Сиёсий (давлат) режим


partiya yakka hukmronligini o`rnatish va ulardan o`sib chiquvchi



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə4/5
tarix17.12.2022
ölçüsü74,5 Kb.
#75866
1   2   3   4   5
Siyosiy rejim


partiya yakka hukmronligini o`rnatish va ulardan o`sib chiquvchi
korrupsiya va ahloqiy bO`z ulishlar;
millatchilik va jangovar shovunizmga mukkasidan ketish;
saftabozlik, laganbardorlik va despotiya suyak - suyagiga singib
ketgan sezarizimga butun borlig`i bilan berilab ketish.
har qanday muxolifat yo`q qilinadi;
bir irqning xukmronlig tan olinadi;
boshqa hududlarni bosib olish uchun yo`l ochiladi;
Yuqordagilarga qaramay, insoniyatga tahdid solmaydigan to`z umni rejim
deb hisoblash mumkin emas. Maskur rejim muayyan tarixiy shart-sharoitlarda vujudga kelishi mumkinligini hammamiz yaxshi bilamiz. Bunda jamiyatdagi ijtimoiy ixtiloflar, ommaning qashshoqlashuvi yaqqol ko`zga tashlanadi. Umuman, fashizm volshivizmga qarshi javob sifatida davlat-muhofaza kuchlarining o`ngga tomon jamlanishi ko`rinishida dunyoga keladi. Kuchlarning bunday jamlanishi hatto demokratik davlatlarning o`zida ham keyinchalik amalga oshirilaverishi mumkin. Milliy havf – hatar chog`larida halqning sog`lom kuchlari hamisha mudofaa-diktatorlik yo`nalishida jamlanadi.
1933 – 1945 yillarda fashistlar Germaniyasi va o`sha davrdagi fashistlar Italiyasi fashistik rejimli davlatlarga misol bo`la oladi.

Avtokratik rejimga:


jamoa avtokratiyasi
yagona shaxs avtokratiyasi kiradi.
Jamoa avtokratiyasi o`z navbatida:
aristokratiya
oligarxiya deb nom olgan boshqaruv shakllariga bo`linadi.
Yagona shaxs avtokratiyasi:
dispotiya;
mustabidlik;
shaxsiy hokimiyat shakllariga ega.
Dispotik - rejim (yunoncha, cheklanmagan hokimiyat). Ushbu rejim hokimiyat istisnosiz faqat bir shaxs tomonidan amalga oshiriladigan mutloq monarxiyaga (podsholikka) xosdir.
Mustabidlik - siyosiy tartibida yakka shaxs xukmronligiga asoslangan. Mustabid hokimiyatda odatda, zo`ravonlik, bosib olish, ba`zan esa honuniy hokimiyatni ag`darib tashlash bilan dispotiyadan farq qiladi.

Shaxsiy hokimiyat avtokratiyasida - esa u ko`pgina jihatlari bilan totalitar rejimga o`xshab ketadi. Lekin unda «shaxsga sig`inish», doxiyga sig`inish ayniqsa kuchayadi.


Nodemokratik rejim sifatida totalitar rejimda davlatni boshboshdoqlik bilan boshqarish asosiy o`rinda turadi.


Fashistik rejimda esa, millatchilik mafkurasi, bir millatning boshqa millatlardan afzalligi to`g`risidagi tasavvurlar bilan, o`ta agressivligi bilan ajralib turadi.

Nodemokratik rejim turlaridan biri Despotik - rejim bo`lib, u asosan O`rta Yer dekgizlari mamlakatlarida Yaqin Sharqda, Osiyo, Afrika,


Janubiy Amerika mamlakatlarida, ya`ni Osiyo ishlab chiqarish usuli (osiyocha taraqqiyot yo`li)qaror topgan davlatlarda uchragan. U insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xosdir. Biroq, bu rejim hozirgi bosqichda ham, hozirgi davr davlatlarida ham ular rivojining tarixiy o`ziga xosligi, bu davlatlardagi boshliqlarning shaxsiy fazilatlariga bog`liq ravishda paydo bo`lgan va bo`lishi ham mumkin.
Mustabidlik rejimn - yakka shaxs hukmronligiga asoslangan. Mustabid hokimiyati odatda, bosib olish, zo`ravonlik, ba`zan esa, qonuniy hokimiyatni ag`darib tashlash natijasi bilan o`rnatilishi ga ko`ra despotiyadan farq qiladi. Unda ham huquqiy va ahloqiy asoslar bo`lmaydi, u zo`ravonlik, ba`zan esa terror va genotsid asoda qurilgan bo`ladi. Mustabid hokimiyati shafqatsizdir. U ham dahshat va qo`rquvga asoslanadi. Mustabid har qanday qarshilikni tug`ilishidayoq bostirishga harakat qiladi, shuning uchun ham g`alayon ko`targanlarni qatl etadilar. Boshqa mamlakat hududi va aholisini zarb etish nafaqat jismoniy va ahloqiy zo`ravonlikni, asoratga solingan halq an`analari va urf-odatlirini tahqirlashga olib keladi. Mustabid rejim qadimgti Yunoniston polislarida, ayrim o`rta asrlarda mavjud bo`lgan.
Mustabidlik rejimi - Angliya davlati mustamlarida olib borilgan siyosatda ham namoyon bo`ladi. Shuningdek Ispan va Portugallar tomonidan Lotin Amerika davlatlari bostirib olinishi natijasida bu
davlat aholisi oq tanlilar tomonidan zo`ravonlik va tazyiqqa uchrashi holatlarida, shuningdek ko`tarilgan qarshiliklar, qo`zg`olonlar shavqatsiz bostirilishida ham ko`rish mumkin. O`z oqqa bormaylik,Chor Rossiyasi tomonidan O`rta Osiyo halqlari bosib olinishi va halq qarshiliklari shavqatsiz bostirilishi faktlari ham bu siyosiy tartibni o`ta shavqatsiligidan darak beradi.
Shaxsiy hokimiyat rejimi - totalitarizm ko`rinishlaridan biridir. U ko`pgina jihatlari bilan totalitar rejimga o`xshab ketadi. Lekin unda «shaxsga sig`inish», dohiyga sig`inish ayniqsa kuchayadi. Boshqaruning bunday usul va shakllari yaqin o`tmishimizdagi sho`ro hokimiyati davridagi holatdan hammamizga ma`lum.
Shunga qaramay, bugungi kunda ham sobiq Ittifoqni qaytarish, tiklash hamma balolardan halos etadi, deguvchilar uchrab turadi. Stalin shaxsiga sig`inish va shiorlarimizdagi «Lenin yashagan, yashayapti, yashayveradi» kabi dabdabali chaqiriqlar shaxsga sig`inish davri namunalari hisoblanadi.
Aftoritar rejim - U huquqiy, ahloqiy asoslarga ega bo`lishi mumkin. Biroq, bunday davlat halqni davlatni boshqarish ishlariga jalb etmaydi. Vakillik organlarining mavjudligi ahvolni o`zgartira olmaydi. ular amalda davlat hayotida arzirli mavqega ega bo`lmaydi.
Parlament dohiy yoki bir guruh shaxslar boshchiligida hukmron elita
taklif etgan har qanday qarorlarni so`zsiz tasdiqlab beraveradi. Rahbarlikni amalga oshiruvchi elita, oliy mansabdor shaxslar uchun katta yengilliklar, imtiyozlar mavjud bo`ladi. Davlatda rahbarlik harbiy yoki davlat to`ntarishi yordamida hokimiyatni zarb etganlar qo`liga o`tar ekan, avtoritar rejim to`da yoki xunta nomini oladi. Xukmron to`da ichida boshliq ajralib turadi. Boshliq u yoki bu masalani muhokama etishda o`z komandasiga murojaat etishi ularning masalalarini tinglashiga qaramay, uning ta`sir doirasi chengsiz-chegarasizdir. Fashistik rejim asoschilari Mussolino boshchiligida Italiyada «fashe»- «bog`lam» -degan ibora bilan o`z partiyalarini yaratib, urush invalidlariga yordam berish niqobi ostida davlat tepasiga kelib, nafaqat o`zga irq va millat vakillarini, hatto o`z irqi va millati orasidagi nog`iron to`g`ilgan chaqoloqlarni ham o`ldirish bilan halq nafratiga uchragan. Bu holat Germaniyada Gitler boshchiligidagi siyosatda ham o`z aksini topgan.
Avtoritarizm sharoitida muholifatga yo`l qo`yilmaydi. Bunday rejimda shaxs o`z konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalana olmaydi. Hokimiyat bilan o`zaro munosobatlrda o`z havfsizlik kafolatlaridan ham mahrumdirlar. Zero, hokimiyat unga nisbatan bemalol majbur etish choralarini qo`llashi mumkin. Davlat manfaatlarining shaxs manfaatlaridan to`la ustivorligini e`lon qilinadi.
Avtokratik hokimiyat halq ishonchi buyuk kuch ekanligini yaxshi tushunadi, shuning uchun omma orasida dohiy va uning safdoshlariga ko`r-ko`ronalikni singdirishga intiladi. Buning uchun u safsatabozlik va halq ongini turli hiyla nayranglar bilan zaharlash yo`llaridan foydalanadi. Hozirgi vaqtda avtoritar rejimlar turli mamlakatlarda tez-tez uchraydi.
Har bir kishi o`z qadr-qimmatiga ega. Inson huquqlari prinsiplari har bir shaxsning qadr-qimmatiga lozim darajada va teng huquqli rioya qilishni, yani shaxs uchun har tomonlama rivojlanish hamda aql-zakovat, istedod va onglilik singari insoniy fazilatlarni namoyon etish uchun imkoniyatlarni taminlash, shuningdek o`z manaviy va boshqa tehtiyojlarini qondirish vositasi sifatida ishlab chiqilgan.
Qadr-qimmat kishiga o`z ahamiyatini va qadrini his etish imkonini beradi. Inson huquqlarining mavjudligi kishilar inson qadr-qimmatini tushunishlaridan dalolat beradi. Inson qadr-qimmati individualistik, alohida va ajralib qolgan tushuncha emas. U bizning umumiy insoniy qiyofamizning bir qismi.
Inson huquqlari bizga bir-birimizni hurmatlash hamda bir- birimiz bilan hamjihat yashash imkonini beradi. Boshqacha aytganda, ular shunchaki rioya etilishi lozim bo`lgan huquqlar xemas, balki rioya etilishini boshqalardan talab qilish ham zarur bo`lgan huquqlardir. Sizga nisbatan qo`llaniladigan huquqlar boshqalarga ham qo`llaniladi. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarining bO`z ilishi shaxsiy fojia bo`libgina qolmay, balki ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklar kelib chiqishiga sharoit yaratadi hamda jamiyatlar va davlatlarda hamda ular o`rtasida zo`ravonlik va mojarolarni yuzaga keltiradi.
Inson huquqlari Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida elon qilingan. Bu Deklaratsiya majburiy Mxususiyatga ega emas. Unda maqsadlar
hamda prinsiplar elon qilingan va u manaviy majburiyat xususiyatiga ega.
Ayni mahalda ko`plab qonunlar va huquqiy xujjatlar Umumjahon deklaratsiyasida elon qilingan prinsiplarga asoslangan. Ko`plab mamlakatlar Deklaratsiyadan iqtibos keltiradilar yoki tuning qoidalarini o`z asos qonunlariga va konstitutsiyalariga kiritiladilar. Uning prinsiplari 1948 yildan buyon inson huquqlari bo`yicha to`z ilgan ko`plab paktlar, konvensiyalar va shartnomalarga asos qilib olingan.
Ushbu huquqiy xujjatlarni imzolagan har bir mamlakat unga qat`iy amal qilishi shart.

Adabiyotlar:






  1. Yüklə 74,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin