129
qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy
fazilatlarni oʻzlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda
bolalarning
nutq faolligi, lugʻat boyligi, dunyoqarashi kengayib
boradi. Sahnalashtirish uchun badiiy ertak,
ertaklar tanlash katta
yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini
hisobga olishni talab etadi.
Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi koʻradilar.
Masalan, «Sholgʻom», «Zumrad va Qimmat», «Boʻgʻirsoq» va
boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda
(qoʻgʻirchoq, soya, soya teatri orqali) sahnalashtirishga ehtiyoj
sezadilar. Badiiy ertakni eslab qolishlari uchun uni qayta qoʻyib
berish, sahnada koʻrsatish,
rasmlar namoyish etish, didaktik
oʻyinlardan foydalaniladi. Sahnalashtirish oʻyinlari qiziqarli oʻtishi va
uzoq vaqt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga
toʻgʻri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar oʻyin rejissyori rolini amalga
oshira borib,
bolalarning hatti-harakatlari, qobiliyatlari, intilishlarini
hisobga olib boradilar. Oʻyinda faol ishtirok
etgan bolalarni alohida
ragʻbatlantirilib, kelgusida qaysi ertaklarni sahnalashtirish kerakligini
aniqlaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini
– dialogik va monologik shakllarini koʻrib chiqish lozim. Dialog ikki
yoki bir necha soʻzlovchining biron-bir vaziyat bilan bogʻliq
mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi. Til vositalari
imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi.
Tarbiyachi shunday
vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil til vositalaridan
foydalangan holda dialog tuzish– soʻrash,
javob berish, tushuntirish,
iltimos qilish va boshqa zaruratga duch kelsinlar.
Psixogramma
– kasbning psixolgik portreti boʻlib, u aniq
kasbda dolzarb boʻlgan psixologik funksiyalar
guruhi bilan namoyon
boʻladi. Bunday oʻyinlarga bolarga kasblar haqida maʻlumot berish
vazifasi qoʻyiladi.