ikki yarim oy) va 
amir Umar (to‘rt oy) qisqa muddat taxtga o‘tirib, o‘z ukalari Nasrullo tomonidan o‘ldiriladilar. Shundan 
so‘ng taxtga amir Haydarning uchinchi o‘g‘li Nasrullo o‘tirdi. Amir Nasrulloning hukmronlik davri (1826-
1860 yy.) avvalo, Buxoro amirligidagi siyosiy tarqoqlik, zodagonlarning boshboshdoqliklariga barham 
berish bilan izohlanadi. Amir Nasrullo hokimiyatni boshqarishda nihoyatda qattiq qo‘llik siyosatini olib 
bordi. O‘zining berahmlik siyosati tufayli amir Nasrullo “qassob amir” degan nomga sazovor bo‘lgan edi. 
Amir Nasrullo m
arkaziy hokimiyatni tan olmaydigan bo‘ysunmas mahalliy hokimlarga qarshi qattiq kurash 
olib bordi. Bu borada Shahrisabz Buxoroga bo‘ysunmay qo‘ygan eng yirik mustaqil viloyat hisoblanardi. 
Shuning uchun ham amirning siyosatidan anrozi bo‘lgan ko‘plab amaldorlar Shahrisabzga qochib panoh 
topganlar. Amir Nasrullo 1832 yilda Shahrisabzga qarshi urush boshlab, 32 marta yurishdan so‘ng 1552 
yilda Shahrisabz va Kitobni bo‘ysundirishga erishadi. 
Amir Nasrullo Qo‘qon va Xiva xonlari bilan ham urushlar olib bordi. U 1842 yilda Qo‘qonga yurish qilib uni 
egalladi. Ammo, bu paytda Xiva xoni Olloqulixon Buxoro chegaralariga hujum qilganligini eshitgach, 
Qo‘qonga o‘z noibini qoldirib orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. Amir Nasrullo o‘z qo‘shinlari bilan Xivaga 
yurish qilib, 
Xazoraspni qamal qildi. Ammo, mag‘lubiyatga uchrab qaytib ketishga majbur bo‘ldi. 
Amir Nasrullo o‘z hukumronligi davrida O‘ratepa va Xo‘jand uchun Qo‘qon xoni bilan to‘xtovsiz urushlar 
olib bordi. Buning natijasida shaharlar qo‘lda-qo‘lga o‘tib ko‘pgina vayronagarchiliklar kelib chiqdi, talon-
talojlik avj oldi. 
Manbalarga ko‘ra, Qo‘qondan Keshgacha bo‘lgan barcha mamlakatlarni bo‘ysundirgan amir Nasrullo 
Buxoroning amaldagi oxirgi mustaqil hukmdori bo‘lib qoldi. Amir Nasrullodan so‘ng taxtga uning o‘g‘li amir 
Muzaffar(1860-
1885 yy.)o‘tirdi. U mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan to‘rtinchi amir bo‘lib, uning 25 yillik 
hukumronlik davrida juda ko‘p voqyealar sodir bo‘ldiki, ulardan eng ayanchlisi – Buxoro amirligining 
Rossiya imperatori vassaliga aylanishidir. 


Buxoro amirligi pul birligi 
Amir Muzaffar o‘z hukmronligining dastlabki yillarida ulamolarga deyarli e’tibor bermadi, ular bilan biror-bir 
masala yuzasidan maslahat ham qilmadi. Ammo, 1868 yilda amir ruslardan mag‘lubiyatga uchragach
ulamolarga yon berishga majbur bo‘ldi. Chunki ulamolar mahalliy aholini ruslarga qarshi kurashishga 
da’vat etgan edilar. Lekin fursat qo‘ldan boy berilgan edi. Ulamolarning xalqni ko‘tarishi ham, amirning 
o‘g‘li Katta To‘ra (Abdumalik), Kitob va Shahrisabz beklarining sa’y-harkatlari ham besamar ketdi. 
Z
irabuloq yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchragan amir Muzaffar ruslar tomonidan tuzilgan 
shartnomaga imzo chekishga majbur bo‘ldi. Unga ko‘ra amir O‘ratepa, Jizzax, Zarafshon vohasi 
hududlaridan mahrum bo‘ldi, rus hukumatiga 125 ming tillo miqdorda tovon to‘laydigan bo‘ldi hamda 
Buxoroning Rossiyaga vassalligini tan oldi. 
Amir Muzaffar hukmronligi davrida amirlik hududlari ancha qisqardi. Bunga avvalo rus bosqini sabab 
bo‘lgan bo‘lsa, katta qiyinchilik bilan buyso‘ndiriligan Shahrisabz va Kitob bekliklari yana Buxoroga 
buysunishdan bosh tortdilar. Undan tashqari, ruslarga 
to‘langan katta tovon evaziga amirlik xazinasi 
bo‘shab qoldi. Amir o‘z xazinasini to‘ldirish uchun qozilar va raislarga aholidan turli xil yig‘imlar yig‘ishga 
ruxsat berdi. Chunki bu yig‘imlarning katta qismi turli xil sovg‘alar va in’omlar tariqasida xazinaga kelib 
tushardi. 
Amir Muzaffar o‘g‘li Abdulahadni taxt merosxo‘ri deb e’lon qildi va o‘sha yili uni Rossiya imperatori 
Aleksand Aleksandorovichning taxtga o‘tirish marosimi tantanasiga qatnashish uchun Moskvaga jo‘natdi. 
Podsho Aleksandr III ga Buxoro yulduzi ordeni topshirildi va Abdulahad haqiqiy taxt vorisi sifatida Rossiya 
tomonidan tasdiqlandi. 1883 yilda esa amir Muzaffar Rossiya imperiyasining I-darajali Muqaddas Anna 
ordeni bilan taqd
irlandi. Arxiv ma’lumotlariga qaraganda, bu mukofotni Buxoroga imperiyaning nufuzli 
amaldorlaridan biri 
– general-mayor, knyaz Vitgenshteyn boshchiligidagi maxsus elchilar guruhi olib 
kelgan. 


Buxoro amirining Qrimdagi saroyi
Buxoro amirining Sankt-Peterburgdagi uyi 
Amir Muzaffar 1885 yil 31 oktyabrda kasallik tufayli vafot etadi. Uning o‘g‘li amir Sayyid Abdullahad 1885-
1910 yillar Buxoro amirligi taxtini boshqardi. Abdulahad 14 yoshidan boshlab Karmana beki etib 
tayinlangan. Rus sayyohlarining ma’lumotlariga ko‘ra u Karmanada juda oddiy kun kechirgan. 1885 yil 4 
noyabrda amir Muzaffarni Buxoro arkida oq kigizga o‘tirg‘izib, taxtga o‘tqazish marosimi bo‘lib o‘tdi. 
Amir Abdulahad sayohat qilishni yaxshi ko‘rgan. U turli yillarda Moskva, Sankt-Peterburug, Kiyev, 
Odessa, Yekaterinaslov, Boku, Tiflis, Botumi, Sevastopol, Bog‘chasaroy kabi shaharlarda bo‘lgan. Amir 
har yili Kavk
azda, Qrim yoki Yaltada dam olgan. Uning hukmronligi davrida qiynoqlar, o‘lim hukmi va eng 
dahshatli jazo, Buxorodagi Minorai Kalondan tashlab yuborish man etilgan. Amir Abdulahad davrida 
amirlikda mis, temir, oltin qazib chiqarish, telefon liniyalari va t
emir yo‘llari qurilishi,savdo faol 
rivojlantiriladi. 
Abdulahad amirlikdagi harbiy kuchlarga alohida e’tibor bergan. Yoshlik chog‘idayoq bo‘lajak amir o‘z 
garnizonida harbiy mashqlar o‘tkazib, Karmana qal’asini yaxshi harbiy holatda tutgan.1895 yildan boshlab 
Buxoro amirligida militsiya xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik ham amir Abdulahad o‘z qo‘shinini harbiy 
tayyorgarligini oshirish va zamonaviy qurollantirish uchun ko‘pgina ishlarni amalga oshirgan. 
Amir Muzaffar 1910 yil 22 dekabrda buyrak kasalidan 
vafot etgach 1911 yil yanvarda uning ikkinchi o‘g‘li 
Sayyid Mir Olim taxtga o‘tiradi. Olimxon 1893-1896 yillarda Peterburgda ta’lim olgan. Undan so‘ng avval 
Nasaf viloyatiga, keyin esa Karmanaga hokimlik qilgan. 1911-1920 yillar Buxoro taxtini boshqargan amir 
Olimxon Buxoroda sovet hukumati o‘rnatilgach Afg‘onistonga chiqib ketdi va 1944 yil Qobulda vafot etdi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin