6.3. Husayn Voiz Koshifiyning ta’limiy–axloqiy qarashlari
Husayn Voiz Koshifiy ham o‘z davrining yirik olimi sanaladi.
Husayn Voiz Koshifiyning (tahm.1440-1505 yy.) Hirotda Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiylar bilan hamkorligi ilm-fan taraqqiyotida katta
ahamiyat kasb etgan. Husayn Voiz Koshifiy axloq, nujum, mantiq,
adabiyotshunoslik, riyoziyot, hisob, islom tarixi, ilohiyot, tarix,
musiqashunoslik, tasviriy san’at, tabobat ilmiga oid 200 dan ortiq asar
qoldirib, sharq ma’naviy madaniyatini rivojlantirishda o‘z o‘rniga ega.
Koshifiy Hurosonda Husayn Boyqaroning voizi (notig‘i),
ta’birchisi, maslahatchisi sifatida shuhrat qozonadi. Chunki Koshifiy
Huroson shaharlarida va’z aytib, xulq-odob qoidalari, Qur’on va Hadis
masalalarini sharhlab, xalq orasida hurmat-e’tibor qozongan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Husayn Voiz Koshifiyning
“Axloqiy Muxsiniy” asari ingliz, nemis, o‘zbek, turk tillariga tarjima
qilingan. Mazkur asar Husayn Boyqaroning o‘g‘li Abdulmuhsin
Mirzoga bag‘ishlangan bo‘lib, inson kamoloti uchun eng zarur hislatlar
ta’riflanadi. Asarda inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e’tibor beriladi.
Aqlni haqiqat sifatida ta’riflab, inson o‘zining faoliyatini aql yordamida
amalga oshiradi, deydi. U ilm boylik va dunyo orttirish uchun emas,
balki hayot kechirish uchun zarurdir, chunki ilm - doimiy, mol-dunyo
o‘tkinchi, deb tushuntiradi. Haqiqiy dono, bilimdon kishilar o‘tkinchi
narsalarga e’tibor bermaydilar, deydi. Demak, Koshifiy ilmni amaliyot
bilan bog‘lab tushuntiradi. Koshifiy har bir ishning muvaffaqiyatini
bilimlarni amalda qo‘llanishi bilan belgilagan. Bunda u inson aqlini
faoliyatning asosi sifatida talqin etib, o‘z navbatida bu faoliyat
yangi bilimlarning paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi, deydi va bu fikri
bilan ancha ilgarilab ketadi. Masalan, u “Axloqi Muhsiniy” asarida
aql bilan faoliyatning o‘zaro aloqasi xaqida gapirar ekan, barcha
kishilar aqlga extiyoj sezadi, aql esa amaliy faoliyatga extiyoj sezadi.
Harakat, faoliyat aqlning ko‘zgusi sanaladi. Aql yordamida insoniyat
tajribasi, ma’naviy qadriyatlar yig‘ilib boradi va kelgusi avlodlarga
etkaziladi” deb ta’kidlaydi. Koshifiy shuning uchun ham avvalo ilm-
fan, olimlarning jamiyatdagi o‘rniga katta baho beradi, ustozlarning
qadriga etish zarurligini uqtiradi. Ikkinchidan, ustozga hurmat odoblilik
namunasi sifatida ham qaraladi.
Xusayn Voiz Koshifiy insonni bilim orqali tarbiyalash, uning aqliy
99
qobiliyatini o‘stirish mumkin, deb bilimning insonni shakllantirish
mezoni sifatida talqin etadi. U ilgari surgan axloqiy tushunchalar:
yaxshilik va adolat, burch, vijdon, or-nomus, baxt-saodat kabilarni
ta’riflab, har birini insonda shakllantirish yo‘llari va usullarini ham
bayon etadi, ularning tarkibiy qismlarigacha ajratib, ularni ijtimoiy
talab darajasida tushuntiradi. Shu bilan birga asosiy mezonlarini ham
ko‘rsatib beradi. U axloqiylikning asosiy mezonlari sifatida insoniylik,
adolatlilik, sof insoniy munosabatlar deb biladi. Bularga teskari bo‘lgan
xatti-harakatlar: yolgonchilik, chaqimchilik, g‘araz, hasad, bahillik,
pastkashlik, g‘iybatchilikni qoralab, ulardan qutulish yo‘llarini ham
bayon etadi. Shuningdek, Koshifiy axloqiy talablarni ham bayon etadi.
Bu talablar axloq qoidalari bo‘lib hisoblanadi. U o‘ttizdan ortiq axloqiy
qoidalarni bayon etib, bular sabr, hayo, pokizalik, sobitqadamlik, avf,
sahiylik va sahovat, tavoze’ kamtarlik, rostgo‘ylik, shijoat, xushyorlik,
farosat kabi insoniy fazilatlarni barcha qirralariga ta’rif beradi.
Demak, Koshifiy axloqiy qarashlarida komil insonga xos bo‘lgan
barcha hislatlarni o‘zida ifodalagan ilm-ma’rifatli, haqiqatparvar,
adolatli, har qanday adolatsizlikka qarshi kurashuvchi oliyjanob inson
qiyofasini tasavvur etamiz. Husayn Voiz Koshifiyning yana bir asari
“Futuvvatnomai Sultoniy” bo‘lib, unda komil insonni shakllantirishning
aynan amaliy yo‘llanmalari beriladi. Ma’lumki, X asrdan boshlab
javonmardlik yoki futuvvatchilik harakati keng yoyilgan. Bunda barcha
yosh yigitlar o‘z hayotini faqat ezgu hislatlarni tarkib toptirishga
bag‘ishlab, zoxiran va botinan pok bo‘lish, o‘z ezgu niyatlarini amalga
oshirish uchun jamoa bo‘lib uyushgan. Bunday yoshlarni javonmardlar
yoki futuvvatlar deb atashgan. Ular ma’naviy va jismoniy etuklikka
intilgan, mardlik va oliyjanoblik namunasini ko‘rsatgan. Ularning o‘z
jamoasi, piri, ustozlari, yig‘iladigan joylari bo‘lgan. Sarbadorlar Abu
Muslim, Yaqub ibn Lays, Mahmud Torobiy kabi qahramonlarimiz ham
o‘z vaqtida javonmardlar bo‘lishgan.
Koshifiyning “Futuvvatnomai Sultoniy” asari ham boshqa ta’limiy-
axloqiy asarlar qatori ana shu javonmardlik ilmining qoida-nizomlarini
ifoda etgan. Futuvvat (javonmardlik) ilmi ham tasavvuf, so‘fiylikka
muvofiq kelib, insonni axloqan poklash, mehru shafqat himmat
va mardlik ko‘rsatishni targ‘ib etgan. Tasavvuf futuvvatda yuksak
g‘oyalarning amaliy-ijtimoiy tadbiqini ko‘rsa, futuvvat esa tasavvufda
nazariy-e’tiqod asosini topgan. Odatda futuvvat sifatlari mavjud kishini
100
fatiy deganlar. Fatiylarning lug‘atiy ma’nosi - yoshlik. Bu so‘z yosh
yigitga nisbat berilgan. Shu bilan birga majoziy ma’noda insoniy
fazilatlar nuqtai nazaridan kamolat chegarasini zabt etgan olamga -
yoshlarga nisbatan ko‘llanilgan.
Javonmardlikning ruknlari (ustunlari) o‘n ikkita bo‘lgan: oltita
zohiriy, oltita botiniy.
Dostları ilə paylaş: |