202
subyekti sifatida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari tashkil etilayotganda
shakllantirilgan ustav fondi, kapitali yoki uning balansidagi o‘ziga
tegishli bo‘lgan mol-mulklariga nisbatan xususiy mulk huquqiga ega.
Xo‘jalik shirkatining yoki jamiyatining mulkiga qo‘shiladigan hissa
har xil mulkdan, jumladan mulkiy huquqdan va shuning bilan birga pul
bilan baholanishi mumkin bo‘lgan boshqa huquqlardan iborat bo‘lishi
mumkin. Hissaning asosiy belgisi
uning pul bilan baholanishi
mumkinligidadir. Masalan, muallifning mulkiy huquqi, ixtiroga bo‘lgan
huquq, nou-xau, sanoat namunalari, tovar belgisi va shunga o‘xshashlar
ham shirkat yoki jamiyat mulkiga qo‘shilgan hissa bo‘lishi mumkin.
Kreditorning shaxsi bilan bogliq bo‘lmagan, majburiyat bo‘yicha talab
qilish huquqi ham hissa sifatida tan olinishi mumkin. Muassislar
(ishtirokchilar) tomonidan qo‘shiladigan hissani
pul bilan baholashda
vujudga kelgan nizoni ekspertlar xulosasiga ko‘ra sud tomonidan
belgilangan tartibda hal qilinadi.
Xo‘jalik shirkatining yoki jamiyatining har bir ishtirokchisi uning
faoliyatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega. Shirkat va jamiyatning
qaysi turdan iborat bo‘lishiga qarab, uning ishtirokchilari shirkat yoki
jamiyat faoliyatini boshqarishga oid qarorlarni
qabul qilishda yoki
boshqaruv va tekshiruv organlarini tuzishda qatnashishlari mumkin.
Kommandit shirkatning ishtirokchisi uning faoliyatini boshqarishda
ishtirok etish huquqiga ega emas (FKning 61-moddasi).
Xo‘jalik shirkati va jamiyati ishtirokchilarining majburiyatlari ta’sis
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda
hissa qo‘shishdan, maxfiy axborotni oshkor qilmaslikdan,
shirkat va
jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlardan
iborat bo‘lishi mumkin. Ushbu huquq va majburiyatlar barcha shakldagi
jamiyat va shirkat qatnashchilariga taalluqlidir. Shuning bilan birga har
bir shakldagi shirkat va jamiyat ishtirokchilarining huquq va
majburiyatlari o‘zlariga xos xususiyatlari bilan ifodalanadi. Masalan,
“to‘liq shirkat” ishtirokchilari o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga
muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanadilar. Ular o‘z
shirkat
majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob
beradilar. Shaxs faqat bitta to‘liq shirkatning ishtirokchisi bo‘lishi
203
mumkin (FKning 60moddasi). Kommandit shirkati - shirkatning qarzlari
bo‘yicha o‘zining shirkat fondiga qo‘shgan hissasi miqyosida javob
beradigan ishtirokchilardan (kommanditlardan) iborat (FKning 61-
modda). Kommandit shirkati iborasi frantsuz huquqidan olingan bo‘lib,
savdo sohasidagi shirkatlardan biri hisoblanadi.
Kommandit shirkati “ishonchga asoslangan shirkat”
degan nom
bilan ham ataladi.
Dostları ilə paylaş: