Soliq statistikasi indd


Mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish va ishlab



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/158
tarix04.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#152187
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158
soliq statistikasi va prognozi

Mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish va ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilishning
asosiy vazifalari
Mamlakat iqtisodiyotini 
erkinlashtirish va ishlab 
chiqarishni modernizatsiya 
qilish asosiy vazifalari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish 
sohasidagi vazifalar
– barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’-
minlash;
– iqtisodiyotning yetakchi tarmoq-
larini rivojlantirish;
– ishlab chiqarishni modernizatsiya 
qilish va yangilash
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini 
kamaytirish; 
– soliq yukini kamaytirish;
– bozor infratuzilmasi muassasa -
lari faoliyatini rivojlantirish
Ishlab chiqarish sohasini 
modernizatsiya qilish ustuvor 
yo‘nalishining asosiy vazifalari


101
Belgilangan vazifalarni bajarilishi natijasida har yili iqtisodiy 
o‘sishning barqaror va mutanosib sur’atlari ta’minlanmoqda, iq-
t i sodiyot tarkibiy tuzilmasi takomillashmoqda, yalpi ichki mah-
sulot ishlab chiqarish hajmi ortmoqda, tadbirkorlar erkinligi va 
mas’uliyati kuchaymoqda, investitsiyalar hajmi ko‘paymoqda, iqti-
sodiy subyektlar faoliyati samaradorligi oshmoqda.
O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning katta qismi ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga 
yo‘naltirilganini ta’kidlash darkor.
Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshi rish-
da qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kel-
moqda. 
Investitsiya jarayonlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tad-
birlar natijasida investitsiya hajmi sezilarli darajada ortdi. 
Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xo-
rijiy investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o‘sib borayotgani 
e’tiborga sazovordir.
Mamlakatimizdagi investitsiya jarayonlarining takomillashib 
borayotganligini namoyon etuvchi yana bir jihat – davlat budjetidan 
moliyalashtirish tarkibidagi nisbatlarning sezilarli darajada o‘zgarib 
borayotganligi hisoblanadi. Investitsiya jarayonlariga davlat bud-
jetidan moliyalashtirilgan mablag‘lar samarasi ham oshib bor-
moqda.
Prezident I.A.Karimov 2014-yilda mamlakatimizni ijti moiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015-yilga mo‘ljallangan 
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga ba-
g‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Bosh maqsadimiz 
– keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat 
bilan davom ettirish” mavzusidagi ma’ruzasida “Iqtisodiy inqiroz 
davom etayotgan va jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari pasayib 
borayotgan bir sharoitda ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish
texnik va texnologik jihatdan yangilash, sifatli, ichki va tashqi 


102
bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ish lab chiqarishni hamda 
xizmatlarning zamonaviy turlarini ko‘paytirish va nomenklaturasini 
kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya sig‘imini qisqartirish 
alohida ahamiyat kasb etmoqda. Moliya-bank tizimi barqaror 
ishlab, 2012-yilda uning jami kapitali 24,2 foizga, depozitlar hajmi 
– 31,5 foizga, shu jumladan aholi depozitlari – 34,6 foizga ko‘paydi. 
Banklarning investitsiya maqsadlari uchun ajratilgan uzoq muddatli 
kreditlari hajmi 30,7 foizga ko‘paydi”, deb ta’kidladi
8

Yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etgan aso-
siy kapitalga investitsiyalar hajmining oshib borishi iqtisodiyot 
o‘si shi barqaror yuqori sur’atlarining va uning tuzilmalarini diver-
si
fi
katsiyalashning asosiy manbayi bo‘ldi. 11,7 milliard dollarga 
teng miqdorda yoki 2011-yildagiga qaraganda 14 foiz ko‘p in-
vestitsiyalar jalb etildi. Barcha investitsiyalarning 22 foizdan 
ortig‘ini yoki 2,5 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar 
tashkil etdi, ulardan 79 foizdan ortig‘i to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy in-
vestitsiyalardir. Barcha investitsiyalarning 74 foizga yaqini ishlab 
chiqarish qurilishiga yo‘naltirildi. 205 ta investitsiya loyihasini 
amalga oshirish tugallandi.
So‘zsiz, mamlakatimizda erishilayotgan iqtisodiy barqarorlik, 
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni rivoj-
lantirish investitsiyasiz, bank kreditlarisiz, jumladan davlat budjeti 
mablag‘larisiz amalga oshirish o‘ta mushkul masala hisoblanadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda markazlashirilgan pul 
fondlarining asosiy turi hisoblanuvchi davlat budjeti fondini 
iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida 
8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda mam la-
katimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‘l-
jallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli 
islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish” mavzusidagi 
ma’ruzasi, Xalq so‘zi, 2013-yil 18-yanvar.


103
shakllantirish va undan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatla-
rini nazariy va amaliy jihatidan o‘rganish bugungi kunda o‘ziga xos 
dolzarb ahamiyatga egadir.
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mah-
sulot qayta taqsimlanadi. Mamalakatda maorif, sog‘liqni saqlash 
tizimlarini moliyalashtirish, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy 
barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni 
mod diy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tinchlik, chegaralar daxl siz-
ligini saqlash va favqulotda holatlar uchun saqlanadigan davlat za-
xiralarini shakllantirish uchun mamlakatda yaratilgan yalpi ichki 
mahsulot qayta taqsimlanadi.
Hozirgi kunda davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi 
soliq to‘lovlari hisobidan shakllantiriladi. Shu sababli soliq tizimini 
takomillashtirish va budjetning soliq tushumlarini prognoz qilish 
masalalari dastlabki yillardan boshlab Hukumatimizning bosh 
iqtisodiy strategik maqsadlariga aylantirildi.
Soliqlar va majburiy to‘lovlarning davlat budjeti daromadlarini 
shakllantirishdagi ahamiyati soliq tushumlarini prognoz qilishning 
zarurlik darajasini belgilaydi. Ayniqsa iqtisodiyotni erkinlashtirish 
va modernizatsiya qilish sharoitida soliq tushumlarini prognoz 
qilishning, tushumlar istiqbolini belgilashning ahamiyati yanada 
ortib bormoqda. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish 
davlat dasturlari jumladan investitsiya dasturlari katta miqdorda 
mablag‘ talab qilinadi. Bunday mablag‘lar nafaqat investitsiya 
manbaalaridan, balki davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ham 
moliyalashtirilishi rejalashtiriladi. Davlat dasturlarida belgilangan 
chora-tadbirlar uchun zarur bo‘lgan sarf-xarajatlar budjet xarajatlari 
tarkibida rejalashtiriladi. Davlat budjetining barcha xarajatlarini 
moliyalashtirish manbaalari faqat soliq tushumlarini samarali prog-
nozlash orqali ta’minlanadi. 


104

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin