331
Tayyor mahsulot boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish
uchun xomashyo sifatida foydalanilsa, yoki tayyor mahsulot (qay ta
ishlab hosil qilingan mahsulot) o‘zining ishlab chiqarish yoki xo‘ jalik
ehtiyojlari uchun ishlatilsa, bunday mahsulot
uchun so liq solinadi-
gan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsu lotning ish-
lab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniq la nadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq turlaridan biri – qo‘-
shimcha foyda solig‘i hisoblanadi.
Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lovchilariga quyidagilar kiradi:
– ayrim foydali qazilmalarni (komponentlarni) kav lab olishni
(ajratib olishni) amalga oshiruvchi er qa’ridan foydala nuv chilar;
– foydali qazilmalardan ishlab chiqariladigan ayrim turdagi mah-
sulotlarni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar.
Qo‘shimcha foyda solig‘ining soliq solish obyekti sifatida reali-
zatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan hisob-kitob bahosi o‘rta-
sidagi farq sifatida aniqlanadigan daromadning bir qismi olinadi.
Qo‘shimcha foyda summasi bilan qo‘shimcha
foyda qismiga
to‘g‘ri keladigan sof tushumdan hisoblab chiqarilgan soliq va boshqa
majburiy to‘lovlar summasi o‘rtasidagi farq mazkur soliqning soliq
solish bazasi hisoblanadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq turlaridan biri – bu bo-
nuslardir. Ular imzoli va tijoratbop toifalariga bo‘linadi. Imzoli bo-
nuslar qat’i summada, bir martalik to‘lov sifatida namoyon bo‘ ladi.
Tijoratbop topilma bonusi tegishli litsenziyada ko‘rsatilgan er
qa’ri uchastkasida foydali qazilma konlarining har bir tijoratbop
topilmasi uchun belgilanadi.
Vakolatli davlat organi tomonidan
tasdiqlangan konda foydali
qazilmalarning qazib olinadigan zaxiralari hajmi soliq solish
obyekti, foydali qazilmalar zaxiralarining qazib olinadigan haj-
mining qiymati soliq solinadigan baza sifatida e’tirof etiladi.
Tijoratbop topilma bonusi soliq solinadigan bazadan va bo nus-
ning soliq solish bazasiga nisbatan belgilangan stavkasidan kelib
chiqqan holda aniqlanadi.
332
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun belgilangan soliq tushumlarini
prognoz ko‘rsatkichlariga soliq to‘lovchilar,
soliq bazasi, soliq
obyekti, soliq imtiyozlari va soliq stavkalari o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Aynan ushbu omillar ta’sirida soliq tushumlari yuzaga keladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni izohlovchi ma’lumotlarsiz soliq
tushumini istiqbol ko‘rsatkichlarini hisoblab bo‘lmaydi. 10–14-
jadvalda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining
asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan.
10–14-jadval
Dostları ilə paylaş: