284
Maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan ob’ektning nomi, soliq
to‘lovchining identifikastiya raqami, tekshirish o‘tkazishning maqsadi,
muddatlari hamda uni o‘tkazish sabablarining asosliligi ko‘rsatilgan qisqa
muddatli tekshirish o‘tkazishga doir qarorlari,
shuningdek tekshirishni
amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning maxsus vakolatli
organning qarori asosida chiqarilgan, mansabdor shaxslarning tarkibi va
tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrugi xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatini qisqa muddatli tekshirishdan o‘tkazish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi"; 14-1-modda chiqarib tashlansin; 16-modda birinchi
qismining uchinchi xatboshisidagi "yoki uning hududiy bo‘linmalari"
degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan
"Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida"gi 69-II-
sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul
qilingan O‘RQ-328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, N 5, 133-modda;
2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 12, 341, 343-
moddalar; 2015 yil, N 8, 312-modda, N 12, 452-modda) quyidagi
qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi: 39modda:
quyidagi mazmundagi
beshinchi qism bilan to‘ldirildi:
"Ushbu moddaning birinchi - to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda
to‘lanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan o‘tkazilishi mumkin";
Beshinchi o‘n ettinchi qismlari tegishincha oltinchi - o‘n
sakkizinchi
qismlar deb hisoblansin; o‘n uchinchi qismi "bosqichlarida" degan
so‘zdan keyin "yuridik xizmat vakillari va (yoki)" degan so‘zlar
bilan
to‘ldirildi; o‘n to‘rtinchi qismi "advokatni jalb etish yoki uning" degan
so‘zlar "yuridik xizmat vakillarini va (yoki) advokatni jalb etish yoki
ularning" degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o‘n
beshinchi qismidagi
"davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat
berilgan bo‘linmalari tomonidan mazkur bo‘linmalar boshliqlarining
buyruqlari asosida o‘tkazilib, keyinchalik
bu haqda nazorat qiluvchi
organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ
285
yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi qisqa muddatli tekshiruv
o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi" degan
so‘zlar "nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha
maxsus vakolatli organning jismoniy va
yuridik shaxslarning qonun
hujjatlari buzilganligi faktlari to‘grisidagi murojaatlari asosida qabul
qilingan qaroriga binoan davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun
hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmalari tomonidan o‘tkaziladi" degan
so‘zlar bilan almashtirilsin; 41-moddaning ikkinchi qismidagi "rejadan
tashqari yoxud muqobil" degan so‘zlar "qisqa muddatli" degan so‘zlar
bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan
Dostları ilə paylaş: