99
berilayotgan topshiriqni oʻz vaqtida, sifatli bajarilishiga nisbatan
masʻuliyatli yondashuvni qaror toptiradi, shuningdek, talab
etilayotgan qoidalarga qatʻiy amal qilish koʻnikmalari shakllanadi.
- Mashgʻulotlar jarayonining oddiydan murakkabga tomon
rivojlanib borishiga erishish samarali natijalarga olib keladi.
Atrof-olam bilan tanishtirish mazmuni bilan bogʻliq boʻlgan
bilimlar atrof-olamda bolalar faoliyatini va ularning oʻzini tuta
bilishini, intizomini boshqarib turadi va maqsad sari yoʻnaltiradi.
Atrof-olamga boʻlgan munosabatni shakllantirishda bolalar
idrokiga yetarli darajada yetib boruvchi atrof-olam qonunlari
boʻyicha bilim alohida oʻrin egallaydi. Atrof-olamga boʻlgan
munosabatni rivojlantirish (mashgʻulot, ekskursiya, sayr kabi
hayotiy vaziyat) bolaning maʻnaviy-ijobiy, ruhiy kechinmalariga
asoslangan pedogogik jarayonni tashkil qilish bilan bogʻliq.
Bolalarga atrof-olam bilan muloqotda boʻlganda oʻzi, tengdoshlari
va kattalar qilgan ishlarni baholashni oʻrgatish ham muhim
ahamiyatga ega.
Shu tariqa bola qalbida xalq ijodiyotiga, amaliy sanʻat
ertaklariga nisbatan qiziqish hissini tarkib toptirish maqsadga
muvofiq.
Dostları ilə paylaş: