Umuman, Abu Rayhon Beruniy ilm- fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm- fanning gullashida, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida u ta’lim- tarbiyaga doir She’r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra xayr- ergulikka intilishi, sun’iy obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligni ta’kidlaydi
bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish- o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:
Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liq holda bo’lishini tavsiya etadi, o’g’il bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o’rganmog’I lozimligini ta’kidlaydi. Bu, ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to’plangandan keyin o’sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun – qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi.