30
boshqa sohiblar (norezidentlar, birinchi vositachilar, transport, sug‘urta
va boshqa tashkilotlar)ning valuta schyotlaridan o‘tkazilishi;
–
bankning vositachilik haqini to‘lash maqsadida bankdan xorijiy
valutada olingan kreditlar bo‘yicha qarzni, pochta-telegraf, xizmat safari
xarajatlarini to‘lash, valuta bozorlarida sotish uchun foydalanilishi;
–
qonun ruxsat etgan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi
mumkin.
Valuta schyoti ochilgandan keyin bank va shaxs o‘rtasida shartnoma
tuzilib unda hisoblashish-kassa xizmatlari, bankning boshqa xizmat
turlari, ta’riflar, xizmat ko‘rsatish haqi, mablag‘larni joylashtirish
shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari va boshqalar ko‘rsatiladi.
5200-«Valuta schyotidagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi
schyotlar» kredit ma’lumotlari 2/1-jurnal orderda yozib boriladi va ushbu
schyotning debet summalari 2/1-vedomost orqali nazorat qilib boriladi.
Demak,
5200-«Valuta schyotining» debetida valuta mablag‘larining
kirimi, kreditida esa sarflanishi aks ettiriladi. Buni quyidagi misollarda
ko‘rishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: