12.4. Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal
ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar
va uni prognoz qilishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’-
mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lovchilari
bo‘lib yagona soliq to‘lovini to‘laydigan yuridik shaxslardan tash-
qari, tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, tadbirkorlik fao-
liyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’-
mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar hisoblash
obyekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
– Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi
respublika maxsuslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning
hududiy (viloyat, voloyatlararo va tumanlararo) bazalari uchun –
yalpi daromad;
– vositachilik, topshiriq shartnomalari va boshqa shartnomalar
bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar
uchun - QQS chegirilgan holda komission taqdirlash summasi;
383
– qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-
sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun -
QQSni chegirgan holda, o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmi;
– kredit va sug‘urta tashkilotlari uchun - daromad;
– moliyaviy ijara (lizing) xizmatlari ko‘rsatadigan korxonalar
uchun - foizli daromad;
– tayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari uchun - QQS che gi-
rilgan holda tovar aylanmasi hajmi;
– kommunal xo‘jaligi tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti
korxonalari uchun - QQS va tegishincha, issiqlik ta’minoti kor xo-
nalari uchun - issiqlik energiyasi, suv ta’minoti korxonalari uchun -
suv, gaz ta’minoti korxonalari uchun - tabiiy gazning xarid qiymatini
chegirgan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish hajmi;
– “O‘zdonmahsulot” AK korxonalari (g‘alla qabul qilish kor xo-
nalari va don qabul qilish faoliyatini amalga oshiruvchi donni qayta
ishlash korxonalari) uchun - QQS chegirilgan holda ta’minot-sotish
ustamasi va chegirmasi;
– iqtisodiyotning qolgan tarmoqlari uchun - QQS va aksiz so li-
g‘ini chegirgan holda, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish haj-
mi.
Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’-
mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgi-
lanadi.
Jamg‘armaga to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiy ajratmalar
sum masi belgilangan majburiy ajratmalarga tortish obyekti va stav-
kasidan kelib chiqqan holda ajratma to‘lovchilar tomonidan aniq-
lanadi.
Kelgusi yilda ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish,
mu kammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga tushishi kuti-
la
yotgan majburiy ajratmalar miqdorini hisoblash uchun zarur
bo‘l gan ma’lumotlar soliq idoralariga taqdim qilinuvchi majburiy
aj ratmalar hisob-kitobi shaklidan olinadi. 12–8-jadvalga qarang.
384
12–8-jadval
Dostları ilə paylaş: |