Mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish va ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilishning
asosiy vazifalari
Mamlakat iqtisodiyotini
erkinlashtirish va ishlab
chiqarishni modernizatsiya
qilish asosiy vazifalari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish
sohasidagi vazifalar
– barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’-
minlash;
– iqtisodiyotning yetakchi tarmoq-
larini rivojlantirish;
– ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish va yangilash
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini
kamaytirish;
– soliq yukini kamaytirish;
– bozor infratuzilmasi muassasa -
lari faoliyatini rivojlantirish
Ishlab chiqarish sohasini
modernizatsiya qilish ustuvor
yo‘nalishining asosiy vazifalari
101
Belgilangan vazifalarni bajarilishi natijasida har yili iqtisodiy
o‘sishning barqaror va mutanosib sur’atlari ta’minlanmoqda, iq-
t i sodiyot tarkibiy tuzilmasi takomillashmoqda, yalpi ichki mah-
sulot ishlab chiqarish hajmi ortmoqda, tadbirkorlar erkinligi va
mas’uliyati kuchaymoqda, investitsiyalar hajmi ko‘paymoqda, iqti-
sodiy subyektlar faoliyati samaradorligi oshmoqda.
O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning katta qismi ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga
yo‘naltirilganini ta’kidlash darkor.
Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshi rish-
da qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kel-
moqda.
Investitsiya jarayonlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tad-
birlar natijasida investitsiya hajmi sezilarli darajada ortdi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xo-
rijiy investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o‘sib borayotgani
e’tiborga sazovordir.
Mamlakatimizdagi investitsiya jarayonlarining takomillashib
borayotganligini namoyon etuvchi yana bir jihat – davlat budjetidan
moliyalashtirish tarkibidagi nisbatlarning sezilarli darajada o‘zgarib
borayotganligi hisoblanadi. Investitsiya jarayonlariga davlat bud-
jetidan moliyalashtirilgan mablag‘lar samarasi ham oshib bor-
moqda.
Prezident I.A.Karimov 2014-yilda mamlakatimizni ijti moiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015-yilga mo‘ljallangan
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga ba-
g‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Bosh maqsadimiz
– keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat
bilan davom ettirish” mavzusidagi ma’ruzasida “Iqtisodiy inqiroz
davom etayotgan va jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari pasayib
borayotgan bir sharoitda ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik jihatdan yangilash, sifatli, ichki va tashqi
102
bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ish lab chiqarishni hamda
xizmatlarning zamonaviy turlarini ko‘paytirish va nomenklaturasini
kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya sig‘imini qisqartirish
alohida ahamiyat kasb etmoqda. Moliya-bank tizimi barqaror
ishlab, 2012-yilda uning jami kapitali 24,2 foizga, depozitlar hajmi
– 31,5 foizga, shu jumladan aholi depozitlari – 34,6 foizga ko‘paydi.
Banklarning investitsiya maqsadlari uchun ajratilgan uzoq muddatli
kreditlari hajmi 30,7 foizga ko‘paydi”, deb ta’kidladi
8
.
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etgan aso-
siy kapitalga investitsiyalar hajmining oshib borishi iqtisodiyot
o‘si shi barqaror yuqori sur’atlarining va uning tuzilmalarini diver-
si
fi
katsiyalashning asosiy manbayi bo‘ldi. 11,7 milliard dollarga
teng miqdorda yoki 2011-yildagiga qaraganda 14 foiz ko‘p in-
vestitsiyalar jalb etildi. Barcha investitsiyalarning 22 foizdan
ortig‘ini yoki 2,5 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar
tashkil etdi, ulardan 79 foizdan ortig‘i to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy in-
vestitsiyalardir. Barcha investitsiyalarning 74 foizga yaqini ishlab
chiqarish qurilishiga yo‘naltirildi. 205 ta investitsiya loyihasini
amalga oshirish tugallandi.
So‘zsiz, mamlakatimizda erishilayotgan iqtisodiy barqarorlik,
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni rivoj-
lantirish investitsiyasiz, bank kreditlarisiz, jumladan davlat budjeti
mablag‘larisiz amalga oshirish o‘ta mushkul masala hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda markazlashirilgan pul
fondlarining asosiy turi hisoblanuvchi davlat budjeti fondini
iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida
8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda mam la-
katimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‘l-
jallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli
islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish” mavzusidagi
ma’ruzasi, Xalq so‘zi, 2013-yil 18-yanvar.
103
shakllantirish va undan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatla-
rini nazariy va amaliy jihatidan o‘rganish bugungi kunda o‘ziga xos
dolzarb ahamiyatga egadir.
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mah-
sulot qayta taqsimlanadi. Mamalakatda maorif, sog‘liqni saqlash
tizimlarini moliyalashtirish, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy
barqarorlik, aholi tarkibida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni
mod diy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tinchlik, chegaralar daxl siz-
ligini saqlash va favqulotda holatlar uchun saqlanadigan davlat za-
xiralarini shakllantirish uchun mamlakatda yaratilgan yalpi ichki
mahsulot qayta taqsimlanadi.
Hozirgi kunda davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi
soliq to‘lovlari hisobidan shakllantiriladi. Shu sababli soliq tizimini
takomillashtirish va budjetning soliq tushumlarini prognoz qilish
masalalari dastlabki yillardan boshlab Hukumatimizning bosh
iqtisodiy strategik maqsadlariga aylantirildi.
Soliqlar va majburiy to‘lovlarning davlat budjeti daromadlarini
shakllantirishdagi ahamiyati soliq tushumlarini prognoz qilishning
zarurlik darajasini belgilaydi. Ayniqsa iqtisodiyotni erkinlashtirish
va modernizatsiya qilish sharoitida soliq tushumlarini prognoz
qilishning, tushumlar istiqbolini belgilashning ahamiyati yanada
ortib bormoqda. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish
davlat dasturlari jumladan investitsiya dasturlari katta miqdorda
mablag‘ talab qilinadi. Bunday mablag‘lar nafaqat investitsiya
manbaalaridan, balki davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ham
moliyalashtirilishi rejalashtiriladi. Davlat dasturlarida belgilangan
chora-tadbirlar uchun zarur bo‘lgan sarf-xarajatlar budjet xarajatlari
tarkibida rejalashtiriladi. Davlat budjetining barcha xarajatlarini
moliyalashtirish manbaalari faqat soliq tushumlarini samarali prog-
nozlash orqali ta’minlanadi.
|