Nazorat savollari
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning qanday shaklini
oʻrgatish lozim?
2.
Til qanday vositalar bilan kuchaytiriladi?
3.
Agrammatizm nima?
4.
Sotsiogramma nima?
4.7. Turli yosh guruhlarda bolalarning nutqni rivojlantirishda
TRIZ (IMEN) usullaridan foydalanish
Reja
1.
TRIZ (IMEN) usullari haqida tushuncha
2.
Taʻlimda TRIZ (IMEN) usullarining qoʻllanilishi
3.
Turli yosh guruhlarda bolalarning nutqni rivojlantirishda TRIZ
(IMEN) usullaridan foydalanish
TRIZ (IMEN) usullari haqida tushuncha
TRIZ (
Теория
pешения изобретательских задач
), yaʻni ixtirochilik muammosini
hal qilish nazariyasi boʻlib, unga ixtirochi olim T.S.Altshuller asos
solgan. Bunda pedagog bolani faol ijodiy fikrlaydigan shaxs
pozitsiyasiga qoʻyadigan noanʻanaviy ish shakllaridan foydalanadi.
Maktabgacha yoshga moslashtirilgan TRIZ texnologiyasi bolani
«Hamma narsada ijodkorlik!»
shiori ostida tarbiyalash va oʻqitish
132
imkonini beradi. Chunki maktabgacha yoshdagi davr oʻziga xos
boʻlib, bu davrda bolaning qanday shakllanishi uning kelgusi hayotida
taʻsir koʻrsatadi, shuning uchun har bir bolaning ijodiy salohiyatini
ochib berish uchun bu davrni oʻtkazib yubormaslik kerak.
Ushbu texnologiyani bolalar bogʻchasida qoʻllashdan maqsad,
bir tomondan, moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik, dialektizm
kabi fikrlash fazilatlarini rivojlantirish; ikkinchi tomondan, qidiruv
faoliyati, yangilikka intilish; nutq va ijodiy tasavvurni kengaytirishdan
iborat.
TRIZning maqsadi - izlanish, tadqiqot va ixtirochilik faoliyatini
amalga oshirish. Rivojlangan tafakkur qarama-qarshilik, uning
shakllanishi va yechimi haqidagi tasavvurni nazarda tutadi. Qarama-
qarshilikni hal qilish natijasi ixtirodir. Ijodkorlik zamonaviy tez
oʻzgaruvchan dunyoda insoniyatning va shaxsning faol moslashuvi
bilan bogʻliqdir.
TRIZ texnologiyasidan foydalanishning asosiy vazifasi -
maktabgacha yoshdagi bolaga ijodiy kashfiyotlar quvonchini
singdirish va ularda qandaydir vazifalarni uddalay olishiga ishonch
hislarini shakllantirishdan iborat.
Bolalar bilan ishlashda asosiy mezon materialni taqdim etishda va
murakkab
koʻrinadigan vaziyatni shakllantirishda aniqlik va
soddalikning mavjudligidir. Bolalarga eng oddiy misollar yordamida
asosiy qoidalarni tushunmasdan ularni TRIZ amaliyotiga jalb etmaslik
kerak. - bolada Triz yechimlarini duch keladigan muammolarga
qoʻllashni oʻrganadigan muhit-ertaklar, oʻyinli vaziyatlari, kundalik
vaziyatlardir. Bunday vaziyatlarda turli muammolarga duch kelish
asosida bola koʻplab resurslardan foydalangan holda ideal natijaga
intilishga harakat qiladi.
TRIZ qatʻiy ilmiy nazariya hisoblanmaydi. TRIZ - fan va
texnika taraqqiyoti qonuniyatlarini ixtiro qilish va oʻrganishning
umumlashtirilgan tajribasidir. Oʻzining rivojlanishi natijasida TRIZ
texnik sohada ixtirochilik muammolarini hal qilishdan chetlashdi va
bugungi
kunda
u
texnik
boʻlmagan
sohalarda
ham
qoʻllaniladi.
(biznes, sanʻat, adabiyot, pedagogika, siyosat va
boshqalar)
...
Taʻlim
sohasida
faoliyat
olib
borivchilarning
barchasining muammosi – yuksak ijodiy salohiyatga ega boʻlgan
yangi avlod vakillarini yetishtirishdir. Agar ilgari ijtimoiy jihatdan
muvaffaqiyatli shaxs boʻlish uchun yaxshi ijrochi boʻlish, maʻlum
133
bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish yetarli boʻlgan boʻlsa, endigi
kunda muammolarni mustaqil ravishda koʻra oladigan va ularni ijobiy
hal qila oladigan ijodkor shaxsni yetishtirish muhim vazifa
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |