144
bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish orqali qayta-
riladi.
Ortiqcha to‘langan soliq summalarini qaytarish soliq to‘ lov-
chi ning yozma arizasi va davlat soliq xizmati organining qay tarish
to‘g‘risidagi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Tegishli mo liya
organlari qaytarish to‘g‘risidagi ariza topshirilgan sanadan e’tiboran
o‘ttiz ish kuni ichida ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytaradi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 58-moddasida
bosh
qa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalariga
quyidagicha ta’rif berilgan: boshqa majburiy to‘lovlarning to‘lan-
gan va to‘lash uchun hisoblangan summasi o‘rtasidagi ijobiy farq
boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summasi deb
e’tirof etiladi.
Ortiqcha to‘langan summa qaysi budjetga yoki davlat maqsadli
jamg‘armasiga o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha budjet yoki davlat maq sad-
li jamg‘armasi otiqcha to‘langan boshqa majburiy to‘lovlar sum-
malarini qaytarish vakolatiga ega. Bunda ham soliq to‘lovchining
yozma arizasi asosida, zimmasiga majburiy to‘lovlarni undirib olish
majburiyati yuklatilgan organlarga tegishli ariza berilgan sanadan
e’tiboran o‘ttiz ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: