Sharq va g„arb falsafasida inson masalasi reja


Qadimgi sharqda falsafiy bilimlarning paydo bo„lishi. Misr va Bobil



Yüklə 173,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü173,56 Kb.
#207350
1   2   3   4   5
SHARQ VA G‘ARB FALSAFASIDA INSON MASALASI

3. Qadimgi sharqda falsafiy bilimlarning paydo bo„lishi. Misr va Bobil 
falsafiy maktablari. Hindiston va Xitoyda falsafiy fikrlar. 
Hozirgi adabiyotlarda falsafaning vujudga kelishini marksizmning sinfiylik 
tamoyillariga asoslanib, quldorlik tuzumining shakllanishi bilan bog‗lab, uning 
tarixini uch ming yil deb hisoblanadi. Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy 
fikrlashlar, olam va undagi hodisalarga aql ko‗zi va tajriba mezoni bilan qarash 
unsurlari mavjuddir. Shu bilan birga falsafa tarixining rivojlanish bosqichlarini 
ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu davrlari bilan bog‗lab tushuntirish xam o‗zini 
oqlamaydi. CHunki bu davrlar turli mintaqalarda o‗ziga xos tarzda kechgan. 
Masalan, qadimgi Gretsiya va qadimgi Rumoda qulchilik iqtisodiy ishlab chiqarish 
usulini asosini tashkil qilib, bu davlatlarning rivojlanishida quldorlik davrini 
tashkil qilgan. Agar Xitoy, O‗indiston xamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga 
nazar tashlasak bu erda sof quldorlik tuzumi bo‗lmaganligini ko‗ramiz. Ko‗pgina 
davlatlarda qulchilik u yoki bu tarzda XIX asrning 2-chi yarmigacha davom etib, 
hech qachon ular iqtisodiyotning asosini tashkil qilmagan. 
Shuning uchun falsafaning rivojlanish bosqichlari turli mintaqalarda o‗ziga 
xos xususiyatlarga ega bo‗lganligiga e‘tiborni qaratish kerak. O‗amma mintaqalar 
uchun falsafiy savol va javoblar tug‗ilishini universal bosqichi bo‗lib mifologik 
tafakkurning parchalanish davrini olish mumkin. Falsafiy fikr rivojlanishiga 


yondashuvning o‗ziga xos xususiyatlaridan yana biri – bu, jahon tarixiy–falsafiy 
jarayonlarni turli–tumanligini toraytirib qo‗yadigan Evropotsentrizm qarashlaridir. 
Bu qarashlarni g‗ayriilmiyligini ko‗rsatish bilan Sharq bilan bog‗liq jihatini tahlil 
etganda ham Osiyosentrizm g‗oyalari ta‘siriga tushmaslik kerak. Bu o‗rinda G‗arb 
va Sharq tarixiy–falsafiy jarayonlarini davrlarga ajratish tamoyillariga e‘tibor 
qaratish bilan birga G‗arb va Sharq falsafasidagi an‘analarning o‗zaro 
munosabatini ham tahlil qilish lozim.
Sharqning o‗ziga xosligi, unga munosib bo‗lgan madaniy taraqqiyot jahon 
sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‗shilgan munosib hissa ekani 
ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e‘tirof 
etiladi. 
qolaversa, 
Vatanimiz 
sivilizatsiyasining 
sharq 
sivilizatsiyasining 
quchog‗ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‗zida aks ettirganini, unga va 
butun dunyo madaniyatiga ulkan ta‘sir ko‗rsatganini doimo esda tutish darkor. 
Falsafiy g‗oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta‘sirida, ma‘lum tarixiy–madaniy 
manbalar asosida shakllanadi.
Odamlar million yillar davomida oila-oila, gala-gala bo‗lib yashashdan 
bundan 50-40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz jamiyat 
muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o‗tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning 
murakkablashishi va kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt 
fikrlashini rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi. 
Falsafa fani o‗ziga xos yondoshishga ega. qadimdan faylasuflar borliq nima? Bor 
bo‗lishning o‗zi nima? degan savollarga javob qidirganlar. Falsafiy qarashlarning 
bu o‗ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan 
savolga javob berishga imkon tug‗diradi. Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda, odatda, 
mifologiya yordamida hal qilib bo‗lmaydigan, ishontirishning ilojiy yo‗q jiddiy 
ziddiyatlar vujudga keladi. Bu o‗rinda shakllangan fikr bilan, haqiqatan qanday 
ekanligi xaqida bilimni farqlash ehtiyoji tug‗iladi. 
Bu farqlash falsafa bilan birga vujudga keladi. Falsafa avval boshdan 
kundalik ongni, urf–odatni, an‘anaviy qadriyatlarni va axloq normalarini tanqid 
qiladi. Faylasuf hamma narsaga shubxa bilan qaraydi, buni u shu an‘analarni kelib 
chiqish ildizini topish uchun qiladi.
shundan uning bor bo‗lishning o‗zi nima? borliq nima? degan savolining 
mazmuni kelib chiqadi. Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat, 
madaniyatdagi qanday siljishlar ta‘sir qiladi? degan savollar tug‗ilishi tabiiydir. 
qadimgi Gretsiyada falsafa inson hayotining ma‘nosi, uning odatdagi tuzumi va 
tartibi xavf ostida qolgan vaqtda shakllandi.
Falsafaning u yoki bu davrda shakllanishigina emas, balki taraqqiyoti ham 
chuqur ijtimoiy krizis (inqiroz)lar bilan bog‗liq bo‗lib, inson qiynalganda, eskicha 
yashay olmay qolganda, eski qadriyatlar o‗z ahamiyatini yo‗qotganda, endi nima 


qilish kerak? degan savol tug‗iladi. qadimgi Grek falsafasining kelib chiqishiga 
kelsak, u o‗sha joydagi quldorlik tizimining odatdagi mifologik–afsonaviy 
tasavvurlarini rad etib, yangi dunyoqarashni taqoza etardi. Shunday qilib, falsafiy 
qarashlar odatdagi turmush tarzi va odatdagi qadriyatlar inqirozi muxitida vujudga 
keladi. U eskicha yondashuvlarga xos urf–odatlarni tanqid qilib, yangicha 
qarashlarni qaror toptirish, yangicha turmush tarzini shakllantirishga harakat qiladi. 
Shuning uchun falsafada nazariy va dunyoqarash muammolari uzviy bog‗liqdir. 
Qadimgi sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‗lgan Misr va Bobilda 
eramizdan avvalgi to‗rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida 
dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda ilmiy qarashlar, jumladan, 
astronomiya, kosmologiya, matematikaga oid qarashlar vujudga keldi.
Bu erda shakllangan falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati shundan 
iboratki, ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, mo‗‘jizalarga ishonch, u kuchlarning 
tabiat va jamiyatga ko‗rsatadigan ta‘sirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor 
bo‗lgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar, 
ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – o‗sha davrlardan qolgan 
yozma manba‘larda, xususan, «Xo‗jayinning o‗z quli bilan hayotining mazmuni 
xaqida suhbati», «Arfisiy qo‗shig‗i». «¤z xayotidan xafsalasi pir bo‗lgan kishining 
o‗z joni bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «Etapa» haqidagi afsona, «Jafokash 
avliyo haqida doston» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo‗lgan. Bizning 
eramizgacha bo‗lgan 1 ming yillikning o‗rtalarida insoniyat tarixining 
taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch o‗chogida Xindiston, Xitoy, Gretsiyada 
deyarli bir vaqtning o‗zida falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning tug‗ilishi olamni 
mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga o‗tishdek uzoq 
jarayonni boshidan kechirdi. 
Xindiston bashariyat tarixida sivilizatsiya beshiklaridan biri hisoblanib, uning 
falsafasi o‗zining qadimiy va boy tarixiga ega. qadimgi Xind falsafasini 
o‗rganishda «Ramayana», «Maxabxarota», «Kalila va Dimna», «Vedalar» kabi 
mashxur asarlar ilk manbalar bo‗lib xizmat qiladi. Xind madaniyati va 
falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-idrok, adolat, insof-
diyonat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, milliy totuvlik, to‗gri so‗zlilik haqida va 
yomon illatlarga qarshi kurashish zarurligiga doir juda muxim falsafiy goyalar 
xikmatlar, rivoyatlar, maqollar shaklida bayon etilgan. Falsafiy qarashlarning 
kurtaklari Xind madaniyati eng qadimgi yozma yodgorliklari «Vedalar»da 
(«Ved»lar – tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar 
to‗plami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, YAshurveda va 
Atxarvededa deb ataladigan 4 katta bo‗limdan iborat. 
Ularda borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb xisoblangan suv, olov, 
xavo, yoruglik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo va vaqt xaqidagi, shuningdek 


olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manba‘lari va 
turlari, insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan. 
Ularda ta‘kidlanishicha, tana jonning qobig‗i bo‗lib, jon esa – dunyoviy ruxning bir 
bo‗lagidir. 
Xind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur bo‗lgan 
manba‘larda ham o‗z aksini topgan. «Upanishadalar» «sirli bilim» degan ma‘noni 
anglatib, «Vedalar»ning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob 
yoki falsafiy risola bo‗lmay, balki turli vaqtda har xil mavzuda ijod etgan 
noma‘lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi 
turlicha falsafiy qarashlar maxsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, 
asosan, insonni o‗rab turgan borliq, uning hayotdagi o‗rni va vazifasi, tashqi olam 
va inson tabiati, uning hayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining 
chegaralari, axloq me‘yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-
mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan. 
Eramizgacha bo‗lgan VIII-VII asrlarda Xindistonda Lokayati (bu dunyo) ni 
tan oluvchi falsafiy ta‘limot shakllana boshladi. Bu ta‘limotning asosi Brixaspati 
va uning izdoshlari vedalarda bayon etilgan diniy qarashlarni tanqid qilib, erdan 
boshqa tarzdagi hayotning bo‗lishi mumkin emas, degan fikrni ilgari surdilar. 
Lokayataning eng rivojlangan oqimi CHarvaklar (er.avv. VI-asr) ta‘limotidir. 
Ularning fikricha, dunyo 4 elementdan - tuproq, xavo, suv va olovdan tashkil 
topgan bo‗lib, barcha narsa, xodisalar shu 4 elementning turli birikmasidan 
iboratdir. Ular dunyoni bilish mumkin va bilishning manbai idrokdir deb, bilimda 
xissiyotning rolini bo‗rtirib yuborganlar, xulosalar yolgon bo‗lishi mumkin deb 
xisoblaganlar. 
Xitoydagi dastlabki falsafiy ta‘limotlarda dunyo abadiy va 5 unsur – olov, 
suv, er, daraxt va metallardan tashkil topgan, deb uqtiriladi. 
Eramizdan oldingi VII-VI asrdagi Xitoy mutaffakirlarining fikricha, tabiat 
xodisalari SI degan moddiy zarralardan tarkib topgan, u Dao degan ob‘ektiv tabiiy 
qonuniyatga bo‗ysunadi. Xitoyliklarning tabiat xodisalari qonuniyatli asosda 
taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, dunyo moddiydir, degan ta‘limotiga bogliqdir.
Dao xaqidagi ta‘limot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi 
dastlabki urinishdir. «Daosizm» «Dao» so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, «yo‗l», 
«taraqqiyot», «dunyo negizi» ma‘nolarini bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao-szi 
bo‗lib, u dunyoda abadiy harakat va qarama-qarshiliklar bir-biriga bog‗liqligi amal 
qiladi, tabiat xodisalari o‗z-o‗ziga zid xolatga aylanib rivojlanadi, degan fikr 
yuritiladi. Ta‘kidlanishicha, go‗zallik va yomonlik, borliq va yo‗qlik, uzun bilan 
qisqalik bir-birini to‗ldiradi, birin-ketin keladi, bir-biriga bogliq bo‗ladi, tabiatdagi 
barcha mavjudot, barcha xodisalar qarama-qarshiliklarni o‗z ichiga oladi. Daosizm 
vakillari bilishdagi xissiy va mantiqiy jixatlarning mavjudligi masalasini o‗rtaga 


qo‗yib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, aqlni bo‗rttirib 
yuborganlar. Eramizdan oldingi V-III asrlarda Xitoyda Konfutsiychilik kabi 
falsafiy oqim bo‗lgan. Bu oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy 
bo‗lgan. (er.oldingi 551-479 yillarda yashagan).
Konfutsiy insonparvarlik goyalarini qadimgi Xitoyda birinchi bo‗lib olg‗a 
surdi. U o‗zining falsafiy qarashlarida tarbiya masalalariga katta e‘tibor qaratgan. 
Odamlar o‗z tabiatiga ko‗ra, bir-birlariga o‗xshaydilar, faqat tarbiyaga ko‗ra, 
ular bir-birlaridan farqlanadilar, deydi u. Konfutsiy fikricha, insonlar o‗rtasida 
o‗zaro muhabbat, hurmat tamoyillari xumron bo‗lishi kerak. Markaziy Osiyo 
jahonning ilm, fan, falsafa, din, adabiyot va san‘at qadimdan rivojlangan, tarixi 
nixoyatda boy mintaqalardan biri. 

Yüklə 173,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin