261
tekshirilayotgan
tadbirkorlik
subyektlaridan
tekshirish
o‘tkazish bilan bevosita bogliq bo‘lgan
zarur hujjatlar va boshqa
axborotlarni talab qilish;
tekshirilayotgan
tadbirkorlik
subyektlariga
aniqlangan
qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan
ko‘rsatmalar berish;
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tadbirkorlik
subyektlari mulkdorlari oldiga aybdor
shaxslarning javobgarligi
to‘risidagi masalani qo‘yish; tekshiruvga auditorlik tashkilotlarini va
(yoki) ekspertlarni belgilangan tartibda
shartnoma asosida jalb etish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy yoki
ma’muriy jazo choralarini qo‘llash; rejali tekshirishlarni o‘tkazish
muddatini ko‘chirish to‘risida, basharti bunga ob’ektiv asoslar bo‘lsa,
maxsus vakolatli organga taqdimnoma kiritish. Nazorat qiluvchi organlar
mansabdor shaxslarining qonuniy talablari tekshirilayotgan tadbirkorlik
subyektlari tomonidan bajarish uchun majbur hisoblanadi.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik
subyektlari faoliyatini tekshirish jarayonida o‘z vakolatlari doirasida
quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
tekshirilayotgan
tadbirkorlik
subyektlariga
tekshirish
o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko‘rsatish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik;
tekshirishlarni qayd etish daftarida qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda yozib qo‘yish;
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash;
tekshirish natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma)
bilan
rasmiylashtirib,
uning
bir
nusxasini
tekshirish
tugagan
kuni
tekshirilayotgan tadbirkorlik subyektida qoldirish; huquqbuzarlik hollari
aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni
ko‘rish.
Dostları ilə paylaş: