ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b)
aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining subyektiv narxini
bildiradi. Bu subyektiv narx ikki omilga bog‘liq: mazkur ne’matning
mavjud zaxirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi muammosini o'rmonda yashovchi
chol ega bo‘lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo'lgan
psixologik xayol orqali tasvirlab ko'rsatadilar. Bu qoplardagi donning
nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don
eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish
uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi —
ovqatlanishni yaxshilash uchun,
uchinchisi — uy parrandalarini boqish, to'rtinchisi — pivo tayyorlash,
beshinchisi — cholning o ‘z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib,
ko‘ngilxushlik qilishi uchun.
Bundan ko‘rinadiki, beshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar
ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo‘lsa u
faqatgina ko‘ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq,
to ‘rtinchi qopdagi donning yo‘q bo'lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa
parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat
bitta qopdagi don qolgan
taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga yetadi, ya’ni u
ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi.
Shu o ‘rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan,
ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi,
degan savol tug‘iladi. Xolbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi
yo‘q ekan, chol uchun ularning nafliligi beshinchi, so‘nggi
qopdagi
donning nafliligi orqali aniqlanadi. Demak, har bir ne’matning so‘nggi
qo‘shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo‘lmagan ehtiyojni qondiruvchi
birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo'nalishni boshlab bergan kishi
mashhur ingliz iqtisodchisi A. Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiy
matini aniqlashda mehnat nazariyasi ham, qo‘shilgan naflilik naza
riyasi ham yetarli asosga ega emas, deb hisoblagan A. Marshall bir
nechta nazariyalarni sintez qilish yo‘li bilan aniqlik kiritishga harakat
qildi. Qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining
bir tomonlamaligini u
qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko‘rdi. A. Marshall keyingi
qo'shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda
ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi.
A. Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda
qo'shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish
(umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning
30
qiymat va narxnirig bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga
urinishdan chekinish xususan A. Marshall ishlari bilan bog'liq. Neoklassik-
larning qoidalari qiymatning yagona manbayi,
narxning yagona asosi
va bozor xo‘jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbayi topilishi
Zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik
iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, maijinalistlarda
qo'shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A. Marshall naza-
riyasida esa qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va
ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari)
tomonida yotuvchi bozor
kuchlari o‘zaro ta ’siri orqali aniqlanadi.
A. Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo'shilgan
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday
qilib, A. Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni
sintez qilishga o'tildi.
Lekin A. Marshall ushbu sintezni oxirigacha yetkaza olmadi. U
ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni
ekanligini aniq ko‘ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy naflilik o ‘miga
qo'shilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o‘miga ishlab chiqarish
xarajatlarini qo‘ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to ‘liq
hisobga olinmadi. Um uman aytganda uzoq tarixiy davrdan boshlab
tortishuvga sabab bo‘lgan narsa tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning
ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo'ladigan
tovarning ikki xil
xususiyatiga ega bo‘lishini inobatga olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari
tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e ’tibomi qaratgan bo‘lsa,
maijinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar. Ularning biri ko‘proq
tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtayi nazaridan tahlil qilgan
bo‘lsa, ikkinchisi iste’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtayi-nazaridan
qaraydilar. Xolbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda
uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to‘qnashgan
tugunga e’tibor qaratish zarur.
Dostları ilə paylaş: