Kalit so’zlar. Monopoliyaga qarshi boshqaruv, adolatli narxlar, deregulyatsiya, iqtisodiy
maqsadlar.
Kirish. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotning sohalari rivojlanishini ta`minlash va uning
istiqbolini ilmiy asosda oldindan bilish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda olib borilayotgan
iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotning real sektori jadal surhatlarda rivojlanib bormoqda.
Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyoti tarkibi – bu milliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar
ko‘rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro aloqada va bog‘liqlikda
iqtisodiy faoliyatda bo’ladilar. Iqtisodiyotning tadbirkorlik sektorlari mutanosibligini ta`minlashda
davlat monetar siyosatining amal qilishi va uning samaradorligini oshirishning nazariy jihatlarini
yoritish hamda O‘zbekistonda iqtisodiyotning tadbirkorlik sektorlari davlat ko`magini berish
siyosatining axamiyatini yanada oshirish borasida ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqilgan.
Mamlakatimiz va xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda davlatlarning iqtisodiyoti
masalalari, muammolari bilan bog‘liq ko‘plab chet el olimlari tomonidan berilgan V.R. Bank, O.I.
Volkov, Ye.I. Shoxina va boshqalar. SHuningdek o‘zbek olimlari asarlaridan monopoliyaga
qarshi boshqaruv, raqobatbardoshlikni shakllantirish va XMI faoliyatiga tegishli F.M.Mullajonov,
O.Yu.Rashidov, SH.Z.Abdullaeva, T.S.Rasulov, R.R.Tojiev, N.X.Xaydarov I.I.Alimov,
I.Butikov, I.R.Toymuhamedov, U.SH.Do‘sqobilov U.Burxonov, T.Rasulov, N.Jumaev,
SH.Rajabbaev, J.Ataniyazov, Ye.Alimardonov, A.Bedrintsev, A.Bekmuradov, A.Rasulev,
S.Berjanov, S.Kasimov, M.Mirasaatov, N.Siradjiddinov, R.SHadiev, T.Rasulov, R.Yuldasheva,
A.V.Vaxabov, D.G.G‘ozibekov, N.Karimovlar va S.G‘ulomov, A.Abdug‘aniev, A.O‘lmasov,
M.SHarifxo‘jaev, A.Vahobov, SH.SHodmonov, U.G‘afurov, SH.Yo‘ldoshev, X.Barakaev,
A.Usmonov, A.O‘rinov, O.Hamroev, A.Mamatov va E.SHodmonovlar yurtimizdagi iqtisodiy
holatni tahlil qilishar ekan, o’zlarining ilmiy tavsiyalarini ishlab chiqishgan. Shu nuqtai nazardan,
bugungi kundagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda hisobga olinishi zarur bo’lgan xorijiy