93
musavvir Kamoliddin Behzod haqidagi tushunchalarini aniqlash va
mustahkamlash yuzasidan turli mashgʻulotlar va maʻnaviy tadbirlar
amalga oshiriladi.
Bolaning umumxalq bayramlari bilan tanishtirishda ularning
psixologik xususiyatlarini va imkoniyatlarini hisobga olgan holda
samarali natijaga erishishda mavzularni toʻgʻri tanlay olish
maqsadga muvofiqdir. 1- sentyabr - Mustaqillik kuni, 1 oktyabr -
Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni, 8 dekabr - Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, 1 yanvar - Yangi
yil bayrami, 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami, 21 mart - Navroʻz
bayrami, 9 may - Xotira va qadrlash kuni haqidagi tasavvurlarini
yanada kengaytirish va boyitish; bolalar bilan birgalikda 1 iyun
- Xalqaro bolalarni himoya qilish bayramlarini nishonlash; shakl va
mazmun jihatdan xilma-xil boʻlgan bayramlar, sayllarni muntazam
ravishda tashkil qilib turish. Masalan, “Mehrjon”, “Qovun” sayli,
qushlar, gullar bayramlari va boshqalar. Mashhur sarkardalar:
Bolaning ulugʻ sarkardalar Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi,
Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi bilimlarini kengaytirish;
Oʻzbekiston harbiy qoʻshinlari va ularning vazifasi, 14 - yanvar -
Vatan himoyachilari kuni ekanligi haqida tasavvurlarini kengaytirish
vazifalari amalga oshiriladi.
“Toshkent – Oʻzbekistonning poytaxti”, «Samarqand – qadimiy
shahar», «Vatanimiz ramzlari», «Maktabga sayohat», «Bozorlar va
ularning turlari», buyuk siymolar, mashhur sarkardalar, bayramlar,
xalq amaliy sanʻati: «Kim boʻlsam ekan?», «Kashtachilik»,
«Zardoʻzlik», «Shifokor», «Oshpaz» kasblari va boshqa mavzulardagi
suhbatlar
bolalarga
tevarak-atrofga
boʻlgan
munosabatlarni
mushohada qilib, tushungalarini bayon etish qobiliyatlari, ijodiy
tafakkurning qay darajada rivojlanganligini namoyon etadi.
Tevarak atrof, buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga yaʻni
analizatorlariga ijobiy taʻsir etadi. Sezgi bolalarda turli xususiyatlarni
bilib olishga yordam beradi. Masalan, issiq-sovuq, gʻadir-budur va
hokazo. Sezgi atrof-muhitni bilishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Suhbatlar, maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida
muayyan mavzular boʻyicha uyushtiriladi. Masalan, maxsus
tayyorlangan
suhbatlar
quyidagicha
tuziladi:
dastlab
mavzu
belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi, savollar tuziladi. Bu
suhbatlarning har birida
Dostları ilə paylaş: