Siydik ajratuv sistemasi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix09.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68110
1   2   3   4   5   6
Айириш сис.маьруза матни

pobotcit hujayralari tashkil qiladi. Siydik fil’tratciya bo’li-shida buyrak tanachasidagi qonning 
yuqori bosimi (70-90 mm simob ustuni) hal qiluvchi omildir. Bu bosim olib keluvchi va olib 
ketuvchi arteriolalar diametrining turli xilda bo’lishi-dan kelib chiqqandir. Qon bosimi 40-50 mm 
simob ustunidan pasaysa, buyrak tanachasidagi fil’tratciya to’xtab, birlamchi siydik hosil 
bo’lmaydi. SHuning uchun bosimlari past bo’lga» buyrak tanachasida (yukstamedulyar zonada) 
birlamchi siydik hosil bo’lishi po’stloq nefron zonalariga nisbatan sustdir. Bir-lamchi siydik 
buyrak tanachasining kapsula bo’shlig’idan nefron-ning quyi qismlarigacha oqib o’tadi.Bu 
naylarda birlamchi siydik jiddiy o’zgarishlarga uchrab, ikkilamchi siydikka aylanadi. Siydik 
naylarida qaytadan ko’p miqdorda suv, oqsil, glyukoza, tuz ionlari so’riladi. Suvning ko’p miqdori 
qayta so’rilgani uchun ikkilamchi siydikning miq-dori 1,5 litrga kelib qoladi. Buning natijasida 
siydik kon-tcentratciyasi oshadi (masalan, mochevina 70 marta, ammiak 40" marta oshadi). 
Nefronning proksimal bo’limida suv, oqsil, glyukoza va boshqa moddalarning asosiy qismi (50%) 
aktiv so’rila boshlanadi (obligat reabsorbtciya). Nefronning ingichka bo’limida suv bilan bir 
qatorda ba’zi bir tzlar so’rilsa, distal bo’limda asosan suv va natriy so’riladi (fakul’tativ 
reabsorbtciya).Proksimal va distal kanalchalardagi obligat va fakul’ta-tiv reabsorbtciya orasidagi 
son va sifat farqlari ularning struktur va gistofermentativ har xilligi bilan ta’minlanadi. 
So’rilishning asosiy qismi proksimal bo’lim hujayralarining apikal yuzasidagi, uning maydonini 
kengaytiruvchi mikrovor-sinkalar hisobiga bo’ladi. Mikrovorsinkalar hisobiga kengay-gan 
proksimal kanalchalarning jami maydoni odamning buyra-gida 50 m
2
ga yaqindir.SHunday qilib, 
buyraklarda siydikning hosil bo’lishi ikk» bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda siydikning 
ul’trafil’tra-TCiyasi buyrak tanachalarida ro’y beradi. Ikkinchi bosqich nefron-kanallaridagi 
rezorbtciyani va sekretciyani o’z ichiga oladi. Fa-kul’tativ rezorbtciya jarayoniga gipofizning 
antidiuretik gir-moni bilan buyrak usti bezining po’stloq moddasida ishlab chiqariluvchi 
aldosteronning ta’siri kattadir.Qonga buyrak tanachasi devoridan fil’trlanmaydigan ba’zi bir 
kolloid bo’yoqlar kiritilsa, ular siydik tarkibida paydo bo’ladi. Mikropunktciya va gistologik 
tekshirishlar yordamida bunday bo’yoq moddalarning kapsula ichidagi suyuqlikda bo’lmas-ligi, 
lekin nefron naylaridagi suyuqlikda va nay hujayrasida ularning bo’lishligi aniqlangan. SHu 
asosdan nefron naylari epiteliylari faqatgina ikkilamchi siydik mahsulotlarini re-absorbtciya qilib 
qolmay, balki sekretor faoliyatga ham ega deb xulosa chiqarish mumkin.Naylarda yuz bergan 
sekretciya shu bo’lim epiteliysining mod-da almashinuvi jarayonidagi aktiv faoliyatining 
natijasidir. Ba’zi bir sudralib yuruvchilarda va qushlarda nay sekretciyasi siydik hosil bo’lishida 
etakchi rol’ o’ynaydi. YUqori tabaqa hayvonlarda va odamda siydik hosil bo’lishida kanal 
sekretciya-sining ahamiyati kam. Ammo kanallarning sekretor faoliyati orqali buyrak 
tanachalarida fil’trlanmaydigan moddalar or-ganizmdan tashqariga chiqariladi. Bundan tashqari, 


qonda ba’zi bir moddalarning miqdori haddan tashqari ko’paysa ham (masa-lan, mochevina) u 
moddalar kanal hujayralaridan sekretciya bo’la boshlaydi. Bu esa nefron nayi sekretciyasining 
siydik ho-sil bo’lishida rezerv omillardan biri sifatida xizmat qili-shini ko’rsatadi.Buyrakning 
yoshga qarab o’zgarishi. Tekshirishlar postembrio-nal davrda buyrakda ancha o’zgarishlar bo’lib 
o’tishini ko’rsatadi. Po’stloq moddaning qalinligi yangi tug’ilgan buyrakning 20-25% ini tashkil 
etsa, voyaga etgan vaqtda 1/2, va 1/3 qismini tashkil etadi. Ammo bu davrda buyrak 
massasining ko’payishi yangi nefron-lar hosil bo’lishi bilan bormay, balki mavjud neyronlarning 
o’sishi va differentciallanish hisobiga bo’ladi. YAngi tug’ilganlar-da proksimal naychaning 
qalinligi 18-36 mkm bo’lsa, voyaga etgan organizmda 40-60 mkm dir. 
YOSH 
oshib borgan sari 
neyronning uzunligi o’zgarib boradi, ya’ni uzayadi. Qarilarning buyrakla-rida sklerozga uchragan 
neyronlar ham bo’ladi. Bu davrda buy-rak hujayralarining proliferativ aktivligi susayib, mitotik 
bo’linish deyarli bo’lmaydi.Innervatciyasi. Buyrak simpatik va parasimpatik nervlar bilan va orqa 
miyaning orqa ildizchasi - afferent nerv tolala-ri bilan ta’minlanadi. Nervlar buyrakka, asosan, 
tomirlar bilan kirib, nerv oxirlari barcha katta-kichik arteriya, vena, arteriola va venulalarning 
hamma qavatlarida joylashadi. Ham simpatik, ham parasimpatik nerv oxirlari endoteliy ostidagi 
bazal membrana ostida tarmoqlanadi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin